dunyoqarashi, insonning yashashdan maqsadi, hayot va uning voqea-
hodisalariga teran va o'ychan nazari bilan diqqatni tortadi. Hikoyat
mitti bo'lgani kabi o'tinchi chol ishtiroki ham unda bir lahzalikdir.
Biroq ana shu «lip etib» ko'rinib, so'ng bedarak bo'lishigaqaramay,
bu nuroniy va zahmatkash mo'ysafid o'zining mag'zli hamda mardona
javoblari bilan o'quvchi nigohida saxovat, himmat, qanoat, halollik,
poklik ramzi sifatida muhrlanib qoladi. Alisher Navoiy o'tinchi choldagi
olijanoblikdan zavq olar ekan, uning yo'lini «Xamsa» tarkibidagi
dostonlarda harakat qiluvchi juda ko'plab qahramonlar faoliyatida
rivojlantiradi, xilma-xil qirralarini oshkor eta boradi. Albatta, bunday
Do'stlaringiz bilan baham: |