Turli xil amaliyotlar. Mehnat, ijtimoiy, til o’rganish, pedagogik, malakaviy va b. amaliyot nomi, joyi va davri yoziladi.
Qo’shimcha ta’lim muassasalari va turli hil o’quv kurslaridagi mashg’ulotlar. Ta’lim muassasasi yoki tashkilot nomi, o’qish muddati va natijalari keltiriladi.
Olimpiada va tanlovdagi ishtiroki. Tadbir nomi, o’tkazilgan vaqti va talabaning natijasi qayd etiladi.
Ilmiy anjuman, seminarlardagi ishtiroki. Tadbir mavzusi, tadbirni o’tkazgan tashkilot, o’quv muassasasi nomi va talaba ishtiroki shakli.
Boshqa faoliyat turlari.
Taqrizlar portfoliosi. Talabaning turli sohadagi faoliyati bo’yicha o’qituvchi, ota-onasi, kursdoshlari, qo’shimcha ta’lim tizimi xodimlari va boshqa shaxslarning xulosalari, taqrizlari xamda talabaning faoliyati va uning natijalari bo’yicha o’z tahlillaridan iborat buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |