B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

Senoanabioz.
Senoanobioz-zararli mikroblarni susaytirib, foydali mikroblar 
sonini sun‘iy usulda ko‗paytirish demakdir. 
Mahsulotlarning mikroflorasini boshqarib, ya‘ni foydali mikroblar sonini 
su‘niy ravishda ko‗paytirib, zararli mikroblar tasirini susaytirish mumkin. Bu usul 
meva va sabzavotlarni tuzlashga keng qo‗llaniladi. Saqlash amaliyotida foydali 
mikroorganizimlarning ikkita xili: sut kislotasi bakteriyalari va achitqilardan 
foydalaniladi. Birinchisining bakteriyalari mahsulotda 1-2 foizli sut kislotasini, 
achitqilar esa 10-14 foizgacha etil spirtini hosil qiladi. Ko‗pincha zararli 
mikroorganizimlar ushbu moddalar ta‘sirida rivojlanmaydi. 
Termoanabioz.
Bu usulda mahsulotlar havo harorati pasaytirilgan sharoitda 


59 
saqlanadi. Haroratning pasayishi mikroorganizmlarga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi va 
mahsulotdagi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning aktivligini pasaytiradi. 
Termoanabioz 
psixroanabioz
va
krioanabioz
usullariga bo‗linadi. 
Psixroanabiozda
mahsulotlar sovutilib saqlanadi. Turli xil qishloq xo‗jalik 
mahsulotlari havo haroratining pasayishiga turli xil aks ta‘sir bildiradi. Meva va 
sabzavotlar uchun havo harorati -1 ᵒC dan +1 ᵒC gacha sovutilgan hisoblansa, don 
mahsulotlari uchun +8 ᵒC ham sovutilgan hisoblanadi va bunda mikroorganizmlar 
faoliyati ancha susayadi. 
Krioanabiozda
esa mahsulotlar muzlatilib saqlanadi va bu holatda ular 
nisbatan uzoq vaqt saqlanadi. Bu keng tarqalagan usul bo‗lib, biz uni sovutish 
texnologiyasi fanida mahsus ko‗rib chiqamiz. 
Mahsulotlarni muzlatishda havo harorati bilan birgalikda sovutish tezligi 
ham muhim ahamiyatga ega. Muzlatish jarayonida mahsulotlarning fizik, 
gistologik va kolloid holatlari ma‘lum darajada o‗zgaradi. Shu bilan birga, 
mahsulot mikroflorasida xam o‗zgarish bo‗ladi. Krioanabioz usuli qishloq 
xo‗jaligida katta ahamiyatga ega bo‗lib, u anchagina keng qo‗llaniladi. 
Hozirgi kunda qishloq xo‗jalik mahsulotlarini etishtiruvchi xo‗jaliklarning 
deyarli hammasida sovutish sistemalari, sovutgichlar va sovutish qurilmalari 
mavjud yoki qurilmoqda. Tez buziladigan mahsulotlarning aksariyat qismi asosan 
krioanabioz usulida saqlanadi. 
Kseroanabiozda
mahsulotlar quruq holda saqlanadi. Mahsulotlar ma‘lum 
darajada quritilib saqlanishi qadimdan ma‘lum. Quritilgan mahsulotlarda hujayra 
muhiti konsentratsiyasi oshadi. Natijada hujayrada modda almashinuv jarayoni 
susayadi yoki to‗xtaydi, mikroblarning yashash muhiti ham noqulay bo‗lib qoladi. 
Shunday qilib, mahsulotning ma‘lum darajada quritilishi ularda bioximik 
jarayonlarni butunlay to‗xtatadi. 
Qishloq xo‗jalik mahsulotlari turiga qarab turli darajada quritiladi 
(namsizlantiriladi). Masalan, don mahsulotlarning quritilib namligining 12-14%ga 
tushirilishi uzoq vaqt saqlanishini ta‘minlasa, mevalarda esa quritilgandan keyin 


60 
18-24 % namlikning bo‗lishi saqlashda ijobiy hisoblanadi. 
Mahsulotlarning tabiiy namligini kamaytirish ular tarkibidagi namni yuqori 
haroratda parlatib yuborishga asoslangan va bu usul mahsulotlarni quritish deb 
yuritiladi. Mahsulotlarni quritishda murakkab fiziologik, biokimyoviy, fizik, 
kimyoviy jarayonlar bo‗lib o‗tadi va ushbu jarayonlarning ilmiy darajada 
boshqarilishi mahsulotning sifatini belgilaydi. 
Mahsulotlarni tabiiy usulda quritish O‗rta Osiyoda keng tarqalgan va bu 
borada boy tajriba to‗plangan. Hozirgi vaqtda mahsulotlarni quritishning 
zamonaviy usullari (sublimasiya quritish usuli, yuqori chastotali tok va infraqizil 
nur yordamida quritish va boshqalar) ishlab chiqarishga keng joriy etilmoqda. 
Osmoanabiozda
mahsulot hujayra muhitida yuqori osmatik bosim hosil 
qilinadi. Shu usul hujayrada plazmoliz hosil qilish hodisasiga asoslangan. 
Osmotik 
bosimni 
oshirish 
ma‘lum 
darajagacha 
mahsulotni 
mikroorganizmlar ta‘siridan saqlaydi. Lekin, ayrim mikroorganizmlar muhit 
konsentratsiyasining oshishiga chidamli hisoblanadi, bu esa mahsulotda foydali 
mikroorganizmlarni boshqarishni ta‘minlaydi. 
Amalda, mahsulotlarda osmotik bosimni oshiruvchi vosita sifatida tuz va 
shakardan keng foydalaniladi. Mahsulotlarni saqlashda ularni tuzlash usuli keng 
tarqalgan. Ayniqsa, go‗sht, baliq, sabzavotlar tuzlashga moyil mahsulotlar 
hisoblanadi. Mahsulotlarni tuzlash texnologiyasi ularning turi, tarkibi, holati, 
keyingi ishlov berish va qo‗llanishiga bog‗lik. 
Meva va rezavor mevalarni konservalashda shakardan foydalaniladi. 
Mevalardagi mikroblar yuqori osmotik bosimga chidamli bo‗lganligi uchun ularni 
konservalashda juda ko‗p miqdorda shakar (umumiy massasinini 50-60 % 
miqdorida) qo‗shiladi. 
Osmoanabioz usuli mahsulotlarda oziq moddalarning va vitaminlarning 
to‗liqligicha saqlanib qolinishini ta‘minlaydi. 
Asidoanabiozda
mahsulotlar nordon muhit sharoitida saqlanadi. Ushbu usul 
ko‗pgina 
zararli 
mikroorganizmlarning 
nordon 
muhitga 
chidamsizligiga 


61 
asoslangan. Shu sababli mahsulotlar ma‘lum darajada kanservalanadi. O‗simlik 
mahsulotlarini konservalashda sirka kislotasidan keng foydalaniladi va bu usul 
amalda sirkalash (marinovkalash) deb yuritiladi. 
Ishlab chikarishda nordon muhit organik kislotalar - sirka kislotasi, uzum va 
meva sirkasi yordamida yuzaga keltiriladi. Ushbu moddalar xushbo‗y bo‗lib, 
mahsulot ta‘mini buzmaydi. 
Narkoanabioz
.
 
Bu usul ayrim moddalarning mahsulotlarga anestezik 
ta‘siriga asoslangan. Bunda xlorofrom, efir va boshqa moddalardan foydalaniladi.
Mahsulotlarni kislorodsiz muhitda saqlash 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish