Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


 Boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruqni rasmiylashtirish



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/111
Sana23.01.2023
Hajmi2,11 Mb.
#901640
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

9.4. Boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruqni rasmiylashtirish
 
Xodimni boshqa ishga o’tkazish ishchining mehnat vazifalarining o’zgarishi 
bilan bog’liq bo’ladi. Boshqa ishga o’tkazishga mehnat shartnomasi taraflarining 


167 
kelishuvi bo’yicha, uzrli sabablarga ko’ra xodimning tashabbusi bilan yoki ishlab 
chiqarish zarurati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan bog’liq ish 
beruvchining tashabbusi bo’yicha yo’l qo’yiladi. 
Boshqa ishga o’tkazish muddatiga ko’ra doimiy va vaqtinchalik bo’ladi. O’zR 
MKning 92, 93, 94 – moddalariga asosan boshqa ishga o’tkazish xodimning 
roziligi bilan amalga oshiriladi, ishlab chiqish zarurati yoki bekor turib qolinishi 
munosabati bilan (O’zR MKning 95-moddasi) bog’liq bo’lgan holatlar bundan 
mustasno. Biroq bunday holda xodim sog’lig’iga tug’ri kelmaydigan boshqa ishga 
o’tkazilishi mumkin emas. 
O’zR MKning 96-moddasiga asosan doimiy, vaqtinchalik boshqa ishga 
o’tkazish, mehnat shartlarini, shuningdek ish joyini o’zgartirish ish beruvchining 
buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. 
Boshqa doimiy ishga o’tkazish haqidagi buyruqni chiqarish uchun xodim 
bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan qo’shimchalar asos bo’lib xizmat 
qiladi. Doimiy boshqa ishga o’tkazish haqidagi buyruq mehnat shartnomasiga 
kiritilgan o’zgartirishlarning mazmuniga to’la muvofiq holda chiqariladi va 
xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi (O’zR MKning 96-moddasi 2-qismi). 
Xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuv bo’yicha vaqtincha boshqa 
ishga o’tkazishga yo’l qo’yiladi (O’zR MKning 93-moddasi). Boshqa ishga 
o’tkazish haqidagi buyruqda albatta uning muddati ko’rsatilishi shart. Boshqa 
ishga o’tkazish muddati tugagach, ish beruvchi xodimga uning avvalgi ishini 
berishi lozim. 
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bo’yicha va xodimning tashabbusi 
bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq chiqarishga ishchining 
arizasi, homilador va ikki yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga esa ularni arizasi 
va tibbiy ma’lumotnoma asos bo’ladi. 
Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqida 
buyruqni chiqarishga ishlab chiqarish zarurati yoki bekor turib qolinishi holatlari 
mavjudligi asos bo’ladi. 


168 
Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqida 
buyruqni chiqarishga ishlab chiqarish zarurati yoki bekor turib qolinishi holatlari 
mavjudligi asos bo’ladi. Mehnat shartlarining, shuningdek ish joyining o’zgarishi 
ish beruvchi buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. 
Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini o’zgartirish 
haqida buyruqni chiqarishga xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan 
o’zgartirishlar asos bo’ladi. Mehnat shartnomasida muayyan ish joyi aniq ko’rsatib 
qo’yilgan hollarda ish joyini o’zgartirish haqida buyruq chiqarish uchun xodim 
bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o’zgartirishlar asos bo’ladi. 
Boshqa bir xodimning o’rnida ishlash ham vaqtinchalik boshqa ishga 
o’tkazish kabi rasmiylashtiriladi. Boshqa xodimning o’rnida ishlash ikki xil 
holatda yuz beradi: 

vaqtinchalik yo’q bo’lgan xodimning ishlarini o’zi bajarayotgan doimiy 
vazifalardan to’liq ozod etilgan holda bajarish; 

vaqtinchalik yo’q bo’lgan xodimning vazifalarini bajarayotgan boshqa 
xodimga asosiy vazifalarga qo’shimcha ma’suliyat yuklatish. 
Bunday mazmundagi buyruqni chiqarishga xodimning roziligi va boshqa 
xodimning o’rniga ishlashga olib kelgan sabab asos bo’ladi. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish