70
kil etilgan hovuz xo‘jaliklaridan ko‘paytirilayotganligi
sababli
Òoshkent kabi katta shaharlar aholisini yangi, hatto tirik baliq
bilan to‘la ta’minlash mumkin.
Uchlabbaliq (Opsariichthys uncirostris) — karpsimonlar
oilasining bir turi. Amur havzasi, Xitoy, Yaponiya va Koreyada
tarqalgan, chuchuk suv balig‘i. O‘rta Osiyoga 1960-yili uzoq
sharqning qimmatli ovlanadigan baliqlaridan xumbosh va oq amur
chavoqlari bilan aralashib kelib qolgan. O‘lkamizning sharoitiga
moslashib, ko‘payib ketgan, chunonchi,
Chirchiq hovuz-baliq
xo‘jaligida boqiladi.
Òabiiy tarqalgan yerlarida eng yiriklarining bo‘yi 32 sm gacha
boradi. Amur daryosida yashaydiganlarining uzunligi 16 sm gacha.
Uchlab baliqning tanasi cho‘zinchoq, tangachalari zich o‘rnash-
gan. Og‘zi keng, dumosti suzgichi ancha katta. Bu baliqning hayoti
yaxshi o‘rganilmagan.
So‘g‘yon (Barbus brachycephalus) — mo‘ylovbaliq, qoziq
shim; karpsimonlar oilasining bir turi. Orol va Kaspiy dengizla-
rida hamda ularga quyiladigan daryolarda yashaydi. Bu baliq
Farhod GESi to‘g‘onigacha,
Amudaryoda esa Fayzobodning
yuqorisigacha boradi. Farhod GESi qurilganda to‘g‘on
oldida
to‘planishib, undan o‘tishga harakat qilgan. Chu daryosida ham
uchraydi, Ili daryosida sun’iy ravishda ko‘paytirilgan.
So‘g‘yon O‘rta Osiyoda ovlanadigan eng yirik baliqlardan
biri. Uzunligi 120 sm gacha, og‘irligi esa 23 kg gacha boradi.
Usti
tangachalar bilan qoplangan, orqa tomoni ko‘m-ko‘k,
23-rasm. Uchlabbaliq.
71
yonlari och ko‘k, qorni oq yoki sarg‘ish rangda. Boshi kichkina,
og‘zi pastga qaragan. Ustki labining atrofida 4 ta uzun mo‘ylovi
mavjud.
Dengizda qirg‘oqdan uzoqroqda yashaydi.
Urchish uchun
daryoga o‘tadi, hayotning ko‘p qismini ham daryoda o‘tkazadi.
Hatto ko‘pchiligi uzoq muddatga daryoda qolib ketadi degan tax-
min ham bor. Umuman, so‘g‘yon daryoga muz erib bo‘lganidan
keyin o‘ta boshlasa ham, aksariyati iyun-avgust oylarida o‘tadi.
Daryoda uvuldiriq tashlaydigan yeriga kelasi yil sentabrda yetib
boradi. Bu muddat ichida jinsiy mahsulotlari ham pishib yetiladi.
So‘g‘yon uvuldirig‘ini daryoning suvi tez oqadigan, tagi toshloq
yoki qumloq yerlariga tashlaydi.
Serpusht baliq, uvuldirig‘ining soni 300 mingtacha, diametri
1,5—2 mm cha. Urchishdan keyin dengizga qaytadi.
Daryoda aslo
ovqatlanmasligi sababli dengizga yetib borguncha ozib-to‘zib ke-
tadi, bunday baliqlarni mahalliy baliqchilar «panaxan» deb
ataydilar. Lichinkasini suv daryo mansabiga oqizib ketadi. Bir
guruh erkaklari voyaga yetgunga qadar daryoda qoladi.
So‘g‘yonning yemishi molluskalar, hasharot va ularning qurtlari
kabi turli jonivorlardan iborat. Daryoda suvo‘tlar bilan ko‘p
oziqlanadi, lekin dengizda o‘simlikni unchalik xush ko‘rib yemaydi.
Chavoqlari hasharot lichinkalari va o‘simliklar bilan oziqlanadi.
Bu baliq, ayniqsa, yozda juda xo‘ra, ko‘p ovqat yeydi, shuning
uchun ham u kuzda daryoga o‘tish vaqtida juda semiz bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda Orol dengizi baliqchiligida so‘g‘yon birinchi
o‘rinda turmaydi, chunki 1928-yildan boshlaboq uning soni ancha
kamayib ketgan. Buning sabablari, ko‘plab ovlanishidan tashqari
24-rasm. So‘g‘yon (mo‘ylovbaliq).
72
Sirdaryoda urchiydigan joylarining yo‘li Qizil O‘rda va Chordara
to‘g‘onlari bilan to‘silib qolgani,
chavoqlari Amudaryodan
dengizga ketishida katta-kichik kanallarga kirib, qaytib chiqol-
may qolishidandir. Ba’zi vaqtlarda bunday kanallarga har daqiqada
50—70 talab chavoqlari kirib qoladi. Faqatgina baliq turi sifatida
emas, balki iqtisodiy ahamiyati katta, ovlanadigan baliq sifatida
ham so‘g‘yonni asrash va ko‘paytirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: