Tortmag'il Hotami Toy minnatin.
Bir diram olmoq chekibon dast ranj,
Yaxshiroq andinki birov bersa ganj (7, 153).
Alisher Navoiy talqinidagi Hotami Toyi karam — himmat, saxovat
timsoli bo‘lish bilan bir qatorda, adolatli, xolis va rostgo‘y inson
qiyofasida ham namoyon bo‘ladi. U o‘tinchi cholning dadil va asosli
javoblari oldida lol qoladi, uning qat’iyatini mardona tan oladi. Himmat
masalasida savol bergan suhbatdoshiga quyidagicha yakuniy javob
qaytaradi:
Ulki bu yanglig* so‘zi mavzun edi,
Mendin aning himmati afzun edi (7, 153).
Bu aslida Alisher Navoiyning ham «yuz o'lchab, bir kesilgan»
xulosasi. Naqshbandiya tariqat-u ta’limoti, umuman, inson tabiatidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |