此致
Hurmat bilan …
Ushbu birlik yozilayotgan xatning natija va xulosalash qismida kelib, rasmiy uslubda yoziladi, xat qabul qiluvchining shaxsi ma’lum emas)
此致
敬礼
Hurmat bilan …
(Ushbu birlik yozilayotgan xatning natija va xulosalash qismida kelib, rasmiy uslubda yoziladi, keng qo‘llaniluvchi birlik, xat qabul qiluvchi ma’lum)
肃然至上
Hurmat bilan …
(Ushbu birlik yozilayotgan xatning natija va xulosalash qismida kelib, rasmiy uslubda yoziladi, tor doirada qo‘llaniluvchi birlik, xat qabul qiluvchi ma’lum)
祝好
Hurmat bilan …
(Ushbu birlik yozilayotgan xatning natija va xulosalash qismida kelib, norasmiy uslubda yoziladi, ish yuzasidan hamkorlar o‘rtasida qo‘llaniladi, qachonki ular bir-biriga juda yaqin bo‘lsa)
Xatlar tarkibida qo‘llaniluvchi ba’zi birikmalar va konstruksiyalar
恭候届时光临。
gōnghòu jièshí guānglín.
(Belgilangan vaqtda tashrifingizni kutib qolamiz.)
“恭候” gōnghòu (intizorlik bilan kutmoq, hurmat bilan kutmoq) hurmatni ifodalovchi so‘z, “hurmat va samimiyat ila kutish” degan ma’noni anglatadi; “届时” jièshí “ko‘rsatilgan vaqt, tayin etilgan vaqt” ; “光临” guānglín “hurmatli mexmonning tashrif buyurishi” kabi ma’nolarni ifodalaydi.
“恭候届时光临” gōnghòu jièshí guānglín – bu birikma, odatda, taklif xatlarining asosiy qism so‘ngida qo‘llaniladi, so‘ngida qo‘llaniluvchi birikmalarga yana quyidagilarni misol keltirish mumkin:
“恭候 莅临 ” gōnghòu lìlín (tashrif buyurishingizni kutmoqdamiz),“敬请光临” jìngqǐng guānglín (iltimos, tashrif buyuring),“请光临指导” qǐng guānglín zhǐdǎo (hurmat bilan tashrif buyurishingizni so‘raymiz) va boshqalar.
我们首先对你方的大力支持与密切合作表示衷心的感谢。
wǒmen shǒuxiān duì nǐ fāng de dàlì zhīchí yǔ mìqiè hézuò biǎoshì zhōngxīn de gǎnxiè.
(Avvalo, siz tomonning qo‘llab-quvvatlaganingiz va yaqin hamkorlik qilganingiz uchun sizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.)
Tashakkur xatlari tarkibida, odatda, “对 … … 表示感谢duì… … biǎoshì gǎnxiè ”(ga… … minnaddorchilik bildirmoq) birikmasi qo‘llaniladi. “对 … … 表示感谢duì… … biǎoshì gǎnxiè” (ga… … minnaddorchilik bildirmoq) birikmasidan foydalanilayotgan vaqtda, “对”duì (-ga) bog‘lovchisidan keyin tashakkur bildirayotgan birinchi tomon va yana ikkinchi tomonning xatti-harakati, ya’ni ikkinchi tomon amalga oshirgan, tashakkur bildirishga sabab bo‘lgan barcha ishlar ifodalanishi mumkin. Keyingi vaziyat ko‘proq hollarda qo‘llaniladi.
Masalan:
对你的热情帮助表示由衷的感谢。
duì nǐ de rèqíng bāngzhù biǎoshì yóuzhōng de gǎnxiè.
(Sizning samimiy ko‘magingiz uchun chin qalbdan tashakkur bildiramiz.)
对你方的密切配合表示感谢。
duì nǐ fāng de mìqiè pèihé biǎoshì gǎnxiè.
(Sizning yaqin hamkorligingiz uchun tashakkur bildiramiz.)
对你们的关怀与照顾表示感谢。
duì nǐmen de guānhuái yǔ zhàogù biǎoshì gǎnxiè.
(Sizning e’tiboringiz va g‘amxo‘rligingiz uchun tashakkur bildiramiz.)
对你们的信任表示感谢。
duì nǐmen de xìnrèn biǎoshì gǎnxiè.
(Ishonchingiz uchun tashakkur bildiramiz.)
我代表我们公司向你们表示衷心的感谢。
wǒ dàibiǎo wǒmen gōngsī xiàng nǐmen biǎoshì zhōngxīn de gǎnxiè.
(Kompaniyamiz nomidan sizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman.)
“向 … … 表示感谢xiàng… … biǎoshì gǎnxiè” (ga… … minnaddorchilik bildirmoq) konstruksiyasi tarkibidagi “向”xiàng (-ga) bog‘lovchisidan keyin doim shaxsni yoki guruhni ifodalovchi so‘z qo‘llaniladi, ya’ni tashakkur bildiriluvchi obyekt.
Masalan:
向张师傅表示感谢。
xiàng zhāng shīfù biǎoshì gǎnxiè.
(Zhang janoblariga minnatdorchilik bildiramiz.)
向为洽谈成功做出贡献的全体人员表示感谢。
xiàng wèi qiàtán chénggōng zuò chū gòngxiàn de quántǐ rényuán biǎoshì gǎnxiè.
(Muzokaralar muvaffaqiyatiga hissa qo‘shgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.)
向接待我们的全体服务人员表示感谢。
xiàng jiēdài wǒmen de quántǐ fúwù rényuán biǎoshì gǎnxiè.
(Bizni kutib olgan barcha xizmat xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.)
Do'stlaringiz bilan baham: |