Mavzu: Ilmiy-texnikaviy axborotni yig`ish va ajratib olish. Qidiruv tizimlari.
Reja:
- Mavjud gidrotexnika inshootlarining ishlash sharoitlari.
- Gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashini nazorat qilish (kuzatish) ishlari.
- Gidrotexnika inshootlarida suv taqsimlash ishlari.
Ma’lumki mavjud gidrotexnika inshootlariga havo atmosferasi, suvning muhiti, to‘lqinlar, mayda muzlar va muz, past yoki yuqori harorat, atmosfera yog‘ingarchiligi, shamollar va dovullar, quyosh radiatsiyasi, seysmik kuchlar va boshqalar, shuningdek asos va inshootlarning bir-biriga beradigan zo‘riqish holatlari ta’sir qiladi.
Havo atmosferasi gidrotexnika inshootlarini buzulishiga olib keladigan kimyoviy birikmalar, chang va gazlar massalari bilan to‘yingan bo‘ladi. Havo tarkibidagi kimyoviy birikmalar, xususan, nam bilan qo‘shilganda beton konstruksiyalar, mexanik jihozlar va ularning asosiy qismlarida korroziya (zanglash) hosil qiladi, yorilishni keltirib chiqaradi, konstruksiyalar va jihozlarni ifloslantiradi va buzulishiga olib keladi.
Suvli muhitning gidrotexnika inshootlariga jadal mexanik, fizik-kimyoviy va biologik ta’sirlari bor.
Mexanik ta’sirlar statik, dinamik va abraziv ta’sirlarga bo‘linadi. Statik ta’sirlarga suv, muz, teskari to‘kilmadagi grunt, inshootlar oldida cho‘kib qolgan oqizindi va shunga o‘xshash chiqindilarning bosimlari kiradi.
Dinamik ta’sirlarga suv oqimi, muzlik, suzib oquvchi jinslar, yo‘l qo‘yilmaydigan darajadagi to‘lqinlar zarbalari, gidravlik zarba va seysmik kuchlar va sh.o‘. zarbalar kiradi.
Mexanik abraziv ta’sirlar ostida gidrotexnika inshootlarini yemirilishi Kampirrovot gidrouzelini vodosliv qismidagi shovva (vodoskat) da (2002 y. 25.03), Oqsuv gidrouzeli tez oqarining chapki proleti pastki byefi (2003 y. 18.06) da, Yuqori Chirchiq suv uzelining to‘g‘onini vodosliv qismida, chap qirg‘oq proletlari (8,9,10 proletlar) shovvosida (2001y. 20. 04) va boshqa bir qancha inshootlarda kuzatilgan.
To‘lqinlar gidrotexnika inshootlari elementlariga dinamik ta’sir ko‘rsatadi. To‘lqinning qiyalikka urilib chiqish balandligi va to‘lqinning o‘zini balandligi bilan birgalikda to‘g‘on tepasi (o‘rkachi) dan suv oshib o‘tishiga va to‘g‘onga urilib buzulishiga olib kelishi mumkin.
Mamlakatimizda to‘g‘onlarni to‘lqin ta’sirida buzulishi kuzatilmagan, lekin to‘lqin zarbasi ta’sirida to‘g‘onlarni mustahkamlovchi qoplamalarini singani misol uchun: Qurg‘on tepa (2002 y. 17.03), Qizilsuv (2003 y. 29.06), Langar (2003 y. 22.06) Talimarjon (2000 y.30.08) suv omborlarida, hattoki beton plitalarni ko‘tarib bir-birini ustiga tushib qolgan holatlar (Hojimushkent s/o. 2003 y.03.06) kuzatilgan.
Mayda muz va muz hosil bo‘lishi havoning manfiy haroratli kunlaridan boshlab to daryo muzi erib, muzdan tozalangan davrigacha davom etadi. Suvdagi mayda muz daryo o‘zanining ko‘ndalang kesmiga tiqilib shovush (zajor) xosil qiladi, bunda daryoning yuqori qismida suv dimlanadi. Daryoning qisqargan qismining o‘zanida yig‘ilib qolgan muz tuzilish (zator) hosil qiladi, uni bartaraf qilish xavfli, chunki yuqoridan kelayotgan muz massasi inshootga ko‘p miqdorda urilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |