Adabiyotlar:
1.
“Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi. –T., 2018. 12 b.
2.
O.Hasanboeva, D.Xoliqov. Oila pedagogikasi. –T.: Aloqachi, 2007. 32-35 b.
3.
Sh.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. –T., 2012. 43-48 b.
4.
G‘.B.Shoumarov, I.O.Haydarov, N.A.Sog‘inov. Oila psixologiyasi. – T.: Sharq, 2010.
52-53 b.
5.
F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova. Maktabgacha pedagogika. –T., 2019.
6.
Sagindikova N.J. Psixologiyada ijtimoiy mas’uliyatning o‘rganilishi \\ Zamonaviy ta’lim
jurn., 2017, 2-son.
֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHINING KASBIGA
BO‘LGAN MAS’ULIYATINI OSHIRISH YO‘LLARI
Buriev X.K.
MTMRMQTMOI, mustaqil izlanuvchi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017-2021 yillarda maktabgacha
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida qarorlar qabul qildi. Unda ilg‘or xorijiy tajribani
hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim
muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya
jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlash
bo‘yicha farmoyish qabul qilindi.
XXI asrda jahon miqyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omil sifatida
e’tirof etilib, 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida “sifatli ta’lim olish va ijodiy
qobiliyatni rag‘batlantirish” dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu esa, maktabgacha ta’lim
yoshidanoq bolalarni badiiy-estetik rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy an’analar vositasida
etnobadiiy ta’limni keng rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bugungi kunda tarbiyachilarga nisbatan mas’uliyat
yanada kuchaydi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek
muhim, faxrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi
bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim va
tarbiya vazifalarini hal etishga ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish
va ishdagi o‘rtoqlarining o‘sishiga ko‘maklashishga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan
o‘lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini tushunish, ijtimoiy faol
bo‘lish, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini
egallashi kerak. Uning pedagogik hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtayi nazardan yondashuvi
bolani har tomonlama rivojlantirishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.
Jamiyatimiz hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda maktabgacha
ta’lim muassasalarida, maktabda, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida shakllanayotgan yosh
avlod ijodiy xulq-atvor normalari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar, malaka va
ko‘nikmalarni har tomonlama puxta egallab borishni talab qiladi.
Buning uchun uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim
takilotlarida tarbiyalangan, kelajakda xalq ta’limi oldiga har bir o‘g‘il va qizni zarur darajadagi
ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, jahon va milliy madaniyatimizning durdonalari bilan
tanishtirish, ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqtirish vazifasi qo‘yiladi.
Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan bu muhim vazifani amalga oshirishda umumta’lim
maktablari bilan bir qatorda uzluksiz ta’lim ilk bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari
ham muhim rol o‘ynaydi. Uning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachiga bog‘liq.
48
Tarbiyachining o‘ziga talabchanligi, har bir xatti-harakatini nazorat qila olishi maktabgacha
ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilgan talablarning muvaffaqiyatli amalga oshirish garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |