I. Ijtimoiy yordam tizimini modernizatsiya qilish. Bunga:
yagona ijtimoiy reyestrni joriy etish va joylashtirish,
kam ta'minlangan oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar samaradorligini oshirish orqali ijtimoiy yordam tizimini mustahkamlashni qo'llab-quvvatlash;
ijtimoiy nafaqalar tizimining nazorati, hisobdorligi va shaffofligini oshirishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar kiradi.
II. Mehnat bozorini jonlantirishga qaratilgan dasturlarning samaradorligini oshirish, shu jumladan:
Yangi biznesni boshlash uchun subsidiyalarni oluvchilarga, shuningdek ishsizlar uchun imtiyozli mikrokreditlar oluvchilarga o'z biznesining rentabelligi va muvaffaqiyatini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlari;
Bandlik va tadbirkorlikni rag'batlantirishga, shuningdek ish beruvchilar va ishsizlarga subsidiyalar berish orqali ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan mehnat bozori dasturlarini amalga oshirishni moliyaviy qo'llab-quvvatlash;
Yagona milliy mehnat tizimini takomillashtirish, shu jumladan milliy vakansiyalar platformasi bilan integratsiyalash.
ABKM23larga bandlikka ko’maklashish daturlari va xizmatlarini ko’rsatish uchun xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini qamrab olish, mehnat inspeksiyasini kuchaytirish, zamonaviy IT-texnologiyalaridan foydalangan holda xatolar va suiiste'molliklarni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda texnik yordam ko’rsatish;
Xizmat oluvchilarning profillashning va shaxsiy yondashuv metodologiyasining samarali vositalarini ishlab chiqish, ABKM xodimlari uchun muntazam treninglar.
III. Loyihani monitoring qilish va boshqarish, shu jumladan:
a) Mehnat bozoridagi aralashuvlar monitoringini kuchaytirish, mavjud dasturlarning ta'sirini baholashda Mehnat vazirligi qoshidagi Respublika ilmiy markazining salohiyatini oshirish, malakali kadrlarga bo'lgan talabni o'rganish, mehnat organlarining ish jarayonlarini baholash, dasturlarning benefitsiarlari o’rganishga qaratilgan chora-tadbirlar takomillashtirishdan iborat.
Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayonlarini amaliyot bilan bog‘lagan holda tashkil etish, ishsiz aholi, jumladan yoshlar va xotin-qizlarda zamonaviy kasb va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, kasb-hunarga o‘qitish muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirish, mazkur jarayonda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804-son qarorigamuvofiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida 16 ta “Ishga marhamat” monomarkazlari, 30 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlari va 136 ta mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ishsiz fuqarolardi tikuvchilik, oshpazlik-qandolatchilik, erkaklar va ayollar sartaroshligi, kompyuter savodxonligi, buxgalteriya va tadbirkorlik asoslari hamda boshqa murakkab bo‘lmagan yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etish.
Maskanlarni o‘quv asbob-uskunalari va jihozlar bilan ta’minlash xarajatlari teng ulushlarda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
“Mahallabay” ishlash tizimi orqali aniqlangan hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, band bo‘lmagan fuqarolarni o‘quv kurslariga jalb qilsh;
“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari hamda maskanlarning o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari maqomi bo‘yicha professional ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga tenglashtiriladi hamda ularga ushbu xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi;
“Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar.
1. “Temir daftar”ga kiritilgan 613,9 ming oila, ularning 2,6 mln nafarga yaqin a’zolarining 687,6 ming nafar mehnatga layoqatli ishsizlari bandligini ta’minlash orqali 582,9 ming oila “temir daftar”dan chiqarildi.
2. Daftarga kiritilgan oilalarning doimiy daromad manbaini yaratish choralari ko‘rildi.Ma’lumot uchun: 100,2 ming nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi, 34,0 ming nafar fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi, shundan, 21,9 ming oilalarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit ajratilgan, 330,9 ming nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan, 80,5 ming nafar fuqarolar qishloq xo‘jaligida (takroriy ekin va kooperatsiya) hamda 137,0 ming nafar fuqarolar boshqa yo‘nalishlarda band qilingan. Shuningdek, 13,3 ming nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilgan.(3.3-jadval)
3. Boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi mavjud ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.Ma’lumot uchun: 15,3 ming boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar, 30,4 ming nogironligi mavjud ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar (shundan, 7,1 ming I guruh a’zolari bor oilalar, 17,4 ming II guruh nogironlari bor oilalar, 5,9 ming I-II guruh nogironlari bor oilalar) ro‘yxatga olingan.Natijada uy-joyini ta’mirlashga muhtoj 1,9 ming guruh nogironi bor oilalarning 1,5 ming tasining (79,0 foizi) uy-joyi ta’mirlab berildi;Noturar joylarda istiqomat qilayotgan 770 ta oilaning 225 tasiga (29,0 foizi) uy-joy ajratilgan hamda 383 tasining (50,0 foizi) turar joy ijara to‘lovi to‘lab kelinmoqda.
3.3-jadval.O`zbekiston Respublikaida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardi. 2021-yilda bandligin ta`minlashga erishilgan. (ming kishida).24
Do'stlaringiz bilan baham: |