pandnomalar, dilkash manzaralar faqat kitob sahifalarining bezagi
uchungina yaratilgan emas. Ular ulug' shoiming avlodlarga vasiyati—
ezgulikka, poklik—poklanish, halol mehnat noni bilan umr yo'lini
bezashga shirin da’vatidir.
«Hayrat ul-abror»dagi maqolatlarda insonni ezgu amallar sohibi
bo'lib, noqisliklardan mosuvo bo'lishga da’vat etilar ekan, fikr tasdig'iga
xizmat qildirilgan hikoyatlar qahramoni sifatida turli ijtimoiy tabaqa
vakillari tanlanadi. Shohi G'oziy (Sulton Husayn Boyqaro), Anushirvoni
odil, Sulton Muhammad Xorazmshoh, Iskandar, Bahrom singari
hukmdorlar, Boyazid Bistomiy, Ibrohim Adham, Robia Adviya, Xoja
Abdulloh Ansoriy, Shayx iroqiy, Imom Faxr Roziy, Abdulloh Muborak,
Do'stlaringiz bilan baham: |