Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021


Baliqlarning yoshiga bog’liq kasallikka chalinish xususiyatlari



Download 210 Kb.
bet8/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

Baliqlarning yoshiga bog’liq kasallikka chalinish xususiyatlari. Baliqlarning kasallikka chalinish xususiyati ko’pincha holatlarda ularning yoshiga bog’liq holatda amalga oshishi kuzatiladi. Kuzatishlar natijalari ko’rsatishicha, ayrim kasalliklar odatda baliqlarning chavoqlik davrida qayd qilinib, boshqa bir turdagi kasalliklar esa baliqlar voyaga yetgan davrda kuzatiladi. Baliqlarning uvildiriq bosqichida odatda parazitlar bilan kasallanish holatlari qayd qilinmaydi, biroq alohida holatlarda va ayrim baliq turlarida baliq uvildirig’ining lichinka rivojlanish bosqichida kasallikka chalinishi kuzatiladi. Masalan, bu ko’rinishdagi parazitlarga o’ziga xos xususiyatlarga ega hisoblangan ichak ichki bo’shlig’ida yashovchi polipodium (Polypodium) parazitini keltirish mumkin, bu parazit osyotrsimon baliq turlarida hali baliq tanasi ichida davridayoq uvildirig’ining ichiga kirib keyin uvildiriq suv muhitiga qo’yilgandan keyin jadal tarzda rivojlana boshlashi qayd qilinadi. Boshqa bir misol siftaida Henneguya oviperda parazitini keltirib o’tish mumkin, bu parazit asosan cho’rtan baliqlar uvildirig’ida parazitlik qiladi. Uvildiriqlar suvga qo’yilganidan keyin ularda saprolegniya zambrug’i (Saprolegnia) yoki ayrim bakteriya turlari paydo bo’lishi qayd qilinishi xam mumkin.

Baliqlarning kechki rivojlanish bosqichlariga nisbatan (masalan, chavoq bosqichida) parazitlar bilan baliq uvildiriqlarining zararlanish darajasi kamayadi, chunki bu vaqtda ushbu parazitlarning son miqdori nisbatan ko’p bo’lmaydi. Bu holat baliq uvildiriqlarining iqlimlashtirish maqsadlarida hududlarga tashilishida e’tibor qaratish kerak bo’lgan muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Ushbu ko’rinishda, masalan Ural ko’liga iqlimlashtirish maqsadlarida sig (SHimol oq balig’i) turi keltirilgan. Bunda baliq uvildirig’idan chiqqan chavoqlarda birorta parazit mavjud emasligi qayd qilingan. Bir necha yil o’tganidan keyin sig balig’i iqlimlashtirilgan suv havzalarida amalga oshirilgan tekshirishlarda parazitlar mavjud emaligi tasdiqlangan va bu holat ushbu baliq uvildirig’i olib kelingan suv sharoitida parazitlar mavjud bo’lmaganligi bilan izohlangan (Bogatova, 1936)



Baliq organizmida parazitlarning asta – sekin rivojlanib borishi mexanizmlari batafsil holatda o’rganilmagan. Bu yo’nalishda tadqiqotlarda nisbatan karp balig’i yetarlicha o’rganilgan (Lyayman, 1946). Baliqlar parazitlari orasida faqat baliqlarning rivojlanishining erta bosqichlarida zararlovchi turlar kuzatiladi. Voyaga yetgan baliqlarda bu parazitlar deyarli butunlay qayd qilinmaydi yoki juda kam miqdorda uchraydi. Masalan, bu ko’rinishdagi parazitlarga eshkakoyoqli kostiyani (Costia), monogenetik so’rg’ichli Dactylogyrus vastator parazitini (qirg’in keltiruvchi), Neascus va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Erta yosh davrlarida baliqlarni zararlovchi parazitlar bilan bir qatorda nisbatan kechki yosh davrlarida baliqlarni kasallantiruvchi parazitlar guruhlari xam mavjud hisoblanadi. Baliqlarning ma’lum bir yosh bosqichlarida parazitlarning qayd qilinishi bevosita baliqlarda yosh kattalashishi bilan shakllanuvchi immunitet mexanizmlari bilan birgalikda qayd qilinadi. Karp baliqlarida yoshi kattalishi bilan immunitetning ortib borishi sharoitida bu baliq turlarida parazitlik qiluvchi eshkakoyoqli kostiya (Costia) va monogenetik so’rg’ichli Dactylogyrus vastator kabilar bilan zararlanish xususiyatlariga asoslanilgan holatda bu baliqlar suv havzalarida aralash tarzda ko’paytiriladi. Bunda bitta suv havzasining o’ziga bir vaqtning o’zida bir yillik baliq chavoqlari bilan birgalikda uvildiriqdan endi chiqqan individlar tashlanadi. Natijada baliqlarning nisbatan yoshi bo’yicha farqlanuvchi chavoqlarining parazitlar bilan yoppasiga zararlanishining oldi olinadi va baliqlar yoppasiga nobud bo’lish ehtimolligi ta’siridan saqlab qolinadi. Baliqlarning turli xil yosh davrlarida kasallikka uchrash darajasi bevosita ularning oziqlanish holati bilan xam bog’liq hisoblanadi. Ushbu ko’rinishda, yirtqich baliq turlari nisbatan rivojlanishning dastlabki davrlarida plankton bilan oziqlanadi va keyin esa yoshi kattalashishi bilan esa deyarli boshqa baliqlar hisobiga oziqlanadi. Ma’lumki, baliqlarning oziqlanish xususiyatlari ularning turli xil parazitlar bilan zararlanish darajasini xam belgilab beradi. Bu ko’rinishdagi bog’liqlik holatiga misol qilib, okun (olabug’a) baliq turining tasmasimon chuvalchang proteotsefalyus (Proteocephalus percae) paraziti bilan zararlanish holatini keltirish mumkin. Bunda okun balig’ining chavoqlari bu parazit bilan kuchli darajada zararlanishi qayd qilinib, o’rta yoshda kamroq miqdorda zararlanish kuzatiladi, voyaga yetgan baliqlarda ushbu parazit bilan zararlanish darajasi yana ortadi. Bu holat quyidagicha izohlanadi, ya’ni proteotsefalyus parazitining oraliq xo’jayini eshkakoyoqli qisqichbaqasimon – tsikloplar hisoblanadi. Ularni iste’mol qilish orqali okun balig’i ushbu parazitlarni yuqtiradi. Keyingi yilda okun balig’i bu parazit bilan kamroq zararlanadi, chunki bu yilda baliqlar asosan bentos bilan oziqlanishga o’tadi. TSikloplar okun tanasida juda kam holatlarda tushishadi va proteotsefalyus bilan zararlanish darajasi kamayadi. Yoshi katta okun baliqlari asosan mayda baliqlar bilan oziqlanadi va ko’p hollarda ichki qismida parazitlar mavjud bo’lgan mayda okun balig’i chavoqlarini xam iste’mol qiladi va tabiiyki bu parazitlarni yuqtiradi. Bu parazitlarning yoshi katta okun balig’i tanasiga kirishi natijasida asta – sekin zararlanish holati rivojlanadi.

Okun balig’ining so’rg’ichli bunodera (Bunodera luciopercae) paraziti bilan zararlanishi jarayonida baliqning yoshiga bog’liqlik bo’yicha kuzatishlar natijalari ko’rsatishicha, o’rta yoshdagi okun baliqlari bu parazit bilan nisbatan kuchli darajada zararlanadi. Bu holat bu yosh davrida okun balig’ining ushbu parazit oraliq xo’jayini hisoblangan ninachilar bilan ko’p miqdorda oziqlanishi bilan izohlanadi.

E.M.Lyayman (1946) tomonidan karp balig’ining parazitlar bilan zararlanishi holatlarini o’rganish bo’yicha kuzatishlarida qayd qilinishicha, tuli xil yosh baliqlarda boshlang’ich yosh davrlarida zararlanish darajasi ortishi keyin esa asta – sekin kamayishi aniqlangan. Bu ko’rinishdagi qonuniyat tarzidagi holat boshqa tadqiqotchilar tomonidan ko’kbo’yin balig’i, zag’ora baliq turi (lin), okun, karas, cho’rtan, leshch balig’i kabilar ustida Povolje hududida o’tkazilgan kuzatishlarda xam tasdiqlangan.

Nisbatan baliqlarda turli xil parazitlar bilan zararlanish darajasi yuqoriligi ayniqsa o’rta yoshdagi rivojlanish davrida kuzatilishi qayd qilingan.




Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish