Tasmasimon chuvalchanglarning ayrim vakillarining rivojlanishi. Tasmasimon chuvalchanglar tuxumining urug’lanishi odamning ichagidagi chuvalchanglarning soniga ko’ra har xil bo’ladi. Agar ichakda bitta chuvalchang bo’lsa, ularning bo’g’inlari bir-birini urug’lantirishi mumkin. Agar ichakdagi chuvalchanglarning soni ikkita yoki undan ham ko’proq bo’lsa, ular bir-birini urug’lantiradi. Gijjalarning tuxumi chuvalchang bachadonida rivojlanadi, lekin serbar gijja tuxumining rivojlanishi chuvalchang bachadonida boshlanib, tashqi muhit— suvda tugallanadi. Tasmasimon chuvalchanglarning rivojlanishi xo’jayin almashtirish yo’li bilan bo’ladi. Ayrim gijjalar uchta xo’jayinda rivojlanib, ulardan bittasi asosiy yoki oxirgi, ikkitasi esa oraliq xujayin bo’ladi. Ba’zi turlari ikkita xo’jayinda rivojlanadi, ularning biri asosiy, ikkinchisi esa oraliq xujayin bo’ladi. Asosiy xo’jayinda jinsiy voyaga yetgan gijjalar parazitlik qiladi, oraliq xo’jayinda esa ularning lichinkalari yashab parazitlik qiladi. Kuyidagi tasmasimon chuvalchanglar asosiy vaqillarining rivojlanishi bilan tanishish tavsiya qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |