Bakalavr bitiruv ishi mavzu: «unix va Windows operatsion tizimlarining parolli himoyasini buzish va ularni qayta tiklash usullari»


UNIX operatsion tizimining kelib chiqishi



Download 3,31 Mb.
bet8/34
Sana31.12.2021
Hajmi3,31 Mb.
#230846
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
Ibrohimov L

UNIX operatsion tizimining kelib chiqishi.

UNIX operasion sistemasining paydo bo’lishiga sabab, bu Ken Tompsonning “Space Travel” kompyuter o’yinini yaratilishi. U MAC ni ishlab chiqish uchun mo’ljallangan, Honeywell 635 kompyuterida 1969 yil amalga oshirgan. Shu vaqtning o’zida Ken Tompson, Dennis Ritchi va boshqalar takomillashgan fayllar sistemasini taklif etishdi, bunga o’xshashi General Electric 645 kompyuterida qo’llanilayotgan edi. Biroq GE-645 kompyuterlari yetarli darajada effektivlikka ega emas edi, Space Travelni qondira olmas edi. Tompson dasturni o’rnini bosuvchi, o’sha vaqtda ishlab chiqarilgan 18-razryadli PDP-7 kompyuterini topdi. Bu kompyuter 4-kiloso’zli tezkor xotirali va sifatli grafikli displeydan iborat edi.

PDP-7 ga o’yin o’tkazilgan so’ng, Tompson shu kompyuterga oldin ishlab chiqqan fayllar sistemasini qo’llashga ahd qildi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun qo’shimcha talab BELL LABS kompaniyasining arzon va qulay sistemalarga muhtojligi. Yaqin orada bu fayllar sistemasi PDP-7 da ishlay boshladi, shuningdek, bu sistema inodes degan tushunchani, xotira va prosessorlarni sistema osti boshqarilishini, oddiy komanda interpretatiori va bir necha utilitalarni qo’llaydi. Bularning hammasi UNIX operasion sistemasi edi.

Bu nomni Brayan Kernigan o’ylab topgan. U ikki foydalanuvchili sistemani UNICS deb kompaniyani taklif etdi. (Uniplexed Information and Compyuteng System). Keyinchalik UNICS UNIX ga aylantirildi.

UNIX operasion sistemasining birinchi foydalanuvchilari bo’lib Bell Labs patentlangan bo’limi ishchilari edi. Biroq PDP-7 bilan bog’liq bir muammolar turar edi. Birinchidan bu mashina kompyuterlar guruhiga kirmas edi. Ikkinchidan bu kompyuterning imkoniyatlari talab darajada emas edi. Shuning uchun ham 1971 yilda Digital Equipment PDP-11/20 firmasining 16 razryadli kompyuterlari xarid qilindi va unga UNIX ko’chirildi. Shu vaqtgacha assembler tilida yaratilgan sistema varianti bor edi,shuning uchun ham sistemani ko’chirish oson emas edi: PDP-11 da sistema ko’proq foydalanuvchilarni qondira olar edi. Undan tashqari, matnli hujjatlarni formatlovchi roff utilitasini qo’lladi. U ham assembler tilida yozilgan edi.

1971 yil noyabr oyida operasion sistema UNIX hujjatlari bo’yicha birinchi nashr chiqarildi. Bu “Birinchi nashr”ga asosan hujjatlarga mos bo’lgan tizimning varianti ham shunday nomlandi. Keyinchalik bu an’anagta aylandi: operasion sistema UNIX ning yangi nashri chiqishda e’lon qilinardi.

Ikkinchi nashr 1972 yil chiqdi. Uning asosiy xususiyati shundaki, sistema “B” (Bi) tilida qayta yozilgan edi. Til hamda dasturlashning qayta ishlovchi tizimi Ken Tompson tomonidan, mavjud BCPL tili ta’sirida ishlab chiqilgan edi. Ushbu nashrda dasturlash kanallari (pipes) paydo bo’ldi.

Yangi, assembler tilida bo’lmagan, tizim variantining paydo bo’lishi salmoqli qadam bo’ldi. Ammo BI tili ishlab chiqaruvchilarni qonditmasdi. BCPL tiliga o’xshash Bi til ham mashina so’ziga asoslanadigan faqat bir turidagina amal qilardi. Doim dasturlash tillari bilan shug’ullanuvchi Dannes Ritchi tilga turlar tizimini (sistema tipov) qo’shish orqali Bi tilning imkoniyatlarini kengaytirmoqchi bo’ldi. Bu vaqtda operasion sistema UNIX ning 25 taga yaqin qurilmalari mavjud edi, u “4-nashr” edi.

1974 yil iyulida Tompson va Ritchi Communications of ACM jurnalida sistema tarixida yangi bosqichni boshlab bergan UNIX Time Sharing System tarixiy maqolani chop etdilar. Bunga Bell Labs konpaniyasining siyosati sabab bo’ldi. Ular UNIX boshlang’ich tekstlarini bepul olish imkoniyatini e’lon qildi. (pul faqatgina tashuvchi va hujjatlar uchun to’lanardi).

Shu vaqtga kelib chiqqan “5-nashr”ni birinchi bo’lib Kaliforniya Universiteti (Berkli shahri) va Janubiy Eel’s yan gi universiteti (Avstraliya, Sidney shahri) oldi.




Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish