Chaqmoq chaqqanda tabiatdagi o`zgarishni
shoir shu qadar chiroyli
tasvirlaganki, bu tasvir faqat Rauf Parfi she'riyati uchungina xos xususiyatdir.
Rauf Parfining yana bir o`ziga xos xizmati shundaki, u sotsialistik realizm ta‟sirida
yurgan o`zbek shoirlariga yangi bir yo`lni ko`rsatib berdi, yangi bir havoni bu
she'riyat osmoniga olib kirdi.
XX asr yapon klassik shoiri Isikava Takubokuga bag`ishlangan she'rini shunday
usulda yozadi:
Hasratimning
Suyuq toshlaridan
Dahma qurmoqchiman
O`zimga
Ichida o`z jasadim bo`lsin.
Asqad Muxtor aytgan murakkab va shiddatli istioralar usuli,
ayrim
obrazlarnigina emas, balki butun she'rni ham istiora harakatiga qurilishishu she‟rda
namoyon bo‟lgan. Uning ildizlari esa qadimgi yapon she'riyatiga borib taqaladi.
Ma‟lumki, Basyo singari yapon shoirlari uch qatorli she'rda ham katta fikrlarni
ayta olganlar. Rauf Parfi yapon she'riyatidagi mavjud bo`lgan tanka va xokku
usullarini o`zbek she'riyatiga olib kirishga harakat qildi. Mana uning uch satrli
shunday she'rlaridan biri:
Qor hidi dimoqqa urildi,
Uxlaydi shamolning qo`ynida
Barglarini to`kmagan rayhon.
Men sening ko`zlaringga qarayman,
Sen o`zgalarga
Kimning ko`zlaridan izlaysan meni.
Ko`rinib turibdiki, Rauf Parfi o`z an‟anasiga sodiq qolib, bu she'rchalarning
birinchi satrlarini ham sarlavha darajasiga ko`tardi. (Shu o`rinda “Sabr daraxti”
saylanmasidan bir necha she'r o`qiladi, tahlilga tortiladi).
Keyingi yillarda ham
Rauf Parfi bir necha ajoyib she'rlar yozdi. Uning “Turkiston yodi” she'rida shunday
satrlar bor.
Yana yiroqlarga chorlaydir moziy,
Vatan tushunchasi kelar yetaklab,
Ayrilgan, xo`rlangan ulus ovozin,
Shoirning beshigi aytar ertaklar.
Bu o`rinda beshik oddiy detal emas, bu Vatan-yupanchdir. Uning 1995-
yilda yozgan “Abdurauf Fitrat” deb nomlangan sonetida quyidagi satrlar bor:
Falokat ustiga falokat tutdi,
Intiqom, intiqom! – dedim yugurdim.
Ayrilgan, xo`rlangan ulus ovozin.
Turkiston, Turkiston, Turkiston o`tdi –
Razolat qabrida bosh egib turdim.
“Ay ulug` tog`larim! Ay, shonli Turon,
Tokay uyg`onmassan, Ay qonli Turon.
Fitratning so`nggi nolasi orqali shoir o`zining yuragidagi armonlarini bayon
etadi. Bu kabi she'rlar shoir ijodida juda ko`p. Umuman aytganda Rauf Parfi ijodi
haqida juda ko`p yaxshi fikrlarni aytish mumkin. Uning she'rlari bilan tanilgan har
bir kitobxon bu narsaga amin bo`lishi mumkin.Shoirning tarjimonlik faoliyati
hamtahsinga sazovor. .. Beshafqat o‟lim O‟zbekiston xalq shoiri Rauf Parfini 2005
yilda olib ketdi.
NAZORAT SAVOLLAR :
1.
Tarjimai holi haqida hikoya qilib bering.
2.
Ilk ijodi qanday boshlandi?
3.
Birinchi she'riy to`plami va umuman to`plamlari haqida nimalar bilasiz?
4.
R.Parfi lirikasining o`ziga xos jihatlari qanday?
5.
Jahon she'riyati ta‟siri shoir ijodida qaytarzda aks etgan?
6.
Shoir ijodida obrazlar ifodasi, so`z tasviri qanday?
7.
R.Parfining «Sabr daraxti» to`plami haqidagi fikringiz qanday?
8.
60-80 yillar she'riyatida R.Parfining qanday o`rni bor?
9.
R.Parfi ijodiga o`zbek adabiyotshunosligining bergan bahosi qanday?
10.
Tarjimonlik faoliyati haqida nimalar bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: