Mulkni baholashda baholanayotgan mulkka undan foydalanish natijalariga ta'sir ko'rsatadigan ichki va tashqi omillarni birgalikda hisobga olgan holda qaralishi kerak; a) almashtirish prinsipi – oddiy xaridor mulk ob'yekti uchun, og'irlashtiruvchi vaqt omillari, ko'proq xavf-xatar yoki qandaydir noqulayliklar bo'lmaganda, o'zining foydalilik tavsiflari bilan o'xshash boshqa mulk ob'yektiga almashtirish uchun talab etiladigan summadan ortig'ini to'lamaydi. Mulk ob'yektining bo'lishi mumkin bo'lgan eng yuqori qiymati bir xil foydalilikka ega boshqa mulk ob'yektini sotib olish mumkin bo'lgan eng past narx bilan belgilanadi. Bunday eng past narx baholanayotgan mulk ob'yektiga ekvivalent foydaliligi eng yaqin bo'lgan yangi o'xshash mulk ob'yektini yaratish uchun eng ehtimol qilinadigan –xarajatlar miqdori bilan belgilanadi; b) oldindan bilish prinsipi – daromad keltiradigan mulk qiymati ushbu mulkka egalik qilishdan kelgusida olinishi mumkin bo'lgan daromadlarning joriy qiymati bilan belgilanadi. Baholash natijalari baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan hamda baholovchi tashkilotning to'plangan axborot va hisob-kitoblari asosida tasdiqlangan baholash ob'yekti qiymati to'g'risidagi baholash haqidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi. Baholash haqidagi hisobotda baholashni yoki baholash ekspertizasini to'g'ri tushunish uchun zarur axborot bo'lishi lozim. Hisobot foydalanuvchilarga baholash haqida aniq tasavvur berishi zarur. Baholash haqidagi hisobotni tuzish (4-son MBS) (bundan buyon matnda 4-son MBS deb yuritiladi) har qanday aktivlar va majburiyatlarni baholash bo'yicha barcha hisobotlarni tuzishda, shuningdek baholash haqidagi hisobotlar ishonchliligini ekspertiza qilishda qo'llash majburiy hisoblanadi. XULOSA
Kurs ishi yozish jarayonida quyidagi xulosalar shakllandi:
Ko'chmas mulk - o'z ichiga ma'lum bir yer maydoni bilan birga yerning ustidagi bino, yerning ostidagi tabiiy boyliklar, undagi o'simlik va hayvonot olami hamda hosildan tortib suv va mineral boyliklargacha olishi, hamda 10-sonli Mulkni baholash milliy standartida ko’chmas mulk qiymatini baholashda axborotlar manbayi sifatida belgilab qo'yilgan qonunlarni yaxshilab o'rganishimiz kerakligini.
Ko’chmas mulk bozorida baholovchi tashkilotlarning transparentligining bosh maqsadi mulkdorlarning huquqlarini himoyalash va qonuniy manfaatlarini hamda risklarini pasaytirilishini ta’minlashga qaratilganligini bilish haqda. Tahlil ko’pgina fanlarda masalan: matematika, geografiya, fizika, kimyo, iqtisodiyot, sotsiologiya, astronomiya, statistika, informatika kabi fanlarda muntazam qo’llanilib kelinishi haqidagi bilimlarga ega bo'ldik.
Ekspertiza deganda mukammal tekshiruv, tadqiqot, puxta izlanish tushunilib, u obyektning xsusiyati, kamchiligi, nuqsonlari, ustunliklari va hislatlari, shuningdek, ularning kamchiliklarini bartaraf etish yo’llari, xususiyatlarini yanada yaxshilash, mulkdorlarni qiziqtirish yo’llarini ishlab chiqish va bular asosida professional natijalarni rasmiylashtirish kirishini.
Yuqorida aytilganlar asosida aytish mumkinki, mulk qiymatining mulk qiymatini baholash xizmatlar bozoridagi bahosi va mulk bozoridagi narxi orasidagi ekvivalentlilikni ta’minlash ushbu bozorlarni davlat tomonidan kompleks muvofiqlashtirish va nazorat qilinishini talab qilar ekan.
Bundan tashqari, baholash to’g’risidagi hisobotlarga qo’yiladigan talablarni ham bilishimiz muhim ahamiyatga ega ekan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni. // “Xalq so’zi”, 8 fevral 2017 yil.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami. 2019 yil
O’zbekiston Respublikasi ―Baholash faoliyati to’g’risidagi Qonun 19.08.1999y.
O’zbekiston Resupblikasining ―Baholash faoliyati to’g’risidagi Qonuni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2009 y. 15-son, 178-modda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida" 2006 yil 26 apreldagi PQ-335-son Qarori.
Shoha’zamiy Sh.Sh. Korporativ siyosat.Darslik. -T.: Fan va texnologiya, 2012.-204 b.
Шевчук Д.А. Оценка недвижимости и управление собственностью. - Ростов-н/Д., 2007. - 155 с.
K.Z Xomitov. Ko’chmas mulk qiymatini baholash. Darslik. Toshkent “Iqtisod – Moliya” 2019
Do'stlaringiz bilan baham: |