Mehnat bozorida davlat siyosati ikki asosiy shaklda amalga oshiriladi:
Faol siyosat - yangi ish o'rinlarini yaratish, aholi bandligini oshirish va ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash orqali ishsizlikni bartaraf etish.Davlatning faol siyosati ishlamoqchi bo‘lgan har bir shaxs o‘zini topa olishini ta’minlashga qaratilgan.
Faol siyosatning asosiy shakllariga quyidagilar kiradi:
iqtisodiyotga investitsiyalarni davlat tomonidan rag'batlantirish, buning natijasida yangi ish o'rinlarini yaratish;
ishsizlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
mehnat bozorida vositachilik funktsiyalarini amalga oshiruvchi, bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumot beruvchi bandlik xizmatlarini, mehnat birjalarini rivojlantirish;
kichik biznesni o'z-o'zini bandligini ta'minlash usuli sifatida rag'batlantirish;
Bandlik muammolarini hal qilishda xalqaro hamkorlik, xalqaro mehnat migratsiyasi bilan bog'liq muammolarni hal qilish;
Davlat sektorida ish o‘rinlarini yaratish, jamoat ishlarini tashkil etish.
Passiv siyosati-Davlatning u siyosati ishsiz aholiga moliyaviy yordam berish,ijtimoiy nafaqalari bilan ta`minlash orqali aholini bandligini oshirishga qaratilgan hisolanadi.
Passiv siyosat shakllari:
ish izlovchilarni ro'yxatga olish;
ishsizlik nafaqasini aniqlash;
yetkazib berish tizimini tashkil etish,
ishsizlar va ularning oila a'zolarini qo'llab-quvvatlashning pul bo'lmagan shakllarini amalga oshirish.
Rivojlangan mamlakatlarda ishsizlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash ishsizlikdan sugʻurta qilish tizimlari (ham majburiy, ham ixtiyoriy) asosida amalga oshiriladi.
.
3.O`zbekiston Respublikaisi mehnat bozorini tartibga solish jarayonlarida qo`llanadigan usullari.
Mehnat bozorini tartibga solishni har bir mamlakatni o`ziga xos bo`lgan usullari va yo`nalishlarini mavjud bo`lganidek,O`zbekiston Respublikasida ham mehnat bozorini tartibga solishdi ma`lum bir usullari va o`ziga xos dasturlari mavjud.
So`nggi 5 yil Ichida Mamlakatimizda juda katta o`zgarishlar yuz bermoqda, Xususan 2017-2021-yillarga mo`ljalangan “Harakatlar strategiyasi” doirasida Mamlakatimizda aholini bandligi va ulardi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan juda ko`p yangi loyihalar,davlat dasturlari va prezident qarorlari qabul qilindi va amalga oshirildi.Hozirgi kunda Oʼzbekistonda aholini ish bilan taʼminlash sohasida olib borilayotgan siyosat yoʼnalishlari:
Inson resurslarini yanada faolroq rivojlantirish;
Fuqarolarning yangi ish joylari va oʼz-oʼzini ish bilan taʼminlash borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash;
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish izlashda qiynalayotgan fuqarolarni ish bilan taʼminlashga koʼmaklashuvchi maxsus tadbirlar oʼtkazish;
Yangi ish oʼrinlari yaratayotgan va mavjudlarini saqlab qolayotgan (eng avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish izlashda qiynalayotgan fuqarolar uchun) ish beruvchilarni ragʼbatlantirish;
Aholini ish bilan taʼminlash sohasida olib borilayotgan faoliyatni ijtimiy-iqtisodiy siyosatning boshqa yoʼnalishlarida olib borilayotgan faoliyat bilan (shuningdek, bu faoliyatni mahalliy, hududiy va respublika miqyosida) muvofiqlashtirish;
Ishchi kuchiga boʼlgan talab va taklifning ham tarkibiy ham kasbiy jihatdan balanslashuviga koʼmaklashish;
Qishloq joylarda ishchi kuchi harakatlanishini va malakasini oshirishni ragʼbatlantirish, shuningdek, uy-joy bozorining shakllanishini tezlashtirish;
Yangi ish oʼrinlarini yaratish suraʼtlarini aholi oʼsish surʼatlariga yaqinlashtirish;
Bu siyosiy yo`nalishlardan tashqari,O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini mehnat faoliyatini qonuniy kafolatlaydigan,Mehnat kodeksi ham aholiga iqtisodiy tomondan qo`llab quvvatlash uchun alohida moddalarga ega.Masalan.
Do'stlaringiz bilan baham: |