1- rasm.Bakteriya hujayrasining ichki tuzilishi
1-poliβ - oksimoy kislota granullalar, 2 - moy tomchilari, 3 - oltingugurt kiritmalaril, 4 – naysimon, 5 - plastinkasimon tilakoidlar, 6- pufakchalar, 7- xromatoforlar, 8 - nukloid (mag`iz), 9 – ribosomalar, 10- stitoplazma, 11- xivchinlar joylashgaa bazal tana, 12 – xivchinlar, 13- hujayrani o’rab olgan shilimshiq kapsula, 14 - hujayra posti, 15 - sitoplazmatik membrana, 16 – mezosoma, 17 - havo boshliqlari, 18 – lamellalar, 19- polisaxarid, 20 - polifosfat granulalari.
Fimbriylar muhitdagi buyumlarga va boshqa hujayralarga yopishish vazifasini bajaribgina qolmay, balki hayotini davom ettirish maqsadida G`- pili shakldagisi jinsiy organ rolini bajarishda ishtirok etadi. Chunki kon’yugastiya vaqtida G`- pili irsiyat DNK molekulasini donordan restipient hujayrasiga o’tishini ta’minlaydi.
Hujayra posti, sxemada ko’rsatilganidek, murakkab tuzilgan bo’lib, bu yerda moddalarni ichkariga va tashqariga o’tishini taminlaydigan kanalcha (naycha) lar murakkab moddalarni parchalaydigan va tashqi muhitga chiqariladigan ekzofermentlar va ichki jarayonlarni aktivlashtiradigan endofermentlar o’rin olgan. Tashqi muhitga turli zaharli moddalar ham ajratiladi.
Bakteriyalarning sitoplazmatik membranasi tarkibida, boshqa yuksak mavjudotlardagi plazmalemma qavatidagi kabi, oqsil, yog`simon lipoid va boshqa moddalardan tashkil topganligi bilan tanishib o’tildi. Sitoplazmatik membrana osmotik to’siq vazifasini bajarib, hujayraga moddalarning qabul qilinishini va chiqarib turilishini ta’minlaydi. Membrana tarkibida maxsus permiaza deb atalgan fermentlar bolib, ular organik va anorganik moddalarning, elektronlarning hujayra ichiga hamda hujayradan tashqariga o’tkazilishini tartibga solib turadi.
Sitoplazma mayda donali, rangsiz, yarim suyuq modda. Uning 80% i suv, 20% i organik va anorganik moddalarga to’g`ri keladi. Yosh hujayralarda stitoplazma bir xil tabiatli bo’lib ko’rinadi. Hujayra qarishi bilan sitoplazmada vakuollar hosil bo’lib, hujayra ichi kataksimon shaklni egallaydi. Sitoplazma murakkab oqsil— lipoid birikmalardan iborat kolloid modda. Uning sirt taranglik kuchi juda katta bo’lganligidan suyuq muhitda o’zining sharsimon shaklini yo’qotmaydi. Sitoplazma tirik hujayralarni zarur moddalar bilan ta’minlaydi. Bakteriya hujayrasining tashki muhit ta’siriga qarshi turishi va shu muhit xususiyatini o’zgara olishi ham stitoplazmaga bog`liq. Muhitning xususiyatini o’zgartishda oqsil tabiatli fermentlarning roli katta. Tirik organizm (bakteriya) larning sitoplazmasi doimo o’zgarib, yangilanib turadi. Sitoplazmadan tashqari hujayra ichida mag`iz (yadro) yoki uni tashkil etgan moddalar tarqalgan.
Bakteriyalarning harakatlanishi Ba`zi bakteriyalar aktiv harakatlanish xususiyatiga ega. Ulr bir joydan ikkinchi joyga siljib turadi. Hujayra tanasidan o’sib chiqqan sitoplazmatik ipcha – xivchin orqali harakat qiladi.Xivchinning uzun yoki qisqa bo’lishi bakteriya turiga bog’liq bo’lib, odatda bakteriya tanasi uzunligidan 20 marta qisqa bo’ladi. Ba`zi bir turlarida, masalan nitrozomonas yavanezisda xivchin tanada nisbatan 50 marta uzundir.
Do'stlaringiz bilan baham: |