Afzalliklari: Bu portfolio talabani o’quv-tarbiyaviy va kelajakdagi faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni anglash darajasini kuchaytiradi hamda o’z-o’zini baholash mexanizmini yaratib beradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari: To’plangan materiallarni bir shaklga keltirish va hisobga olishning murakkabligi.
Taqrizlar portfoliosining namunaviy tarkibi:
bajarilgan ishlar sifati bo’yicha taqrizlar;
qo’shimcha ta’lim muassasasining ijodiy guruhlaridagi ishlari, ilmiy-amaliy anjumanlardagi chiqishlari bo’yicha taqrizlar.
talabaning o’z faoliyati bo’yicha xulosalari, baholari;
keyingi faoliyat yoki keyingi bosqichdagi o’qishni qanday tashkil etish bo’yicha talabaning o’z xulosalari;
amaliyotlar bo’yicha tavsiya xatlar;
boshqa sohalar bo’yicha taqriz va xulosalar.
Yuqorida taklif etilgan portfolio modellarini tahlil qilgan va chuqur o’rgangan holda murakkab portfolio, ya’ni barcha modellarni birgalikdagi shaklida yoki oddiy, ushbu portfolioning bittasini yuritish mumkin.
Amalda portfolioning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
«Portfolio-kollektor». Bu portfolio talaba muallif bo’lmagan materiallardan iborat bo’ladi. Bunga o’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo’llanma va ko’rsatmalar, elektron o’quv adabiyotlari, o’quv-vizual materiallar, maqolalar, lug’atlar yoki talabaning o’zi mustaqil topgan adabiyotlar hamda boshqa o’quv materiallari kiradi.
«Jarayon portfoliosi» talaba tomonidan o’quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy, axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini mustaqil qo’llash malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash jarayonidagi barcha bosqichlarni: muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha bo’yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich, taqdimot va loyihani baholashni o’z ichiga olishi kerak.
«Ko’rsatkichlar portfoliosi» talabaning biror bir soha bo’yicha mahoratini va ko’rsatkichlarini jamlash xamda ko’rsatish maqsadida yaratiladi. Unga talabaning o’zi yoki ustozi tomonidan tanlagan eng yaxshi ijodiy ishlaridan namunalar qo’yiladi.
«Baholash portfoliosi» talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat qilish maqsadida to’ziladi va u turli hil nazorat materiallaridan: nazorat ishlari, testlar, sxemalar, krossvordlar va boshka topshiriqlardan iborat bo’ladi. Baholash portfoliosi o’qituvchi tomonidan mustaqil to’ziladi va uni rejalashtirilgan, maqsadga yo’naltirilgan natijaga erishish uchun o’z vaqtida talabalarga takdim etishi talab etiladi.
«Yutuqlar portfoliosi» talabaning o’quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va yutuqlarini ko’rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o’z hohishi bilan o’zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov yorliklari, diplomlari, taqrizlar va o’z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |