Tayanch iboralar: kriptobioz, ixtioftirioz, xilodonellez, kostioz.
Baliqlarning protozoy kasalliklari va ularni qo’zg’atuvchilari. Baliqlarningr protozoy kasalliklarini sodda hayvonlar, ya’ni bir hujayrali organizmlar keltirib chiqaradi. Protozoy kasalligini qo’zg’atuvchilar-sarkodalilar, xivchinlilar, sporalilar, mikrosporalilar, miksosporalilar va infuzoriyalar.
Bir hujayrali xayvonlar kenja dunyosi to’g’risida tushuncha. Bir hujayrali xayvonlar Rrotozoa deyiladi, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar prozoy deyiladi. Bir xujayralilar kenja dunyosiga mansub bulgan xayvonlarning tanasi yagona xujayradan yoki bir-biriga uxshash tuzilgan xujayralar tuplamidan iborat. Bir xujayralilar mustakil xayot kechira oladigan organizmlar bulib, ular modda almashinish, xarakatlanish, ta’sirlanish, kupayish va tirik organizmlar uchun xos bulgan barcha xususiyatlarga ega. Bunday funktsiyalarni xujayradagi maxsus organoidlar (organellalar) bajaradi.
Bir xujayralilar soxta oyoklar, xivchinlar va kiprikchalar yordamida xarakatlanadi. Nafas olish tana yuzasi orkali boradi. Bularni 70000 dan ortik turi ma’lum, ular Sarkomastigoforalar, Sporalilar, Miksosporidiyalar, Mikrosporidiyalar va Infuzoriyalar tiplariga ajratiladi.
Protozoy kasalliklarga ixtioftirioz, xilodonellez, kriptobioz, kostioz, trixodinoz, koktsidioz, mikrosporadiozlar kiradi.
Ixtioftirioz. Ixtioftirioz yoki ixtioftiriazis deyiladi. Bu kasallik qo’zg’atuvtuvchisi sharsimon infuzoriya-Ichthyophthirus multifilus. Bu infuzoriyaning tanasi tashqi tomonidan ko’p sonli teng kipriklar bilan qoplangan. Kattaligi 0,5-0,9 mm. Tanasi yumaloq. Yumalok infuzoriyalar baliq tanasiga, terisiga jabrasiga, ko’z shox pardasiga keng tarqaladi. Asosan karpsimonlarda keng tarqalib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Baliq terisi va jabrasida joylashgan infuzoriya oq shishlar hosil qiladi. SHishlarning diametri 1 mm ni tashkil qiladi. SHishlar to’liq yetilgandan so’ng yoriladi, so’ngra parazit suv tubiga tushib tsistaga o’raladi. Baliq terisidagi shishlar bitmaydi, chuqurchaga aylanib qoladi. Har bir tsistadagi infuzoriya rivojlanadi, bo’linish yuli bilan ko’payadi. Har bir tsistada 200 gacha daydi hujayralar hosil bo’ladi. Daydi yosh infuzoriyalar tsistadan chiqib, suvda suzadilar va suv bo’ylab tarqaladilar. Baliqga duch kelishi bilan ularning terisiga yopishib oladi va yangi hayot tsiqlini boshlaydi va parazitlar geometrik progress orqali ko’payadi.
Infuzoriyaga yuliqqan baliqlarni antiparazitar vanna orqali o’tkazish kerak. Buning uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
1) 0,6-0,7 % osh tuzi eritmasi va achchiq tuzning 3,5:1,5 nisbatga qarab eritma tayyorlash va suv hororati 20°S bo’lishi bilan baliqlarni 7-8 sutka saqlash, suv hororat 26 S bo’lganda 3 sutka saqlash tavsiya etiladi. Osh tuzi va achchiq tuzdan tayyorlangan eritmada infuzoriya rivojlanmaydi va nobud bo’ladi. So’ngra qaytadan zararlanish yuz bermaydi. Malaxit yashilidan tayyorlangan eritmada (0,15 mg/l) suv harorati 4-10 °S bo’lganda kasal baliqlar 10 sutka saqlanadii.
Metil kuki eritmasida 75 mg/l mikdorda eritma tayyorlanadi, suv aeratsiyasi amalga oshirilsa kasal baliqlar eritmaga 8 soatgacha saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |