Kostioz kasalligi. Qo’zg’atuvchisi - mikroskopik (uzunligi 5-20 mikron, eni 2.5-10mk) kostiya infuzoriyasi-Costia necatrix. Juda mayda organizm mikroskopda juda kattalashtirib ko’rilganda ko’rinishi mumkin. Qorni tomoni oval shaklda. Kostianing hujayrasi protoplazmadan iborat bo’lib, mayda yumaloq yadroga ega, 2 ta qisqaruvchi vakuolasi bor. Ikkita xivchinga ega. Xivchinlari yordamida parazit baliqlarning jabra yaproqchalariga yoki terisiga yopishadi. Baliqlarning tanasiga va jabrasiga xivchin chuqur kirib borib, yopishib oladi. Bo’linish usuli bilan ko’payadi. Noqulay sharoitda suv harorati sovuganda tsista hosil qiladi. TSista qalin qobig’dan iborat bo’lib, nokulay muhit sharoitiga ancha chidamli bo’ladi. Ular patogen emas, lekin uzoq muddat jarohat ob’ekti bo’lib qoladi. Xivchinli infuzoriya karpsimonlar, lasossimonlar va boshqa baliqlarning yosh avlodlariga parazitlik qiladi. Bu kasallikka nisbatan katta baliqlarga tabiiy immunitet hosil bo’ladi. Kostiya infuzoriyasi baliqlarda fakat tsista shaklida uchraydi. Kostiya yilning yoz paytida ko’proq zarar yetkazadi. Uning zarari fakat nerest (urchitish) o’tadigan hovuzlarida yakqol ko’zga tashlanadi. Ammo kostiya baliqlarni qish paytida ham nobud qilar ekan, ayniqsa suv muhiti (rN 5-5,5) past ko’rsatgichga ega bo’lganda. Kostiyaning qishki formasi asosan - qishlash hovuzlariga qayd qilingan. nfuzoriyalarning bu turi qish faslida suv hororati 5-7°S bo’lganda ko’payadi.
Klinikasi. Baliqlar kostia bilan kasallnganda teri yoki jabrasida sutga o’xshash ko’k-kumushrang shilliq massa epitelial hujayralarning ko’chishidan paydo bo’ladi. Parazit baliqning teri yoki jabrasida joylashib olib epitelial to’qimani kuchli buzilishiga va kuchli shilliq ajralishiga olib keladi. Agar kostia baliq jabrasini jarohatlasa baliq tez nobud bo’ladi. Ayrim hollarda kasallik bir hafta yoki undan ko’proq davom etishi mumkin.
Diagnoz. Diqqat bilan mikroskopik tekshiruvdan baliq jabrasi va terisidan ajralgan shilliqlarni kuzatgandan keyin diagnoz qo’yiladi. SHilliq modda ichida ko’p sondagi kostialarni ko’rish mumkin. CHunki, xuddi shunga o’xshash ko’k-kumushrang shilliq massa xilodonellez, trixodinoz, girodaktilez va boshqa kasaliklarda ham paydo bo’ladi.
Epizootologiya. Kostia baliqlarning har xil turlarida parazitlik qiladi: karplarda, lasoslarda, hatto akvarium baliqlarini ham. Kostiya infuzoriyasi suv harorati 25-28°S bo’lganda yaxshi rivojlanadi. 28°S haroratda baliq terisining 1sm3 joyida bir necha 10 mingdan ortiq kostianing xivchinli stadiyasini ko’rish mumkin. Kostia juda tez ko’payadi. Masalan, suv havzasida karplarning terisida dastlabki kostianing bitta ekz. uchrasa bir necha kundan keyin barcha baliqlarning kostia bilan zararlanganini ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |