Badiiy matn poetikasi
Mavzu: 3-Topshiriq
1. Alisher Navoiy asarlaridagi ilmi bade’ga oid ma’lumotlarni to’plang va tasniflang! 2. Uvaysiyning ijodida qo’llangan badiiy san’atlarni jadval asosida tasniflang! 3. Ilmi bade’da Ahmad Taroziy “Funu ul-balog’a” asarining o’rni haqida mustaqil ish yozing!
1. Alisher Navoiy lirikasida
iste'foda etilgan she`riy
san'atlar, xususan, takrorga
asoslangan san'atlar tadqiq
etilgan. Unda tasdir, takrir,
mukarrar, raddul - mat'la kabi
poetik san'atlarning mohiyati,
turlari o'rganilgan, shoir
she'riyatidan keltirilgan
misollar orqali fikrlar
asoslangan.Adabiyotshunoslik
ilmining aosiy sohalaridan biri
bo'lgan ilmi bade'ga doir
dastlabki asarlar arab olimlari
tomonidan yaratildi. Bu turdagi
asarlar XI asrdan boshlab fors
tilida yaratila boshlandi.
Xususan, Roduyoniyning
"Tarjumon ul-balog'a" (XI asr),
Shams Qays ar-Roziyning "Al-
mo"jam" (1218-1233),
Nosiriddin Tusiyning "Meyor
ul-ash'or" (1251-1252), Husayn
Voiz Koshifiyning "Badoyi" ul-
afkor fi sanoyi ul-ash'or" (XV
asr), Abdulloh Mahmud
Husayniyning "Badoyi'u-s-
sanoyi" (1493) asarlari shular
jumlasidandir, Turkiy tildagi
Shayx Ahmad Taroziyning
"Funun ul-balog'a" bu sohadagi
ilk qoʻllanma edi. Oʻzbek
adabiyotshunosligida mumtoz
she'riy san'atlarni o'rganish,
asosan, 1960 yillardan keyingi
davrga toʻgʻri keladi.
Darhaqiqat, oʻzbek
adabiyotshunosligiga
adabiyot nazariyasiga doir maxsus
yaratilgan asarlarning (gap bizgacha
yetib kelganlari ustida boradi) dyoyarli
barchasi, asosan, poetika masalalariga
bagʻishlangan. Umuman, adabiyot
nazariyasi uchta mustaqil sohaga
boʻlingan. Bular quyidagilar: 1) ilmi
aruz she'rdagi vaznlar va ularning
qonun-qoidalari haqida bahs yuritadi;
2) ilmi qofiya qofiya qonuniyatlari
hamda turlari toʻgʻrisida ma'lumot
beradi; 3) ilmi bade' («bade'» arabcha
yangi, ajoyib, nodir demakdir) fikrni
ravon va nafis ifodalash yoʻllari va
vositalari, badiiy san'atlar (uslublar,
vositalar)ning turlari hamda
xususiyatlari kabi masalalarni oʻz
ichiga oladi. Ilmi bade'ni tashkil etgan
she'riy san'atlar, oʻz navbatida, ikki
guruhga ajraladi: san'atlarning birinchi
She'riy san’atlardir.
Ilmi bade'ga doir aksariyat asarlar fors-
tojik tilida yozilgan. Buning sababi
shundaki, XI-XIV asrlarda oʻrta osiyolik
shoir va olimlar oʻzlarining ilmiy
asarlarini fors tilida yozar edilar.
XV asrga Navoiy davriga kelib, turkiy
tildagi poeziyaning tajribalarini
umumlashtirib, uning qonunqoidalarini
nazariy jihatdan asoslab berishga
zarurat paydo boʻldi. Bu muhim
Do'stlaringiz bilan baham: |