Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021



Download 210 Kb.
bet65/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

Mavzu: BALIQLAR TREMATODOZLARI




  1. Ko’z kataraktasi (ditostomatoz)kasali va uni qo’zg’atuvchisi.

  2. Baliqlar trematodozlari va ularning qo’zg’atuvchilari.

  3. Kariofillez, uning qo’zg’atuvchisi.

  4. Kasallik patologiyasi va epizootologiyasi.

  5. Batriotsefaliyoz.

  6. Filometroidoz.

  7. Kasalliklarga qarshi kurash.


Tayanch iboralar: trematodoz, ditostomatoz, kariofillez, batriotsefaliyoz,

filometroidoz.


Baliqlar trematodoz va ularning qo’zg’atuvchilari. Baliqlar gelьmintozlarini yuqorida gapirganimizdek parazit chuvalchanglar keltirib chiqaradi. Baliq trematodozlariga, so’rg’ichlilar keltirib chiqaradigan kasalliklar kiradi, ya’ni kariofillez, batriotsefaliyoz, filometroidoz va boshqalar kiradi.

So’rg’ichlilar (Trematoda) sinfi vakilari trematodozlarni keltirib chiqaradi. So’rg’ichlilar sinfiga 400 dan ortik tur kiradi. Xamma vakillari umurtkali va umurtkasiz xayvonlarning ichki organlarida parazit yashaydi. Tanasining shakli kiprikli chuvalchanlarga uxshash bargsimon, lekin tanasi sirtida kipriklar bulmaydi. So’rg’ichlilarning teri-muskul kopchasi ham kiprikli chuvalchanglarnikiga o’xshaydi, lekin trematodalar, shu jumladan, jigar qurtining tanasi ham tegument deb ataluvchi tsitoplazmatik po’st bilan qoplangan. Bu ikki, ya’ni yadrosiz tashqi va yadroga ega bo’lgan ichki qavatdan iborat. Tegumentnnng tashqi va ichki qavati plazmatik membrana orqali ajralib turadi. Membrana ostidagi tsitoplazmada bir necha mayda vakuolalar, shuningdek mitoxondriyalar va ko’tikuladan iborat kichik tukchalar mavjuddir. Tegument tashqi qavatining ostki tomoni bazalь membrana bilan qoplangan, uning mayda teshikchalari orqali tsitoplazmatik ipchalar o’tib, tegumentninng ikkala qavatini bir-biri bilan tutashtirib turadi.



Ovqat hazm qilish sistemasi tananing oldingi qismidagi so’rg’ichining o’rtasida joylashgan og’iz teshigidan boshlanadi. Og’izdan keyin tomoq oldi bo’shlig’i va muskullik tomoq joylashadi. So’rg’ich tomoq oldi bo’shlig’i va tomoq bular hammasi birgalikda ovqat so’ruvchi apparatni hosil qiladi. Endodermadan rivojlangan o’rta ichak ikkita asosiy shoxchaga bo’linadi, ular esa bir necha yon ko’r o’simtalar hosil qiladi. Anal teshigi yo’q, ovqat qoldiqlari og’iz teshigi orqali chiqadi.Ayiruv organlari protonefridiy tarzida tuzilgan. Tananing o’rta qismida tok ayiruv naychasi bo’lib, unga bir necha mayda yig’uvchi naychalar kelib qo’shiladi. Asosiy ayiruv naychasi tananing orqa uchidan tashqariga ochiladi. Qon aylanish va nafas olish organlar sistemasi rivojlanmagan. Nerv sistemasi kiprikli chuvalchanglarga nisbatan sust rivojlangan. Xalqum oldi nerv tugunidan og’iz so’rg’ichiga va tananing orqa uchnga qarab uch juft (qorin, yelka va yon) bo’ylama nerv tolalari tarqalgan. Bu nerv tolalari o’zaro komissuralar bilan bog’langandir. Ko’pchilik surgichlilar germafrodit. So’rg’ichlilarning ko’pchiligida, shu jumladan, jigar qurtida ham ootip bo’lmaydi. Bunday holatda ootip vazifasini bajaruvchi tuxumdonning oxirgi uchidagi kengaygan qismiga sariqdonlarning chiqarish naychasi kelib qo’shiladi. Tuxumdonning bu qismini ustki tomondan koplab turgan bir hujayrali mayda bezlar esa Melis tanachasini hosil qiladi. Urug’langan tuxumlar shu yerda sarik moddaga o’raladi va po’st bilan koplanadi. Tuxumdonning shu qismida juda ko’p bo’ralgan organ — bachadon boshlanadi. U qorin so’rg’ichi oldida ingichkalashib borib jinsiy kloakaga ochiladi. Jigar qurtlari qo’shilishi paytida bachadon orqali spermatozoidlar o’tadi, demak u yaqin vazifasini ham bajaradi. Yetilgan jigar qurtida urug’langan tuxumlar bachadonda saqlanadi va dastlabki rivojlanish davrini shu yerda o’tkazadi. Erkaklik organlar sistemasi juda ko’p mayda shoxchalar hosil qiladigan va jigar qurti tanasining markaziy qismida joylashgan juft urug’dondan iborat. Har bir urug’dondan chiqqan urug’ yo’llari qorin so’rg’ichiga yaqin joyda o’zaro qo’shilib, urug’ pufagini hosil qilib, keyin ingichka urug’ chiqarish naychasiga aylanadi. U esa qo’shilish organi tsirrusga ochiladi. TSirrus odatda tsirrus xaltasining ichida joylashgan, u faqat qo’shilish vaqtidagina tashqariga buralib chiqadi.


Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish