B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

Farg„ona viloyati
28. «Fargona Bek-ota» MCHJ 
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish 
29. «White milk Invest» MCHJ 
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish 
30. «Amin Furkat» MCHJ 
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish 
Xorazm viloyati
31. «Urganch go‗sht» MCHJ
*
 
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish 
32. «Go‗zali xulkar» XK 
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish 
33. «Khorezm Nolod» XK 
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish 
34. «Tillo Domor» XK 
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish 
Toshkent shahri
35. «Marmaks» MCHJ QK 
— go‗sht konservalari ishlab chiqarish 
36. «Gerfed-Impeks» MCHJ 
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish 


15 
37. «Tegen group» MCHJ 
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish 
38. «Toshkent sifat sut» MCHJ 
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish 
39. «Rozmetov Z M» MCHJ 
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish 
40. «Gold Tek» MCHJ 
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish 
41. «Delight-Neo» MCHJ 
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish 
42. «Osiyo elga baraka» MCHJ 
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish 
43. «Ibragimov X.N.» XK 
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish 
44. «Best Poultry» MCHJ 
— go‗sht mahsulotlari ishlab chiqarish 
45. «Vazira biznes» MCHJ 
— sut mahsulotlari ishlab chiqarish 
 
Konserva sanoatining vazifalari 
Korporativ boshqaruvning jahon amaliyotida qabul qilingan tamoyillari va 
usullariga muvofiq respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarish samarali tizimini 
shakllantirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
qayta jihozlash uchun investitsiyalarni keng jalb etish, meva-sabzavot va boshqa 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini oshirish, ichki hamda 
tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‗lgan sifatli mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari 
turlarini ishlab chiqarishni ko‗paytirishga alohida e‘tibor berilmoqda. 
Respublikamiz qishloq xo‗jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasining 
hozirgi bosqichdagi asosiy vazifalari: xom ashyo yetishtiriladigan joylarda 
zamonaviy qayta ishlash sexlari va zavodlarini barpo etish, dunyo bozorida 
konserva mahsuloti assortimentlarini ko‗paytirishdir. 
Konserva sanoatining asosiy vazifalari va yo‗nalishlari etib quyidagilar 
belgilansin: 
- meva-sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ichki va tashqi 
bozorlarini o‗rganish bo‗yicha chuqur marketing tadqiqotlari o‗tkazish va buning 
asosida tarmoqni o‗rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini ishlab 
chiqish; 


16 
- yuqori qo‗shilgan qiymatga ega, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir 
bo‗lgan yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida tarmoq 
korxonalarida qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat xom ashyosini yanada chuqur qayta 
ishlash zamonaviy texnologik siklni tashkil etish; 
- qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlash 
korxonalari, tayyorlash va sotish tashkilotlari o‗rtasida bozor munosabatlari 
asosida, uning tayyorlanishi, saqlanishi, yanada chuqurroq qayta ishlanishi va 
sotilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat xom 
ashyosi harakatining zamonaviy logistikasini keng joriy etish; 
- ilg‗or xorijiy texnologiyalar va dizayndan foydalangan holda zamonaviy 
tara-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish; 
- meva-sabzavot, go‗sht-sut va boshqa qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat xom 
ashyosini qayta ishlash bo‗yicha yuqori unumli zamonaviy innovatsiya 
texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ushbu maqsadlar uchun, 
avvalambor, strategik xorijiy investorlarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarini 
jalb etish; 
- qayta ishlangan meva-sabzavot, shuningdek boshqa oziq-ovqat 
mahsulotlarining 
eksportini 
tashkillashtirish, 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, 
oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholashning zamonaviy xalqaro tizimini ishlab 
chiqarishga joriy etish; 
- ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalash 
bo‗yicha ishlarni tashkillashtirishda tarmoq korxonalariga ko‗maklashish, tarmoq 
korxonalariga axborot xizmatlari ko‗rsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishni tashkil etish. 
Qishloq xo‗jalik mahsulotlari pishgan davrda katta idishlarda dastlabki qayta 
ishlangan holda ularning zahirasini yaratish imkonini bermoqda. Dalalardagi 
yig‗ishtirish mavsumi tugagandan so‗ng ushbu mahsulotlarni qayta ishlash 
jarayoni oxirigacha olib borilib, mayda taralarga qadoqlanadi. Natijada konserva 


17 
korxonasining ishlash mavsumi uzayadi.
Insoniyat oldida turgan birinchi navbatdagi eng muhim masala, oziq-ovqat 
masalasi bo‗lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‗lib qoladi, Chunki inson 
hayoti uchun zarur moddalarni oziq-ovqatdan oladi.
O‗rta yoshli odam bir sutkada o‗rtacha 800 gramm ovqat va 2 litr suv 
iste‘mol qilishi kerak.
Hozirgi vaqtda yer yuzi aholisi bir sutkada 4-4,5 mln tonna ovqat iste‘mol 
qilayotgan bo‗lsa, 2025 yilga borib bu son juda ortib ketadi, Chunki har bir 
sekundda 3 bolani tug‗ilishini hisobga olsak, aholi soni 9,5 - 10 mlrd.ni tashkil 
etadi. Shunisi achinarliki, iste‘moldagi ovqat oqsilga boy to‗liq qimmatli 
bo‗lmaganligi va o‗z vaqtida tibbiy yordam ko‗rsatilmaganligi oqibatida har yiliga 
200 ming yangi tug‗ilgan go‗dak bolalar nobud bo‗lishdek noxush hollar sodir 
bo‗lmoqda. 
Ana shu og‗ir va mas‘uliyatli vazifa, ya‘ni insoniyatning oziq-ovqatga 
bo‗lgan ehtiyojni to‗liq qondirish oziq-ovqat sanoati xodimlarining asosiy 
vazifasidir. 
Tayyorlangan oziq-ovqat faqat salmog‗i bilangina emas, balki sifati bilan 
ham iste‘molchilarga ma‘qul bo‗lishi kerak. 
Sifatli oziq-ovqat tayyorlash avvalam bor, xom ashyo tarkibida bo‗lgan va 
mahsulotga qo‗shilgan kimyoviy moddalar turlarini, tarkibini, tuzilishini, olinish 
usullarini hamda texnologik va organizmda hazm bo‗lish jarayonlarida qanday 
o‗zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilib olishga bog‗liqdir. 
Shunday ekan, aholining konservalangan mahsulotlarga bo‗lgan talabini 
qondirish 
uchun, 
avvalo 
Respublikamizdagi 
mavjud 
bo‗lgan 
ichki 
imkoniyatlarimizni ishga solish hamda ishlab chiqarishda ishni to‗g‗ri tashkil 
qilish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning bu boradagi 
ish tajribalarini o‗rganib, Respublikamiz shart-sharoitlariga mos jihatlaridan 
samarali foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. 


18 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarining 
ko‗lamini yanada kengaytirib, ishlab chiqarish korxonalarining xodimlari bilan 
nazariyotchi olimlar o‗rtasida integratsiya aloqalarini mustahkamlab, birgalikda 
ishni tashkil etilsa, yaqin kelajakda u o‗zining yaxshi samarasini beradi. 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish