Baliq kasalliklari fanining erishgan yutuqlari. So’nggi vaqtlarda ixtiopatologiya sohasida baliqchilik suv havzalari xo’jaliklarida baliqlar kasalliklariga qarshi bir qator chora – tadbirlar ishlab chiqilgan. So’nggi yillarda baliqlar terisi va jabralaridan parazitlarni olib tashlash maqsadlarida tuzli hammom usulidan foydalanish ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda bu maqsadlarda samarali ta’sir ko’rsatuvchi ammiakli hammomlar usulidan foydalanish ishlab chiqilgan. Bundan bir necha o’n yilliklar oldin baliqlar qoni tarkibida, ichagi, tog’ay to’qimalari va boshqa organlarida kasallik qo’zg’atuvchilarni yo’qotish usullari yaratilgan. Bu yo’nalishda V.A.Dogel va A.V.Uspenskiylarning losossimon baliqlar kasalliklarini o’rganish, A.I.Kanaeva tomonidan baliqlarda kariofillyoz kasalligining o’rganilishi, V.A.Musselius tomonidan karp baliqlarida botriotsefalyoz kasalligining o’rganilishi, A.I.Naumov tomonidan karp va boshqa turdagi baliqlarda sangvinikolyoz kasalligining o’rganilishi kabi tadqiqotlarni alohida ko’rsatib o’tish mumkin.
Baliqlarda qizilcha kasalligini davolash va oldini olish yo’nalishida turli xil antibiotiklardan foydalanish katta ahamiyatga ega hisoblanishi qayd qilingan (V.SHeperklyaus, A.I.Kanaev, Yu.D.Nechiporenk, O.N.Bauer va boshqalar). SHuningdek, ayrim baliq kasalliklariga qarshi kurash yo’nalishida sezilarli yutuqlar qo’lga kiritilgan. Ushbu nuqtai nazardan V.A.Musselius tomonidan amalga oshirilgan karp baliqlarida botriotsefalyoz kasalligini davolashga qaratilgan izlanishlar, A.P.Щerbina tomonidan karp baliqlarida qizilchani davolash, I.G.Щupakova tomonidan ixtioftroioz kasalligini davolashga qaratilgan tadqiqotlar, O.P.Kulakovskiy tomonidan kariofillidga qarshi, M.N.Dubinin tomonidan ligula va digrammaga qarshi, B.E.Bыxovskiy tomonidan monogenetik so’ruvchilarga qarshi, S.S.SHulman tomonidan sodda tuzilishga ega parazitlarga qarshi amalga oshirilgan tadqiqotlarni sanab o’tish mumkin. Bundan tashqari baliqlar kasalliklarida tashxis qo’yish usullari ishlab chiqilgan (karp tahlili, gematologik tahlil, oftalmoskopiya tekshiruvchi va boshqalar). Baliqlarning invazion kasalliklariga tashxis qo’yish so’nggi vaqtlarda nisbatan osonlashgan va bu yo’nalishda erishilgan yutuqlar Sankt-Peterburg (Sobiq Leningrad) ixtiopatologlar jamoasi tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar bilan bevosita bog’liq hisoblanib, bu tadqiqotlar natijalari umumlashtirilgan holatda 1962 yilda B.E.Bыxovskiy tomonidan «Sobiq Ittifoqning chuchuk suvlarida yashovchi baliqlar parazitlari aniqlagichi» kitobi ko’rinishida nashr qilingan. Bundan tashqari, 1957 yilda B.E.Bыxovskiy tomonidan monogenetik so’ruvchilar haqida monografiya nashr qilingan.
So’nggi yilarda horijiy materiallarda baliqlar kasalliklari haqida nashr qilingan ishlar sifatida V.SHeperklyausning «Baliqlar kasalliklari» (1954) va Ye.Amlyaxerning «Baliqlar kasalliklari bo’yicha cho’ntak ma’lumotnoma kitobchasi» (1961) kabilarni alohida keltirib o’tish mumkin.
Baliq tirik jonivordir. U kasallanadi, o’sish va rivojlanishdan orqada qoladi, natijada baliq mahsuldorligi pasayadi. Kasallik deganda organizmning fiziologik funktsiyalarining normalligining buzilishidir. Agarda tashqi va ichki ta’sirotlarga organizmning moslashuvi buzilsa, baliq boshqarish hususiyatini yo’qatadi, immuniteti pasayadi, baliqlar kasallikka yo’liqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |