Girodaktilez va uning qo’zg’atuvchisi. Girodaktilez qo’zg’atuvchisi-Gyrodactylus elegans, Gyrodactylus medius. Tana uzunligi 0,6-1 mm, eni 0,12-0,15 mm. Girodaktiluslar mazok bilan oziqlanadi, shuning bir qatorda terining o’lgan hujayralari bilan oziqlanadi. Parazitning oziqlanishi tufayli baliqlarda oziqlangan joyda teri buziladi, nekroz boshlanadi. Ayrim hollarda parazit oziqlangan joyda baliq terisida kichik-kichik yaralar paydo bo’ladi.
Qarshi kurash. Girodaktilezlarga qarshi antiparazitra vannalar ishlatiladi, 5% li natriy xlorli vannalar 5 minutlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |