sirlarini pinhon tutar, toki mahvashning visoliga yetguniga qadar
hisobsiz g'am-u anduhlar iskanjasida yashar edi. Nihoyat, bir gulzor
ichidagi ovloq joyda ma’shuqasi bilan suhbat qurish baxtiga muyassar
bo'lgan komgor (baxtli) oshiq yoriga tomon intiladi. Gul yuzli
sevgilisi ham butun ixtiyorini Anushirvonga taslim qilgandi. Oshiq
dilbarni quchish niyatida qo‘l cho'zganida, ko‘zlari banogoh nargis
guliga tushadi. Odob va hayo bobida yakto bo'lgan Anushirvon holatida
ajib bir o‘zgarish sodir bo'ladi. Qo'llari o'z-o'zidan mahbuba tomon
intilishdan voz kechib, orqaga qaytadi. Bundan hayratlangan go'zal
yor oshiqiga savol bilan murojaat qiladi:
«Kim bu ne qo‘l sunmog'u chekmak edi?»
Do'stlaringiz bilan baham: |