Afzalliklari: Bunday tipdagi portfolio talabaning o’quv va ijodiy faolligi dinamikasi, uning qiziqish yo’nalishi, kasbga tayyorgarlik xarakteri to’g’risida keng tasavvur beradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari: Portfolioning sifat jihatidan baholanishi yakuniy attestatsiya natijalarini to’ldiradi, lekin talabaning umumiy ta’lim reytingida asosiy tashkil etuvchi bo’lim hisoblanmaydi.
«Ishlar portfoliosi»ni to’ldirishning namunaviy varianti:
Loyiha ishlari. Loyihaning mavzusi, qisqa mazmuni xamda ilova sifatida rasmlar, ishning bosma yoki elektron variantlardagi matnlari keltiriladi.
Tadqiqot ishlari va referatlar. Referat mavzusi, xajmi (necha bet), illyustratsiyalar va b.
Ijodiy faollikning boshqa shaklllari:
Elektiv kurs va fakultetlardagi ishtiroki. Kurs nomi, muddati va o’qish shakli ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |