B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Bunga quyidagilar kiradi: 

bolaning sog‘ligini saqlash va mustahkamlash; 

aqliy qobiliyatlarini o‘stirish; 

jamiyatimizning, milliy madaniyatimizning g‘oyaviy-axloqiy tamoyillariga mos keluvchi 
e’tiqod va qarashlarni tarkib toptirish; 

ona-Vatanga muhabbatni, ijtimoiy faollikni shakllantirish, mas’uliyat, o‘rtoqlik, do‘tlik 
hissini, halollik, mehnatsevarlikni tarbiyalash. 
Albatta, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o‘sib kelayotgan yosh avlodni 
tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi, ammo shularga asoslanib, 
bolalarni kelajakdagi mustaqil hayotga, mehnatga tayyorlash ishini samaraliroq amalga oshirish 
mumkin. 
O‘qituvchi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining malakasini oshiruvchi ilmiy-
pedagogik markazlar kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, 
har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. 
Tarbiyachi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning 
mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari 
va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, 
adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, 
o‘simlik va hayvonlarga nisbatan g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati 
natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Xalq san’ati, musiqa, ashula, 
adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat – tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan 
olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma’lum bir 
izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi 
natijalarga erishadi. 
Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak. U 
quyidagi shartlarga amal qilishi lozim: 
1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, 
kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay biladigan, ilg‘or tajribali 
pedagoglarning faoliyatini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oladigan, shuningdek, bolalarni kuzata 
oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir vositalarini 
topa oladigan bo‘lishi kerak. Yosh avlodni zarur bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish 
uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy izchil va ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda 
texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni 
yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi savollardan foydalanishi lozim. 
2. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarishi uchun bolalarda o‘sha faoliyatga nisbatan 
qiziqish uyg‘ota olishi, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-
harakatini haqqoniy baholay olishi kerak. 
3. Har bir faoliyat uchun kerakli materialni oldindan tayyorlab qo‘yishi, yangi egallagan 
bilimlari bilan to‘g‘ri baholay olishi va bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalar 
ularning yosh imkoniyatlariga mos kelishi va ularni sekin-asta murakkablashtirib borishi kerak. 
4. Kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga 
olgan holda rahbarlik qila bilishi, ularning faoliyati (o‘quv, o‘yin, mehnati) mazmunli bo‘lishi 
uchun kerakli materiallar bilan ta’minlanishi zarur. 
5. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga 
oshiradigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi lozim. 
6. Kun davomida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash 
yo‘llarini topa olishi kerak. 
7. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazishi, ularni 
bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha amalga oshiradigan ishining mazmuni, metodlari bilan 


49 
tanishtirib borishi, oila tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o‘zining ta’lim-tarbiyaviy ishida 
foydalanishi lozim. 
8. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixoh munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun qulay ruhiy 
sharoit yaratishi, xafa bo‘lsa ovuntira olishi, xursandchilik va xafagarchiligiga sherik bo‘la olishi, 
ayniqsa kichik guruh bolalariga nisbatan muhim, e’tiborli, qat’iy, sabr-toqatli, yumshoq, ozgina 
hazilkash, bolaning kuch va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydigan bo‘lishi kerak. 
Tarbiyachi bolaga mehr-oqibat bian munosabatda bo‘lsa, bolalar bilan uning o‘rtasida 
mehribonlik, g‘amxo‘rlik munosabatlari yuzaga keladi. Bolalar tarbiyachisining shaxsiy sifatlari, 
bilimi, malakasi, bolalarga munosabati kichik guruhda mehr-muhabbatiga qarab, 4-5 yoshli 
bolalar tarbiyachisining bolalar hayotini yaxshi tashkil eta olishiga qarab, katta guruhda esa 
hamma bolalarga haqqoniylik bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi, ishlashiga qarab baho beradilar. 
Eng muhimi, tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, 
mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi, kasbga to‘g‘ri yo‘naltira olishi va mustaqil 
faoliyat olib borishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish