1. BMI mavzusi: UNIX va Windows operatsion tizimlarining parolli himoyasini buzish va ularni qayta tiklash usullari.
2. Universitet qarori bilan tasdiqlangan: «24»noyabr 2016 y. № _____
3. Ishni to‘liq bajarish uchun berilgan vaqt:___________
4. Ishning boshlang‘ich ma’lumotlari: Mavzuga doir ilmiy-texnik adabiyotlar,internet ma’lumotlari,Microsoft Visual Studio 2010
5. Hisob tushuntirish matni mundarijasi (ishni bajarishdagi masalalar ro‘yxati)
Kirish
1. Nazariy qism
2. Asosiy qism
3. Hayot faoliyati xafsizligi _______
Xulosa
6. Grafik materiallar ro‘yxati: Microsoft Office ,Microsoft word
7. Topshiriq berilgan kun 20.01.2017
Rahbar: _____________________
(imzo)
Topshiriqni oldi: __________________
(imzo)
8. BMIning har bir bo‘limida bajariladigan ishlarga maslahatlar:
Bo‘lim
|
Rahbar F.I.O
|
Imzo
|
Topshiriq berdi
|
Topshiriq oldi
|
Kirish
|
|
|
|
1-bob
|
|
|
|
2-bob
|
|
|
|
3-HFX
|
|
|
|
Xulosa
|
|
|
|
|
|
|
|
9. Ishni bajarish grafigi:
№
|
BMI bo‘limlarining nomlari
|
Bajarish muddati
|
Bajarilganligi xaqida rahbar imzosi
|
|
Kirish, masalaning qo‘yilishi
|
19.01.17-08.02.17
|
|
|
Masalaning qo‘yilishi, predmet sohasining tahlili
|
09.02.17-24.02.17
|
|
|
Tahlil qilingan usullarni tadqiq etish
|
25.02.17-27.03.17
|
|
|
Hayot faoliyati xavfsizligi
|
28.03.17-09.04.17
|
|
|
Xulosa
|
12.04.17-20.04.17
|
|
|
Prezentatsiya slaydlarini ishlab chiqish
|
16.05.17-28.05.17
|
|
|
Asosiy himoya
|
|
|
Bitiruvchi ________________ «______» ______________ 2017 y.
(imzo)
Rahbar _______________ «______» ______________ 2017 y.
(imzo)
Mundarija.
KIRISH 5
I.NAZARIY QISM. 9
OPERATSION TIZIMLARNING TURLARI VA ULARNING TAHLILI. 9
1.1.Operatsion tizimlar va ularning turlari. 9
1.2.UNIX va Windows operatsion tizimlarini zaifliklarini tahlil qilish. 20
II.ASOSIY QISM. 28
UNIX VA WINDOWS OPERATSION TIZIMLARIDA PAROLLI HIMOYANI BUZISH VA QAYTA TIKLASH. 28
2.1. Operatsion tizimlarni parolli himoyasining tahlili. 28
2.2. UNIX va Windows operatsion tizimining parolli himoyasini buzish usullari. 36
2.3. UNIX va Windows operatsion tizimlari dasturlarining parollarini qayta tiklash usullari. 51
II.4.UNIX va Windows operatsion tizimlarida parollarning ishonchliligini baholash. 64
Xulosa 66
Foydalanilgan adabiyotlar 67
KIRISH
Ma'lumki, axborot texnologiyalarining inson faoliyati hamma jabhalarga kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib chuqurlashib bormoqda. Umumiy soni, ko’p yuz milliondan oshib ketgan, keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlardan tashqari, hisoblash tizimlarining maxsus vositalari ham ko’payib bormoqda. Bu turli-tuman hisoblash texnikasidan foydalanuvchilar soni ham ko’payib bormoqdaki, bunda ikki qarama-qarshi tendentsiyani rivojlanishi kuzatilmoqda. Bir tomondan, axborot texnologiyalari borgan sari murakkablashmoqda va ularni qo’llash uchun, va ularni keyingi rivojlanishi uchun juda chuqur bilimlar talab qilinadi. Boshqa tomonda, foydalanuvchilarning kompyuterlar bilan muloqoti soddalashmoqda. Kompyuterlar va axborot tizimlari borgan sari “do’stona” bo’lib bormoqda, va hatto ular informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutahassis bo’lmagan odamlar uchun ham tushunarli bo’lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va ularning dasturlari, hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta'minot – operatsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga keldi.
Yuqorida keltirilgan jarayonlar rivojlangani ya’ni odamlarning bir-biri bilan axborot almashinuvi maxsus tizimlar yoki aniqroq qilib aytganda operatsion tizimlar orqali amalga oshgani sari “Axborot xavfsizligi” tushunchasi ham ahamiyatga ega bo’lib boraveradi. Chunki hozirga kelib qimmatli axborotlar va shu qatorida bu axborotlarga egalik qilmoqchi bo’lganlar juda ham ko’paygan. Shuning uchun Axborot xavfsizligi bugungi kunga kelib alohida soha sifatida o’rganilmoqda va tadbiq etilmoqda. Xavfsizlikni ta’minlash operatsion tizimlarni ishlab chiqishdagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki bu operatsion tizimda foydalanuvchilarning qimmatli ma’lumotlar ba’zasi saqlanishi mumkinligi inobatga olish zarur.
Operatsion tizim, foydalanuvchilar uchun ham, bajariluvchi ilovalar uchun ham interfeysni tashkil etadi. Foydalanuvchilar va ko’pgina xizmatchi dasturlar, dasturiy ta’minotdan hamma dasturlarda tez-tez uchraydigan amallarni bajarishini so’raydi. Bunday amallarga, birinchi navbatda, kiritish-chiqarish, biror-bir dasturini ishga tushirish va to’xtatish, qo’shimcha xotira blokini olish yoki uni bo’shatish va boshqa ko’pgina amallar kiradi. Bunday amallarni har safar dasturlash va ikkilik kod sifatidadastur ichiga bevosita kiritish maqsadga muvofiq emas balki, ularni birgalikda yig’ib dasturdan “so’rov” orqali bajarishga berish qulaydir. Bu o’z navbatida OT ning muhim funktsiyalaridan biridir. Amaliy dasturlar, va ko’pgina tizimli ishlov beruvchi dasturlar, (m-n, dasturlash tizimlari yoki ma'lumotlarni boshqarish tizimlari) kompyuter apparaturasi bilan bevosita bog’lana olmaydi va ular bilan OT ga murojaat etish orqali boqlanadilar. Foydalanuvchilar uchun ham, OT komandasini kiritish bilan yoki tizim taklif qiladigan mumkin bo’lgan harakatlar orqali o’z dasturlari va kompyuter bilan muloqat qiladilar. Bunday o’zaro muloqat faqat OT orqaligina amalga oshiriladi. Bunday muhim funktsiyani bajarishdan tashqari, OT hisoblash resurslarini samarali taqsimlash va hisoblashni ishonchli tashkil etishga javob beradi.
OT asoslarini va ularning ishlash printsiplarini bilish, kompyuterdan samarali foydalanishga olib keladi. OT larni chuqur o’rganish, avvalambor bu bilimlarni, dasturiy ta'minot yaratishda ishlatishga imkon beradi.
Albatta, bizning mamlakatimizda hozirgi vaqtga kelib rivojlanish yuqori bosqichga chiqdi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi va hozirda aynan shu reja boyicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu harakatlar strategiyasiga yurtimizda AKT sohasini yanada rivojlantirish hamda Elektron hukumat tizimini yurtimizda to’liq yo’lga qo’yish ham kiritilgan. Aynan “Elektron hukumat” tizimini yo’lga qo’yishda yangi mukammal operatsion tizimga ehtiyoj sezildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot tizimlari va dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish sohasiga chet el investitsiyasini jalb qilish to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq «LG CNS Uzbekistan» O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Ushbu korxonada yurtimizda Elektron hukumat tizimini rivoji uchun OT ishlab chiqilmoqda. Murakkab axborot tizimlarini ishlab chiqish, zamonaviy OT larda ishlashga mo’ljallangan dasturlar majmuasi va ilovalar yaratishish jadal sura'tda olib borilmoqda. Shuning uchun ham OT larni va ularni ishlash printsiplari va hisoblashlarni tashkil etishni bilish zarurdir. Hozirgi vaqtda, kompyuterda ishlash kamlik qiladi, balki hisoblashlarni tashkil etishni tushunish shartdir.
Mavzuning dolzarbligi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi hozirgi kundagi eng talabgor operatsion tizimlarning parolli himoyasini o’rganishga va buzishga qaratilgan.
Hozirgi kunda ushbu operatsion tizimlardan juda ham ko’p odamlar foydalanishadi, lekin ularning hammasi ham ozi ishlatayotgan operatsion tizimning parolli himoyasida zaiflik borligini bilmaydi. Bitiruv malakaviy ishining mazmuni faqat buzishga emas yuqoridagiga o’xshash zaifliklarni o’rganish va oldini olishga ham qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Xavfsizlik nuqtai nazaridan, xususiy yoki davlat korxonalarni boshqarishda ishlatiladigan operatsion tizimlarning xavfsizlik darajasini mukammal qilish yo’li bilan moliyaviy-iqtisodiy zarar yetkazmaslikni ta’minlash hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishidagi vazifalar:
Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish belgilab olingan:
- Operatsion tizimni tog’ri tanlash;
- UNIX va Windows operatsion tizimlarini xavfsizlik tomonidan tahlil qilish;
- Operatsion tizimlarni parolli himoyasining tahlili;
- UNIX va Windows operatsion tizimining parolli himoyasini dastur va boshqa yo’llar orqali buzish usullari;
- UNIX va Windows operatsion tizimlarida parollarning ishonchliligini baholash;
Do'stlaringiz bilan baham: |