W-ish xaqi.
L-ishchi kuchi.
S-ishchi kuchiga taklif.
D-ishchi kuchiga talab.
E-Muvozanat nuqta.
W S
W1 E
D
L1 L
1.2-rasm.Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif muvozanati. 7
Mehnat bozorini tartibga solish muammolariga yana bir yondashuv monetarizm va keynschilikda aks etgan. Bu maktab vakillari o`z yondashuvlari orqali mehnat bozorini tartibga solishni bir qancha qoidalari va yondashuvlari bilan isobotlashgan.
Butun dunyo iqtisodiyotida yuz bergan uzoq muddatli inqirozlar va ishsizlikning yuqori darajasi, aholi bandligining “keynscha nazariyasi”ni yaratishga olib keldi. J.Keyns ko’rsatib berdiki, yuz beradigan jarayonlar hamma vaqt ham o’z-o’zidan tartibga solinmaydi va hukumat uzoq muddatli inqirozlar ta’sirini yumshatishi, hamda valyuta va moliya siyosati orqali, ya’ni inqiroz paytida hukumat xarajatlarini oshirish va to’liq bandlik paytida xarajatlarni kamaytirish yo’llari bilan to’liq bandlikni kafolatlashi zarur bo’ladi.
Keynscha nazariyada iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, jumladan, mehnat bozorini ish bilan bandlik tizimining qismi sifatida tartibga solish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Jumladan, Jon Meynard Keyns ish bilan to`la bandlikka erishishni davlat tomonidan tartibga solishning eng asosiy vazifalaridan biri, deb hisoblagan. J.M.Keyns rivojlangan bozor xo`jaligida milliy boylik ortib borgan sari aholining ko`pchiligi tomonidan olingan daromadning hammasi isteʼmol qilinmasdan, uning bir qismi jamg`arib boriladi, degan xulosaga kelgan. Jamg`arilgan mablag` investisiyaga aylanishi uchun samarali talab, isteʼmol va investisiya darajasi deb nomlanuvchi muayan daraja zarurdir.8
Shunday qilib , keynschilar iqtisodiyotning bir qismi sifatida o`z-o`zini tartibga soluvchi mehnat bozori nuqsonlarini ko`rsatib, ish bilan to`la bandlikka erishish uchun davlat tomonidan iqtisodiy taʼsir ko`rsatish zarurligini asosladilar.
Mehnat bozori faoliyat ko’rsatishini tushuntirishda keynschilar va monetaristlar boshqacha yondashuvga egalar. Ular neoklassiklardan farqli ravishda mehnat bozorini doimiy nomuvozanatli bozor deb hisoblaydilar. Keynscha model (J.M.Keyns, keyinchalik R.Gordon va bosh.) bo’yicha, xususan ishchi kuchi bahosi (ish haqi) qat’iy belgilangan va amalda o’zgarmaydi (ayniqsa, kamayish tomonga). Modelning bu tushunchasi hech qanday izohlanmaydi, chunki u isbotlangan fakt hisoblanadi. Chunki baho (ish haqi), ushbu kontseptsiya bo’yicha bozor regulyatori hisoblanmaydi, regulyator tashqaridan kiritilishi kerak. Buni davlat bajaradi va yalpi talabni kamaytirib yoki ko’paytirib, yuzaga kelgan nomuvozanatlikni barataraf qila oladi. Xususan, soliqlarni kamaytirish orqali davlat ist’emol oshishini rag’batlantirani. Bu esa, o’z navbatida ishlab chiqarishning va bandlikning o’sishiga olib keladi. Shunday qilib, ishchi kuchiga talab, bu model bo`yicha, mehnatning bozor bahosining o`zgarishi bilan emas, balki jami talab bilan, boshqacha aytganda ishlab chiqarish hajmi bilan belgilanadi. (1.3-rasm qarang).
Keynscha model
__Iqtisodiyotda ish bilan to`la bandlikni kafolotlovchi hech qanday mexanizm mavjud emas;
__Ish xaqi qat`iy belgilab qoʼyilgan va amalda, ayniqsa, kamayish tomoniga o`zgarmaydi, ish xaqi mehnat bozorini muvozanatga keltiruvchi vositasi boʼla olmaydi;
__Mehnat bozorini tartibga solish roli davlatga tegishlidir, u yalpi talabni koʼpaytirib yoki kamaytirib mehnat bozoridagi muvozanatsizlikni bartaraf eta oladi;
__Ish kuchiga talab ish xaqi oʼzgarishi orqali emas, balki yalpi talab yoki ishlab chiqarish hajmi orqali muvozanatga keladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |