B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari


Karam sabzavot kasalliklari



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

Karam sabzavot kasalliklari
.
Karam sabzavotlar qo‗ng‗ir va oq irish 
(shilimshiq zamburug‗lar vujudga keltiradi), tomirli bakterioz (karam barglaridagi 
qora dog‗lar), nuqtali nekroz( barglaridagi qo‗ng‗ir va qora nuqtalar) kasalliklariga 
yo‗liqadi. 
Karamni joylashtirish va saqlash. Karamni uyib va konteynerlarga solib 
tashiladi. Ertagi karamni hajmi 40 kg gacha bo‗lgan, gulkaramni esa hajmi 20 kg 
gacha bo‗lgan katak yaщiklarga joylab tashiladi. Magazinlarda karamni harorati 0-
2 ᵒC va havosining nisbiy namligi 90-95 % bo‗lgan yordamchi binolarda uzog‗i 
bilan ikki kun saqlanadi. 
Tomat sabzavotlar haqida tushuncha 
Pomidor, baqlajon, qo‗zoqli qalampir (achchiq va chuchuk) pomidorsimon 
sabzavotlarga kiradi. Ularni ta‘mi yaxshi va yuqori to‗yimli bo‗ladi. 
Pomidor
. O‗rta hisobda pomidor tarkibida: qandlar (4 %), organik kislotalar 
(0,4-0,6 %), azotli moddalar (1 % gacha), mineral tuzlar (0,7 %), pektin (0,15 %) 
bo‗ladi. Pomidor tarkibida mineral moddalardan kaliy, natriy, magniy, fosfor, 
temir tuzlari bor. Pomidorda S, V
1
, V
2, 
RR, K vitaminlari, karotin bo‗ladi. Qandlar 
organik kislotalar bilan birga qo‗shilib, pomidor ta‘mini yoqimli qiladi. Qizil 
pomidorning rangi likopindan, sarig‗ining rangi esa karotin va ksantofilldan iborat 
bo‗ladi. 
Pomidorlar rangi qandayligiga ko‗ra beshta pishganlik darajasiga bo‗linadi: 
ko‗k, sutsimon, qo‗ng‗ir, pushti, qizil. Pomidor saqlanayotganda ham etilaveradi. 
Stimulyator sifatida etilen yoki divinil ishlatib, pomidorning yetilishini tezlatsa 
ham bo‗laveradi. 
Etishtirilayotgan pomidorlarning shakli (yapasqi, dumaloq, uzunchoq
olxo‗risimon, yuzasi (silliq, kerrali), kattaligi bir-biridan farq qiladi. Urug‗donlari 
qanchaligiga qarab pomidorlar urug‗doni kam va urug‗doni ko‗p bo‗ladi. 
Urug‗doni ko‗plari yomon saqlanadi. 


45 
Baqlajon
. Baqlajon po‗stining rangi och-binafshadan to‗q-ko‗kkacha, 
mevasining shakli dumaloq, noksimon bo‗ladi. 
Baqlajon tarkibida: qandlar - 4,6 %, azotli moddalar - 1 %, mineral moddalar 
- 0,5 %, pektin - 0,7 %. S, V
1
, V
2
, RR vitaminlar, karotin, achchiqroq ta‘m 
beradigan glikoalkoloid bo‗ladi. U qiyma solish, qovurish, ikra va konserva qilish 
uchun ishlatiladi. Eng mashxur ro‗zg‗orbop-botanik navlar: donskiy, delikates, 
tez 
pishar, 
Krimskiy.
Standart baqlajon yangi, toza, sog‗lom, shakli va rangi xuddi shu botanik 
navga xos, qing‗iri yo‗q, po‗sti yupqa, mexanik shikastlanmagan bo‗lishi kerak. eti 
sersuv, qayishqoq, bo‗shliq joylari yo‗q, urug‗i oq, terisi yupqa bo‗lishi kerak. 
Baqlajonning uzunligi eng katta ko‗ndalang diametri bo‗ylab cho‗zinchoq 
shaklida kamida 10 sm, dumalog‗ida esa kamida 5 sm bo‗lishi kerak. 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish