Suv mikroflorasi. Suv mikroflorasi ham o’ziga xos bo’lib, uning tarkibida boshqa tirik mavjudotlar uchun zararli va zararsiz mikrob turlari mavjud. Zararli mikroblarning ko’pchiligi suv tozalanganda halok boladi. Terlama tif tayoqchasi 4—6 hafta, paratif va dizenteriya tayoqchalari 2—6 kundan bir necha haftagacha, sariq kasalligini qo’zg`ovchi mikroblar uzoq, vaqt davomida o’z hayot faoliyatini saqlab qoladi. Muhitda mikroblarning ko’p yoki oz bo’lishi suvda erigan organik va anorganik moddalar miqdoriga bog`liq. Organik moddalarning tezda minerallashishi suvdagi mikroorganizmlar hayotiga ta’sir etib, ularni halok qiladi. Ultrabinafsha nurlar ham mikroblarga salbiy ta’sir qiladi.
Shahar va qishloqlardagi oqib chiqqan tashlandiq suvlar hisobiga daryo, ko’l va dengizlarda mikroblar soni ko’payadi. Lekin shahar va qishloqlardan uzoqlashgan sari mikroblar soni kamaya boradi. A. S. Razumov ma’lumoti bo’yicha qishloqqa kirish oldidan 1 ml suvda 197 mingtagacha mikrob bo’lsa,qishloqdan chiqqan suvda ularning soni 400 ming donaga yetgan. Moskva shahriga kirib kelayotgan Moskva daryosining 1 ml suvi tarkibidagi mikroblar soni 2 000 tani tashkil etgan bo’lsa, shahardan tashqariga chiqqach, mikroblarning soni 100 000 donagacha etganligi aniqlangan. Bu hodisa Moskva daryosini aholi va turli korxonalar chiqindilari hisobiga ifloslantirilganligidan dalolat beradi. Suv osti qatlamida mikroorganizmlar juda ko’p bo’ladi. Dengiz va okeanlarning chuqur (5—9 km) suv qatlamlarida ham mikroorganizmlarning o’ziga xos shakldagilari hayot kechirganligini A. E. Kriss (1959, 1964) aniqlagan. 1 g dengiz tubi tuprog`ida mikroblar soni 367,14106 gacha bo’lib, ularning massasi 0,3 g ni tashkil etadi (V. S, Butkevich, 1932). Bu tuproqda sulfatlarni qaytaruvchi nitrifikastiya, denitrifikastiya jarayonlarini qo’zg`ovchi va sellyulozani parchalovchi aerob va anaerob bakteriyalar ham uchraydi (B. L. Isachenko, 1951).
Iste’mol qilinadigan suvlar turli (tindirish, koagullash va filtrlash) usullarda tozalanadi.
Tindirish va koagullash usullarini qo’llaganda havzalardagi suvga A12(S04)3 yoki Fe2(S04)3 tuzlari solinadi. Suv tarkibidagi muallaq jismlar bilan birga mikroorganizmlar ham suv ostiga cho’ktiriladi. Filtrlash usuli keng qo’llaniladi, bunda havzalarda tindirilgan suv turli filtrlardan o’tkaziladi. Filtrlardan o’tgan suvda mikroblar soni 1 — 10% gacha kamayadi. Qolganlarini ham yo’qotish maqsadida filtrlangan suvga CaC120 kristallari qo’shiladi, bunda uning suv bilan reakstiyaga kirishishidan atom holidagi kislorod ajralib chiqib, mikroblarni halok qiladi. Reaksiya quyidagi tenglama asosida o’tadi:
2 CaC12O + 2 H2O à Ca(OH)2 + CaCl2 + 2 HOC1 gipoxlorid k-ta
HOC1àHC1+O
Odatda. 1ml suv tarkibidagi mikroblar soniga ko’ra suvlar toza (100—500), o’rta (500—1000) va iflos (1000 dan ortiq) suvga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |