B. U. Nasirov Bakalavriatning barcha yo‘nalishlarining 1-bosqich talabalari uchun


Mustaqil ta’lim natijalarini baholash mezonlari



Download 115,18 Kb.
bet13/19
Sana04.02.2022
Hajmi115,18 Kb.
#428266
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Услубий кўрсатмаmustaqil ta\'lim

4.2. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash mezonlari

Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:


Auditoriyada amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda o‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi.
Auditoriyadan tashqari amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda o‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib, kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k.
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslariga) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlar tashkil etish va h.k. usullarda asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy nazorat) qilinadi.
Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirishi va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlari fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirlishi belgilangan mavzu buyicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan maslahat soatlarida amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ishi natijalari amaldagi «Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan baholab boriladi.
Mustaqil ta’lim natijalari talabalarga reyting asosida baholanishlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHunday ekan, har bir talaba o‘zi bajarayotgan mustaqil ta’lim natijalarining qay tartibda baholanishi va qancha balga ega bo‘lishini oldindan bilishlari shart. Buni fan o‘qituvchisi fan bo‘yicha umumiy reyting jadvalini talabalarga etkazish chog‘ida aytib o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayni vaqtda talabalar tomonidan tayyorlangan mustaqil ta’lim mavzularining natijalari baholanish jarayonida bir tomondan talabalarni rag‘batlantirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan talabalarga topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari uchun mas’uliyat hissini shakllantiradi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, mustaqil ta’limning amalga oshirilishida asosiy ishtirok etuvchilar - talabalardir. Mustaqil ta’limni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham talabalar bilimini boyitish va ularning kelgusida har tomonlama etuk va malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlari uchun zamin hozirlashdir. Shunday ekan, mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilish va uni amalga oshirish jarayonida har bir talaba o‘ziga topshirilgan mustaqil ta’lim mavzusini belgilangan tartibda o‘rganishi, tayyorlashi va bu jarayonda bevosita faol ishtirok etishi shartdir. Bu mustaqil ta’limni tashkil qilishdagi eng muhim omildir. Mustaqil ishlar natijalarini baholashda o‘qituvchiga quyidagi mezonlarni tavsiya etish mumkin:
Mustaqil ta’limni fanga belgilangan kredit asosidan kelib chiqqan holda 50 balldan 5 ball ajratilgan

Ball

Mustaqil ishlarning bajarilganlik darajasi

5

Mustaqil ishlar to‘liq va aniq bajarilgan, olingan ma’lumotlar tahlil etilib, izchil va tizimli ravishda muammoning echimiga qaratilgan loyihalash jarayoni amalga oshirilgan, mustaqil ishni bajarishga ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan, internet ma’lumotlari ijodiy tahlil asosida aks etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.

4

Axborotlar ahamiyatiga ko‘ra tabaqalashtirilgan, mustaqil ishni bajarishga qisman ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan, internet ma’lumotlari aks etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.

3

Mustaqil ish bajarish uchun lozim bo‘ladigan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan, berilgan namunalarga asoslanib, mantqiy echimlar keltirilgan, mustaqil ishni bajarishga ko‘rsatmalar asosidagi tayyor ma’lumotlardan foydalanilgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.

2-0

Mustaqil ishlar yetarlicha izchillikda va tizimlilik darajasida bajarilmagan, namunalarga o‘xshash tarzda, ijodiy yondashilmagan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilmagan, internet ma’lumotlaridan ko‘chirilgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.




Download 115,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish