vazifani amalga oshirish esa Alisher
Navoiy zimmasiga tushdi.
Ma'lumki, Alisher Navoiyning badiiy
adabiyot haqidagi nazariy qarashlari
«Mezon ul-avzon», «Mahbub ulqulub»,
«Muhokamat ul-lugʻatayn», «Majolis
un-nafois», «Risolai muammo» kabi
asarlarida, «Xamsa»ning kirish qismi
She'riy san’atlarga bag’ishlangan.
Basorat ahli mulohaza qilsalar,
bilurlarki, bu matla' tarse'ga voqe'
boʻlur, aybdin muarro va murassa'g'a
kelur, e'tirozdin mubarrodur. Bu nav'
she'rning (ya'ni tarse' ishlatilgan - Yo.l.)
ta’kid va mubolagʻasi uchun yana bir
ruboiy ham debmenki, to Xalil binni
Ahmad ruboiy qoidasin va'z qilibdur,
tarse' san'atida ruboiy aytilgon
eshitilmaydur, balki yoʻqtur va ul
budurkim, ruboiy:
Ey ro'i tu kavkabi jahonoroye,
V-ey boʻi tu ailhabi ravonosoye,
R-ev mo'i tu vorabi chunon farsove
She'riy san’atlardir.
2. Uvaysiy ijodida qo’llangan badiiy san’atlarni jadval shaklida beradigan bo’lsak, avallo, bunda quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz lozim bo’ladi.
1. Istioraviy-ramziy tasvir usullari
(majoz, istiora, kinoya, baroati istihlol,
ranglar ramzi kabi).
2. Qiyosiy-assotsiativ usullar (tashbih,
talmeh, tansiq us-sifot, tamsil
koʻrinishlari, laffu nashr, murooti nazir
kabi).
3. Fikrni dalillash (motivirovka) yoʻllari
(husni ta'lil, tamsil, irsoli masal, tasdir
kabi).
4. Emotsional-mubolag'ali tasvir
usullari (mubolagʻa (tablig', shroq,
g'uluv), tashbihning ayrim turlari
(ma'kus, izmor), ruju', murojaat, savolu
javob, ritorik soʻroq).
5. Sintaktik-stilistik usullar (tarse', tardi
aks, radd ul-ajz ilas-sadr, tashobeh ul-
atrof, murabba', mudavvar, muzdavaj,
mumosila, tashtir, tajziya, tasre',
tazmin, tasme', tardid, takror, radd ul-
Uvaysiy ijodida she'riy san’atlar mana shunday shaklida keltirilganligini ko’rishimiz mumkin yana ,masalan.
6. a) soʻzning ichki, tashqi formasi
bilan aloqador san'atlar (tajnis,
ihom, ittifoq, ishtiqoq, qalb,
mutazalzil kabi); b) ayrim soʻz emas,
umuman tugal matn (misra, bayt)
bilan aloqador stilistik usullar
(tavjeh, taʼkid ul-madh bimo yashbah
uz-zam, idmoj, taʼliq, tajohili orif, hazl
unmurodu bihil-jidd kabi).
7. Kontrast (tazod, qarshilantirish)
san'ati.
8. Murakkab san'atlar (muammo, ta'rix,
hijoi huruf, harflar bilan bogʻliq
usullar).
9. Stilistik mutanosiblik (jam, tafriq,
taqsim, jamu tafriq, jamu taqsim va
boshqalar).
10. Qofiya bilan aloqador san'atlar
(e'not, iyto([radd ul-qofiya), hojib,
tajnisli qofiya, zulqofiyatayn, musaa',
tahmit kahi) Shuninadek tarse'
She'riy san’atlardir…
3. Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a” asarining o’zbek mumtoz adabiyotida asosan o’zbek mumtoz adabiyotshunoslik ilmiga va uning rivojiga qo’shgan hissasi benihoya ulug’dir, chunki bu asarning o’ziga xos xususiyati shundaki, XV asrda yaratilgan mumtoz adabiyot namunalarini ilmiy jihatdan talqin qilganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a"dagi ilmi bade' bobining oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardir.
Risolaning shu tipdagi asarlar bilan muqoyasasi.
Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" risolasi turkiy mumtoz poctika
olamida alohida mavqe va ahamiyatga ega asardir. Avvalo, risolaning turkiy tilda
bitilganligi eng ustuvor xususiyat hisoblanadi. Shu ma'noda "Funun ul-balog'a"
o'zidan keyin yaratilgan turkiydagi ko'plab adabiy-nazariy manbalar uchun asos
vazifasini o'tadi. Jumladan, bugungi mumtoz adabiyotshunoslik masalalarini
yorituvchi qo'llanma, darslik va ilmiy risolalaming tub ildizlari Taroziy
qarashlariga bilan motanosib. Bu borada A. Hojiahmedov, S. Matjon va Y.
Is'hoqovlaming mumtoz adabiyot nazariyasiga doir asarlarini sanab o'tish
mumkin.
"Funun ul-balog'a" o'z davri adabiy muhiti chtiyoji yanglig' yaratilgandir.
Shayx Ahmad asarini qaysi shakkda yaratmoqchi boʻlgani, bundan koʻzlagan
asosiy maqsadini ham yaxshi ifodalagan. Uningcha, burun o'tgan adabiyotshunos
olimlar adabiyot nazariyasi bo'yicha kitob yozganlarida ko'pincha bir masalaga-
yo she'r turlari masalasiga, yoki vazn masalasiga, yoki badiiy san'at masalalariga
to'xtalganlar. Yoki biri she'riy janr xususiyatlarini yoritib bergan. Shayx Ahmad
esa bu sohada mukammal bir qo'llanma yaratishni, o'z risolasida nazariy
masalalarming barchasini yoritib, tahlil etib berishni niyat qiladi, toki uni oʻqigan
kishilar nazariyadan mumkin qudar toʻla ma'lumot va foyda olsinlar: "Ammo ko'p
kishi bu tariqada necha ta'lif qilubturlar va lekin hech kimarsa nazmning lamom
fununin berarda jam' qilmaytur. Va yana bu sababdin rag'bat havosi g'olib bo'lib,
havas dilbarini ko'ngul pardasindin bu tariqa yuz ko'rguzdikim, nusxa qalamg'a
keltursakim, nasr va nazmning jam' qavoyid va aqsomig'a mushtamil boʻlsa, to har
kim balog'atqa moyil va fasohatqa qobil erur, foyda olsa.
Chindan ham Nasiriddin Tusiy aruz haqida maxsus "Me'yoru-l-ash'or"
kitobini, Rashididdin Vatvot esa ilmi bade' to'gʻrisida "Hadiqatu-s-schr" asarini
"shays Ahmad bn Xudoydod Taroly. Funun ul-balog'a. - Toshkent: Kaina, 1996. - . 21
yozgan edi. Biroq XV asming o'rtalarida Vohid Tabriziy "Jam'i muxtasar" degan
kitobni yozgan. U bu asarida Sharq she'riyati nazariy masalalaridan aruz, qofiya va
ilmi bade'ni yoritgan edi. Vahid Tabriziy Shayx Ahmadga zamondosh boʻlib,
Ozarbayjonda yashagan. Taroziy uning she'rlaridan o'z asarining badiiy xususiyatini shunda ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Bundan tashqari “Funun ul-balog’a” asari faqatgina badiiy san'atlarga taaluqli emas. Biroq misollar borasida Shayx Ahmad risolasi
ancha ustunlikka ega. Boisiki, unda misollar uch tilda ifodalangan o'rinlar
talaygina. Ya'ni turkiy, forsiy va arabiy tillarda. To'g'ri, arab tilidagi misollar juda
ko'p emas, biroq buning ham asosli sababi bor. Chunki muallif izohlagan ba'zi
san'atlar sof turkona va shu ma'noda arab abyotida ularga misol keltirish mumkin
emas. Turkiy va forsiy misollar faqat bayt shaklida bo'lsa, arab tilidagi misollar
aksariyat nasriydadir. "Va ba'zi yerda "Kalomi majid"tin va Rasul alayhissalom
hadisidin nagl qilduq. Tarse' san'atiga berilgan misollarni ko'rish mumkin:
"Kalomi majid" va "Furqoni hamid"ta kelibtur:
"Innal-abrora lafi na'im
Va innal-fujora lafi jahim".
IYaxshilar jannatiydurlar, buzuqlar do'zaxiy
Misoli digar. Rasul alayhissalom:
"Man a'to'a g'azabahu azoa adbahu"
IG'azabiga itoat qilgan kishi adabini zoe' qilibdi/
II. Risolalarning tarkibi, miqdor va hajmidagi farqlanishlar: "Funun ul-
balog'a"ning uchinchi bobi ilmi bade'ga bagʻishlangan boʻlib, u "Al-fann-us-solis
fis-sanoe'-ish-she'r" deb nomlanadi. "Badoe'u-s-sanoe"ning esa bir qismigina
aruz ilmiga atalgan bo'lib, qolgan to'rt bob to'laligicha she'riy san'atlar izohiga
bagʻishlangan. Buni asarlar nomida ham ko'rish mumkin; "Funun ul-balog'a"
"balog'at ilmlari" demakdir va unda mumtoz adabiyotshunoslikka oid barcha
ma'lumotlar jamlangan. Jumladan, she'r nav'lari ham, qofiya va radif ilmi ham,
aruz saboqlari ham o'rin olgan. "Badoe'u-s-sanoe" "san'at yangiliklari" demakdir
va bu asar 80 foiz miqdorda she'riy san'atlarga bagʻishlagan ilmiy asar bo’lib, o’zbek mumtoz adabiyotishunoslik ilmida muhim ahamiyat kasb etadi.
Abduraimov Dilshod 1-kurs magistri
Do'stlaringiz bilan baham: |