68
so‘nggi yillarda Balxash ko‘lida iqlimga moslashtirilgan. Bak-
raning boshqa suv havzalaridan ajralgan dengizlarda yashashi
bu dengizlar bir zamonlari o‘zaro qo‘shilgan yagona havza
bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Kaspiy dengizidan uvuldirig‘i olib kelinib, Orol dengizida
ko‘paytirilgan. Uzunburun bakra (shokir) e’tiborga olinmasa,
bakralar urug‘ining O‘zbekistondagi birdan bir vakili bo‘lgan
mazkur bakra bu urug‘ning boshqa vakillaridan pastki labi ik-
kiga ajralmagani, birinchi orqa cho‘gri
tikanli plastinkachasi
boshqalaridan kattaligi va mo‘ylovlari shokilali bo‘lishi bilan
farq qiladi.
Òanasining cho‘girlari 5 qator, orqasida 11—17 ta, yon to-
monida 55—67 ta, qornida esa 15—16 cho‘gri bor. Eng yirik
bakraning bo‘yi 2 m dan ortiqroq, og‘irligi 21—23 kg gacha. Orol
bakralarining og‘irligi 16—18 kg, voyaga yetgan Kaspiy bakra-
larida erkagining og‘irligi 6—45, urg‘ochisining vazni 8—78 kg
bo‘ladi. Urg‘ochi bakra bo‘y jihatdan
erkagi bilan bir xil
bo‘lsa-da, vazni unikidan og‘irroq. Kaspiy bakrasi Orol bakrasiga
qaraganda tez o‘sadi, 10 yasharining bo‘yi Amudaryoda o‘rtacha
110,8 sm, Kura daryosida 130 sm. Ularning o‘rtacha og‘irligidagi
farq yana ham ko‘proq.
O‘tkinchi baliq, hayotining bir qismini dengizda o‘tkazsa,
urchish davrida daryoga o‘tadi. Urg‘ochisi 14 (ba’zan 12—13)
yoshida, erkagi esa 9 (ba’zan 6—8) yoshida voyaga yetadi. Orol
dengizida yashaydigan bakralar urchish uchun aprelning o‘rta-
larida Sirdaryo va Amudaryo mansabida to‘planib, daryoning
yuqorisidagi uvuldiriq tashlaydigan yerlariga suzib ketadilar. Ular,
ayniqsa, katta suv toshqini vaqtida gala hosil qilishadi.
22-rasm. Bakra.
69
Sirdaryoda Chinoz bilan Bekobod o‘rtasidagi, Amudaryoda
esa Nukus hamda uning yuqorisidagi sayoz va toshloq yerlarda
uvuldiriq tashlaydi. Sirdaryoda urchiydigan yeriga yoz davomida
ikki ming km masofani bosib, sentabr oyining oxirlarida yetib
keladi. Qishni loy bosgan chuqur kamarlarda o‘tkazadi, aprel-
ning o‘rtalarida (Kura daryosida may-iyunda) tuxum tashlaydi.
1290000 tacha uvuldirig‘ini tashlagandan keyin ortiga qaytadi va
bir yil deganda Orol dengiziga yetib boradi. Kelasi yil yana ur-
chish uchun daryoga o‘tadi. Qisqasi, bakra 2 yilda 1 marta urchiydi.
Daryo oqizib ketgan chavoqlari 12 yoshga kirguncha dengizda
yashaydi, so‘ngra urchish uchun daryoga o‘tadi.
Lekin Kura
daryosida chavoqlarining ma’lum qismi bir qancha vaqtgacha
uvuldiriqdan chiqqan yerida yashaydi. Bu bakra shokir, rus bak-
rasi, beluga bilan qo‘shilishib, duragay hosil qiladi, duragaylarni
faqat tajribali baliqchilargina ajrata oladi.
Bakralar aterina, buzoqchabaliq, kilka kabi mayda baliqlar,
molluska, xironomik, yonsuzar va ularning murtaklari kabi turli
xil umurtqasiz jonivorlar, ba’zan ularning uvuldiriqlari bilan ham
oziqlanadi. Voyaga yetgan baliqlar bahorda juda xo‘ra bo‘ladi,
qishda ovqatdan qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: