Ushbu variantning afzalliklari: Yakuniy ball tizimi portfolioni talabaning ta’lim faoliyati bo’yicha reytingini aniqlashning asosiy mexanizmi, talaba umumiy reytingining asosiy tashkil etuvchisiga aylantiradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari: bunday tipdagi portfolio faqat talaba faoliyati natijalari to’g’risida ma’lumot beradi. U talabaning shaxsiy rivojlanish jarayonini, uning turli sohalar bo’yicha ijodiy faolligini, o’qish uslubini va qiziqishlarini aniqlash imkonini bermaydi.
2. «Ishlar portfoliosi» - talabaning turli, jumladan ijodiy, loyihaviy, ilmiy-izlanish va boshqa sohalardagi ishlari, uning o’quv va ijodiy faoliyatining asosiy shakl va yo’nalishlari, ilmiy anjumanlar, tanlovlar, elektiv kurslardagi ishtiroki, turli amaliyot sohalardagi muvaffakiyatlari aks etadi. Bunday portfolio talabaning ijodiy kitobi sifatida yuritiladi va talabaning turli sohalardagi ishlarining namunalari matn ko’rinishida, elektron versiyalar, rasmlar, video yozuvlar shaklida ilova kilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |