Litosfera
Litosfera — deb Yerning tosh qobig‘iga aytiladi va u jinslam ing
fizik holatiga qarab ajratilgan. Litosfera m inerallar va to g ‘
jinslaridan tashkil topgan. Litosfera okeanlarda 2—5 km , tog‘li
o ‘lkalarda esa 200—250 km chuqurlikkacha bo ‘ladi.
Litosferaning usti ju d a notekis b o ‘lib, undagi baland va
pastliklar o ‘rtasidagi farq 19 kmga boradi va undan ham ortadi.
Litosfera ustki qismining ko‘pi okean va dengiz suvlari bilan
9
qoplangan. Litosferaning qalinligi ham, uning ostki chegarasi ham
aniq m a’lum emas. Uning qalinligi taxminan 40—100 km deb
hisoblaydilar.
Litosferaning okean sathidan yuqoriga ko'tarilib turgan va
m ateriklar deb ataladigan qism larigina bevosita o ‘rganish va
tekshirish mumkin. Yu.M. Shokal’skiy hisobiga ko‘ra, materik-
larning okean sathidan yuqoriga ko‘tarilib turgan qismining hajmi
okeanlar hajmidan 12,7 marta kamdir. Odatda geokimyogarlar
litosferaning kimyoviy tarkibini belgilash haqidagi xulosalarni 16—
25 km c h u q u rlik k a c h a b o ‘lgan m a ’lu m o tla r aso sid ag in a
chiqaradilar.
Litosferaning ancha chuqur qism larida harorat taxm inan
1450°C dan ortiqroq va tog‘jinslarining bosimi 3000 atmosferadan
kam bo'lmasligi kerak. Shuning uchun litosferaning 16-25 kmdan
chuqur qismi qanday holatda ekanligi to ‘g‘risida aniq fikr yuritish
qiyin. Bunday chuqurlikda moddalar chala suyuq yoki plastik
holda bo‘lislii mumkin. Litosferaning qizigan holdagi ana shu
qismini vulqon otilishining manbayi deb hisoblaydilar, uni prisfera
(o ‘t sfera) deb ataydilar.
Yerning litosfera yoki tosh qatlami katamorfizm (ustki) va
anamorfizm (ost) zonalariga boMinadi. Katamorfizm zonasining
ustki qismini, ya’ni atmosfera va gidrosferaga tegib turgan qismini
nurash zonasi va ostki qismini esa sementlanish zonasi deyiladi.
Anamorfizm yoki tog‘jinslarining metamorfizmlanish zonasining
ustki qismini epizona, o 'rta qismini mezazona va ostki qismini
katozona deb aytiladi.
Geologiya tarixiy fandir. U asosan XVII—XVIII asrlarda
rivojlana boshladi. XVIII hamda XIX asrlarda cho‘kindi tog1
jinslarining nisbiy yoshini aniqlash usuli ishlab chiqilgandan so‘ng
juda u tez rivojlandi. Bu usul geoxronologik jadval tuzish imkonini
beradi. Keyinchalik jinslarni absolut yoshini aniqlash usullari
yaratildi ham da yerning absolut yoshi 4—4,5 m lrd yil deb
aniqlandi.
Geologiya fani bir qancha tabiiy fanlar bilan chambarchas
bog‘liq va ularga tayanadi. M a’lumotlarning yig‘ilishi bilan esa u
boshqa fanlarning yaratilishiga sabab bo‘ladi.
10
Geologiya fanining bir qancha yo'nalishlari bor:
1. Yerning moddiy tarkibini o ‘rganuvchi fan yoki geokimyo.
2. Yerda vujudga keladigan jarayonlarni o ‘rganuvchi fanlar
yoki dinam ik geologiya.
3. Yerning tarixini o ‘rganuvchi fanlar.
4. Regional geologiya.
5. Amaliy fanlar.
1.Y e rn in g m o d d iy ta r k ib in i o ‘rg a n u v c h i fa n la r g a
kristallograflya, mineralogiya, petrografiya va geokimyo fanlari
kiradi.
Kristallograflya — kristallar, ularning tashqi formalari va ichki
tuzilishlari haqidagi fan.
Mineralogiya — Yer po ‘stini tashkil etgan minerallarning fizik,
kimyoviy xossalarini ham da ularni vujudga keltiradigan turli
jarayonlarni o ‘rganadi.
Petrografiya — Yer p o ‘stini tashkil etgan bo ‘sh va qattiq tog‘
jinslarining mineral tarkibi va tuzilishi qonuniyatlarini, ularning
yotish shakllarini geologik va geografik jih atd an tarqalishini
o ‘rganadi.
Geokim yo — Yer po'stidagi kimyoviy elem entlarning tarixini
va fizik-kimyoviy sharoitdagi holatlarini o'rganadi.
2. Yerda vujudga keladigan jarayonlarni o ‘rganuvchi fanlarga
geotektonika, geofizik, magmatizm, vulqonizm, seysmologiya,
m e ta m o rfiz m , g eo m o rfo lo g iy a, geofizika, g id ro g eo lo g iy a,
gidrologiya, okeanologiya, okeanografiya, glatsiologiya va boshqalar
kiradi.
Geotektonika — Yer po‘stining strukturasini va uning geologik
tarixi davomida paydo bo ‘lish jarayonlarini o ‘rganadi.
Geofizika — Yerning fizik xossalarini fizik usullar, y a’ni
asboblar yordamida o ‘rgatish va olingan m a’lumotlarni matematik
yo‘l bilan chiqarish asosida o ‘rganadigan fandir.
M agmatizm — magmaning tarkibini o ‘rganadi.
Vulqonizm — vulqonlar haqidagi fan.
Seysmologiya — Yer qimirlashini o ‘rganadi.
M etamorfizm — tog‘ jinslarini Yerning ostidagi o ‘zgarishlarni
o'rganadi.
и
Gidrogelogiya — Yer osti suvlari to ‘g‘risidagi fan bo iib ularning
paydo bo'lishi dinamikasi Yer po ‘stida tarqalish hamda ularning
mexanik faoliyatini o ‘rganadi.
Gidrologiya — Yer ustki suvlarini o'rgatuvchi fan.
Okeanologiya va okeanografiya — dengiz ham da okean
suvlarining faoliyatini o ‘rganadi.
Glatsiologiya — muzliklarning faoliyatini o ‘rganadi.
Geokriologiya — doimiy muzliklarni o'rganadi.
Limnologiya — ko‘l va botqoqliklarni o ‘rganuvchi fan.
3.Yerning tarixini o ‘rganuvchi fanlarga tarixiy geologiya,
stratigrafiya, fatsiyalar, paleontologiya, paleogegrafiyalar kiradi.
Stratigrafiya — qatlam lar ularning joylashishini o ‘rganadi.
Paleontologiya — qirilib bitgan, toshga aylangan fauna hamda
flora qoldiqlarini o ‘rganadi.
Paleogeografiya — o ‘tmishdagi fizik-geografik sharoitlarni
o ‘rganadi.
4. Regional geologiya tog‘ jinslarini yoshi bo‘yicha kelishini,
ular hosil qiladigan struktura shakllarini; qit’a, okean hamda Yer
po'sting rivojlanish tarixini o ‘rganadi.
5 Amaliy fanlarga foydali qazilmalarni o ‘rgatuvchi fanlar,
sanoat ahamiyatiga ega bolgan, xom ashyolarni o ‘rganuvchi fanlar,
rudali va rudasiz konlarni, yonuvchi qazilmalarni, qim m atbaho
minerallarni o ‘rganuvchi fanlar hamda injenerlik geologiyasi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |