Adabiyotlar:
1.
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU, 2003.
2.
Ochilov M. Muallim qalb me’mori. – T.: O‘qituvchi, 2000.
3.
Munavvarov A.K. Pedagogik qobiliyat va mahorat. – T.: O‘qituvchi, 1998.
4.
Incheon declaration/Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education
and lifelong learning for all (Word Education Forum, 19-22 may 2015, Incheon, Republic of
Korea).
֍
–
֍
–
֍
OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINI KASBIY-PEDAGOGIK
FAOLIYATGA TAYYORLASH JARAYONLARI TAHLILI
Gapparova M.E.
Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali, o‘qituvchi
O‘zbekiston jamiyatida yangicha dunyoqarashga asoslangan qoidalarning qaror topishi
o‘qituvchilar zimmasiga yosh avlodning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun mas’uliyat
yukladi. Biroq, ko‘plab tabiiy hodisalar va rang-barang pedagogik dunyoqarashning vujudga
kelishi jarayonida o‘qituvchining ijtimoiy madaniy vazifalari doirasi muntazam tarzda
kengaymoqda. Bu esa shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasini tanlashda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Bugungi kunda ko‘p madaniyatli O‘zbekiston jamiyatida o‘qituvchi zimmasidagi vazifalar
yanada ko‘paymoqda. Bu esa o‘qituvchidan bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘quvchilarning rivojlanish
darajalarini tashhislash-baholash ko‘nikmalarini shakllantirishni talab qilmoqda.
O‘qituvchida tanlov erkinligini shakllantirish uchun uning kreativ funksiyalarini
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan yondashganda o‘qituvchilar ochiq
ta’lim muhiti, o‘quvchilarda o‘zlarini ta’lim jarayonining to‘laqonli sub’ekti sifatida anglash,
o‘rganilayotgan bilimlar uning hayotida muayyan mazmun kasb etishini tushunib yetishlarini
yaxshi bilishi lozim. Bunday vaziyatda ta’lim oluvchilar nafaqat tanlov erkinligiga ega bo‘ladilar,
balki o‘z tanlovlari uchun mas’uliyatni ham his qiladilar. Bu yo‘nalishdagi asosiy muammolar
quyidagilardan iborat: ta’lim oluvchilarga tanlov erkinligini kim taqdim qilishi kerak: ta’lim
jarayonimi yoki o‘qituvchilarmi?
Chunki, ochiq xarakterdagi ta’lim tizimida uning barcha sub’ektlari zimmasiga barkamol
shaxsni shakllantirish mas’uliyati yuklangan bo‘ladi. Shuning uchun ham, interfaol o‘qitish
metodlari va texnologiyalari asosida talabalarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish ta’lim
jarayonining barcha bosqichlarida sifat va samaradorlikni ta’minlash imkonini beradi. Shunga
50
ko‘ra, oliy ta’lim tizimida pedagogik maqsadlar o‘zgaradi. Bunda oliy ta’lim muassasalari
talabalarini kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari tahlili tizimining asosiy maqsadi
sifatida quyidagilar namoyon bo‘ladi:
a) bo‘lajak mutaxassisning shaxsiy-kasbiy rivojlanishi uchun qulay pedagogik sharoit
yaratish;
b) bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining o‘z mavqeini aniqlashi va o‘z bilimlarini amaliyotda tatbiq
etishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash;
v) talabalarni tayyor bilimlar va modellarni o‘zlashtirishga emas, balki ko‘plab variantlar
orasidan maqbulini tanlashga o‘rgatish;
g) bo‘lajak o‘qituvchilarni tezkor tashkilotchi, yordamchi, hamkorlikdagi faoliyatni
muvofiqlashtiruvchi, ijodkor shaxs sifatida shakllantirish kabilar.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida o‘quv axborotlarining mazmuni muntazam o‘zgarmoqda
va yangilanmoqda. Uning mazmuni negizida ilm-fan mantiqi emas, balki pedagogik jarayon
sub’ektlarining umumta’limiy, shaxsiy-kasbiy vazifalarini yechishga oid bilimlar namoyon
bo‘lishi lozim. Chunki, zamonaviy o‘qituvchi predmetli o‘qitish tamoyilidan ta’lim oluvchilarning
mustaqil bilim olishlari va shaxsiy xususiyatlarini namoyon qilishlari uchun qulay bo‘lgan ta’lim
mazmunini qayta qurishga o‘tishi lozim. Buning uchun esa, o‘qituvchi ijodkor shaxs bo‘lishi
kerak. Chunki, pedagogik texnologiyalar o‘zgarmoqda. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi o‘z pedagogik
faoliyati jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasiga tayangan holda ish ko‘rishi
lozim.
Izlanishlarimizning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchilarga pedagogik ta’sir
ko‘rsatish jarayonining mazmuni o‘zgardi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida sub’ekt-sub’ekt
munosabatlari alohida dolzarblik kasb etmoqda.
O‘zbekistondagi zamonaviy mikrosotsium mustaqil, dinamik, jadal rivojlanuvchi shaxsni
shakllantirish ehtiyojini qo‘ymoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tizimining o‘zi shunday shaxsni
shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lib, buning uchun pedagogik hamkorlik jarayonida o‘qituvchi
o‘quvchilarga mavjud hayotning uchta muhim qadriyatini anglashlariga ko‘maklashishi lozim:
a) o‘quvchining o‘z hayot yo‘lini o‘zi tanlashiga;
b) o‘z shaxsiy hayotining maqsadlarini aniqlashda tamoman mustaqil bo‘lishiga;
v) o‘z tanlovi uchun shaxsiy mas’uliyatni his etishiga ko‘maklashishi kerak.
Mazkur pedagogik vazifalarning yechimi ko‘pgina o‘quvchilarning zamonaviy axborot
vositalari yordamida qisman ijtimoiylashganliklari tufayli yanada murakkablashmoqda. Bunday
o‘quvchilar kattalarning e’tiboridan chetda qolganliklari tufayli axborotlarni mustaqil izlashga
majbur bo‘lmoqdalar. Biroq, buning uchun ularda mazkur axborotlarni saralash ko‘nikmasi
yetarlicha shakllanmaganligi kuzatilmoqda. Axborot oqimlarining jadallashuvi natijasida
o‘quvchilarda turli darajadagi tasavvur, idrok va dunyoqarash shakllanmoqda. Aksariyat yoshlar
uchun sotsiumni o‘zlashtirish yo‘li o‘z-o‘zini madaniy tenglashtirish shakli yordamida amalga
oshadi.
Bugungi kunda pedagogik aloqa va muloqot vositalari jadal o‘zgarmoqda. Bu esa, pedagogik
hamkorlik vositalari, shakllari va metodlarida namoyon bo‘lmoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
tizimida o‘qituvchining o‘ziga xosligi, individualligini shakllantirib, ta’lim jarayoni orqali uning
ichki olamini ochishga intilish lozim. Buning uchun, ilmiy bilimlar integratsiyasi, dunyoviy-
ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirish, ijtimoiy-madaniy tenglashish o‘qituvchiga nihoyatda zarur.
Bunday vaziyatda pedagogik hamkorlik metodlari har bir o‘quvchining birinchi darajali
ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilishi, buning uchun o‘qituvchilarda fikrlash layoqati,
muammolarni ko‘rish ko‘nikmalari rivojlangan bo‘lishi, dalillarning o‘zaro mos kelishi,
g‘oyalarni qo‘llash va uning samaralaridan quvonish hissi tarkib topgan bo‘lishi zarur.
Izlanishlarimiz jarayonida o‘qituvchi hamda o‘quvchi ta’lim jarayonining sub’ekti sifatida
faoliyat ko‘rsatgandagina yuqoridagi vazifalarni yechish mumkinligiga ishonch hosil qildik.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘qituvchining faoliyati quyidagilarni amalga oshirishga
qaratilishi kerak:
51
- o‘quvchilarning faoliyat sub’ekti sifatida harakatlanishlariga yo‘naltirilgan o‘quv
vaziyatlarini yaratish;
- o‘quvchilar o‘quv predmetini o‘zlashtirish jarayonida uning ichki va tashqi aloqadorligi va
mazmunini ko‘ra olishlariga qaratilgan ta’limiy vaziyatlarni vujudga keltirish;
- ta’lim jarayonida o‘quvchilarda boshqa millat vakillarining madaniyatlariga hurmat bilan
qarash ko‘nikmasini shakllantirish;
- ta’lim jarayonida o‘quvchilarning dunyoqarashlariga hurmat bilan qarash tamoyiliga rioya
qilish kabilar.
Buning uchun pedagogika oliy o‘quv yurtlarida talabalarning kreativ qobiliyatlarini izchil
rivojlantirish talab etiladi. Chunki, bugungi kunda o‘qituvchilarning bajaradigan vazifalariga
nisbatan talablar o‘zgarib, ular tubdan yangilanmoqda.
Bugungi axborotlashgan jamiyatda o‘qituvchining mavqei va bajaradigan vazifalari har
tomonlama o‘zgarmoqda. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning teng
huquqliliklarini ta’minlash va axborotlarni to‘laqonli o‘zlashtirishlari uchun qulay imkoniyat
yaratish natijasidagina ta’lim oluvchilarning bilimlarni tabiiy tarzda o‘zlashtirishlari uchun
imkoniyat yaratiladi.
Bugungi kunda bilish modellari o‘zgardi, bilimlar yangi axborotlar bilan boyitilib
unifikatsiyalashtirilmoqda. Bunday vaziyatda o‘qituvchidan o‘quvchilarga o‘rgatish emas,
ularning mustaqil bilim olishlariga ko‘maklashish talab qilinmoqda. O‘qituvchilarga
qo‘yilayotgan bunday talablar ularning pedagogik mehnatini yanada murakkablashtirib uning
vazifalari ko‘lamini kengaytirmoqda. Bilishning axborotli modeli o‘qituvchilar oldiga bir
tomondan bilimlarga asoslangan mavjud bilish modellarini qo‘llash, ikkinchi tomondan, yangi,
qo‘shimcha pedagogik funksiyalarni o‘zlashtirish, o‘quv jarayonida o‘quvchilar bilan axborotlar
o‘rtasida vositachilik qilish ko‘nikmasini egallashni taqozo etmoqda.
Pedagogik funksiyalarga bag‘ishlangan tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki,
pedagogika va psixologiyada mavjud bo‘lgan yondashuvlar o‘qituvchining ta’lim beruvchilik,
tarbiyalovchilik va rivojlantiruvchilik funksiyasi ularning ta’lim jarayoniga nisbatan asosiy
yondashuvi sifatida talqin etilmoqda.
Shu narsa qat’iylashganki, pedagogik hamkorlik o‘qituvchilarning muayyan funksiyalarni
bajarishlari natijasidagina to‘laqonli tarzda ta’minlanadi. Ko‘plab mutaxassislar tomonidan
o‘qituvchining pedagogik faoliyatida asosiy o‘rin egallaydigan funksiyalar ajratib ko‘rsatilgan. Bu
funksiyalarni muvaffaqiyatli bajarish o‘qituvchidan turli sohalardagi bilimlarni o‘zlashtirishni
talab qiladi.
Ilg‘or pedagogik tajribalar va ta’lim nazariyasiga oid yutuqlarni amaliyotga joriy etish
bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda. O‘qituvchining muayyan pedagogik faoliyatiga
joriy etishga loyiq ko‘plab tajribalar vujudga kelmoqda va to‘planmoqda. Biroq kuzatishlarimiz
shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab o‘qituvchilar va bo‘lajak pedagoglarda amaliyotda mavjud bo‘lgan
tajribalarni o‘zlashtirish ehtiyoji shakllanmagan. Mazkur tajribalarni tanlash va tahlil qilish
ko‘nikma va malakalari ham yetarlicha tarkib topmagan. Amaliy faoliyat jarayonida o‘qituvchilar
o‘zlarining shaxsiy tajribalari va kasbdoshlarining faoliyatlarini tahlil qilishga yetarlicha e’tibor
qaratmayaptilar.
O‘qituvchining pedagogik faoliyati ommaviy hamda ilg‘or bo‘lishi mumkin. Shuni
unutmaslik kerakki, ilg‘or pedagogik tajribalar cheklanganlik xarakteriga ega. Shu bilan bir
qatorda pedagogik tajribalar yangi elementlarga ham ega bo‘lib, mazkur elementlar ta’lim
amaliyoti va didaktika nazariyasini boyitish xususiyatiga ega. Ilg‘or tajribalarni yaratish va
hamkasblari orasida ommalashtirishda o‘qituvchining mavqei alohida ahamiyatga ega. Shuning
uchun ham muayyan tajribaning asosiy holatlari va ko‘rsatkichlarini amaliyotga kiritish hamda
ommalashtirishda sub’ektiv omillarni alohida hisobga olish kerak. Shuningdek, uning variantlarini
baholash va pedagogik jamoa orasida yoyish nihoyatda zarurdir. Tajribalarni uzatish va
o‘zlashtirish jarayonida uning ob’ekti va yangi jihatlariga alohida e’tibor qaratgan holda
amaliyotga joriy etish talab qilinmoqda. Har bir o‘qituvchi yangi tajribani vujudga keltirishi uchun
52
uning qimmatli hamda betakror jihaitlariga e’tibor qaratishi kerak. Ilg‘or pedagogik tajribalar
ommaviy xarakter kasb etishi uchun o‘qituvchi ob’ektiv pedagogik nazariyalarni o‘zlashtirgan
bo‘lishi lozim. Pedagogik tajribalrning rang-barangligini navotorlik hamda tadqiqotchilik orqali
ko‘rish mumkin. Bunda o‘qituvchi amaliy faoliyatdan nazariy tahlil va umumlashtirishga o‘tadi.
Bunday yondashuvlarda mamalakat ta’lim tizimiga xos bo‘lgan innovatsion qarashlar va usullar
o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |