Patologiya asoslari va “kasallik” tushunchasi. Tirik organizm va uning barcha xususiyatlari organizm va uning yashash muhiti o’rtasidagi o’zaro ma’lum bir munosabatlar bilan beligilanadi. Baliqlar uchun suv nafaqat yashash muhiti sifatida suvning harorat tebranishlari, suv tarkibida erigan moddalar tarkibi muhim ahamiyatga ega hisoblanishi, balki bunda bevosita suv havzasida yashovchi turli xil hayvonlar va o’simliklar, baliqlarning suv muhitida harakatlanish sharoitlari, oziqlanish sharoitlari, ko’payishi kabi bir qator omillar xam sezilarli ahamiyatga ega hisoblanadi. Organizm va muhit – ajratib bo’lmas bir butunlikni tashkil qilib, shu sababli organizm darajasida amalga oshuvchi jarayonlarni tavsiflash uning yashash muhitidan butunlay alohida holatda amalga oshirilishi mumkin emas. O’z navbatida organizm ko’pgina organlar va organlar tizimlarining bir butunlikda funktsiya bajarishidan tashkil topgan. Baliqlar organizmida organlar va to’qima hujayralari guruhlarining birgalikda, uyg’unlikda funktsiya bajarishi bevosita asab va gumoral tizim orqali muvofiqlashtiriladi. Organizmni o’rab turuvchi yashash muhiti xususiyatlari yilning mavsumlari va hatto sutka davomida o’zgaruvchanlik xususiyatini namoyon qiladi. Bundan tashqari, baliqlar harakatlanishi natijasida turli xil yashash muhitlariga tushib qolishlari mumkin. Bunda organizmning sog’lomligi idora qilinishi, ya’ni yashash muhitiga moslashish xususiyati namoyon bo’ladi. Biroq, bunda organizmning yashash muhiti o’zgarishlariga nisbatan moslashish xususiyati va shuningdek organizmning o’z bir butunligini saqlashga yo’naltirilgan xususiyatining amalga oshishi darajasi ma’lum bir chegara qiymatlariga ega hisoblanadi. Agar tashqi muhit sharoitlarining o’zgarishlariga nisbatan organizmning moslashuvchanlik xususiyati imkoniyatlari me’yoridan oshirilsa, u holatda organizmda me’yoriy fiziologik funktsiyalarning buzilishi qayd qilinadi. Funktsiyalar buzilishiga javob tarzida ayrim kompensatsion mexanizmlar ishga tushadi, bunda organizmning bir butunligining izdan chiqishiga olib keluvchi buzilishlarni organizm uchun ijobiy hisoblangan darajada muvozantlashtirish jarayoni faollashadi.
Kasallik – bu organizmning me’yoriy fiziologik funktsiyalari izdan chiqishiga olib keluvchi tashqi yoki ichki qo’zg’atuvchilarga nisbatan javob reaktsiyasi hisoblanib, organizmning moslashuvchanlik va himoya mexanizmlarining maqsadga yo’naltirilish darajasining susayishidan tashkil topgan. Organizmning moslashuvchanligi darajasi va xususiyatlari bir qator holatlarda uning alohida tizimlari bo’yicha yoki bir butun holatiga nisbatan kasalliklar kelib chiqishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Kasalliklar organizmda umumiy ko’rinishda yoki alohida organlar tizimlarida turli xil sabablar ta’sirida muvofiqlashish xususiyatining susayishi oqibatida yuzaga keladi. Kasallik yashash muhiti xususiyatlari keskin tarzda o’zgarishi davomida yoki odatdan tashqari ta’sir ko’rsatuvchi omil yuzaga kelgan holatlarda paydo bo’ladi va ushbu ko’rinishda yashash muhitining o’zgarishlari sharoitida organizmda muvofiqlashtiruvchi regulyatsiya tartibi qaror topgan. Barcha kasalliklarda organizmning umumiy ko’rinishda zararlanishi kuzatilib, shuningdek ayrim organlarning kasallik xususiyatlariga bog’liq holatda o’zgarishga uchrashi qayd qilinadi. Organizmda me’yoriy fiziologik jarayonlarning izdan chiqishi uning organ va to’qimalarida bir qator o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bu holatda organizmda me’yoriy fiziologik jarayonlarning izdan chiqishiga sabab bo’lgan omilga qarshi himoyaviy javob rektsiyasi ishlab chiqiladi. Natijada esa bu buzilishilarni tugatish va me’yoriy holatni qayta tiklashga yo’naltirilgan mexanizmlar ishga tushadi.
Kasalliklarni yuzaga keltiruvchi sabablar juda ko’p va turli xil hisoblanadi. Baliqlarda yuzaga keluvchi barcha kasalliklar umumiy holatda ikkita katta guruhlarga ajratilishi mumkin: yuqumli (parazitar) kasalliklar va bunda ushbu kasalliklarning sababi kasallikning tirik qo’zg’atuvchilaridan tashkil topgan, ikkinchi guruhni yuqumli bo’lmagan (parazitar bo’lmagan) kasalliklar tashkil qilib, bu kasalliklar sababi asosan tashqi muhit sharoitlarining o’zgarishlari (ayniqsa kuchli va keskin tarzdagi o’zgarishlar) hisoblanadi yoki organizmda moddalar almashinuvi buzilishi va organlarning muvofiq holatda ishlash jarayoni izdan chiqishi asosiy sabablardan biri hisoblanishi ta’kidlangan. Baliqlarning yuqumli kasalliklari o’z navbatida yana ikkita guruhga bo’linadi: ya’ni, o’simliklar olamiga tegishli qo’zg’atuvchilar tomonidan yuzaga keluvchi infektsion kasalliklar hamda hayvonot olamiga tegishli qo’zg’atuvchilar ta’sirida yuzaga keluvchi invazion kasalliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |