44
3 yosh inqirozi tufayli bola shaxsiy “men”ni anglash jarayonini boshdan kechiradi.
Ko‘pchilik bolalar kattalar va tengdoshlari bilan ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatishda
qiyinchiliklarga duch keladi. Mashhur nemis psixologi Elz Keler “Uch yoshli bola shaxsiyati”
nomli asarida mazkur yoshdagi bolalar ruhiyatiga xos o‘zgarishlarning yetti ko‘rinishini sanab
o‘tgan. Uning fikricha, bu bosqichda negativizm, ya’ni bir odamning boshqa kishilar bilan
munosabatlarida salbiy reaksiya kuzatilib, bola kattalarga bo‘ysinishni istamaydi. Shu bilan birga,
injiqlik, qaysarlik, o‘zboshimchalik, e’tiroz, kattalarni qadrsizlantirishga urinish va bolalar
despotizmi (zo‘ravonligi) kuzatilib, ko‘pincha undan “men o‘zim…” iborasini eshitish mumkin.
Noto‘g‘ri tarbiya natijasi o‘laroq, bolaning javob reaksiyasi ba’zi hollarda o‘ta salbiy holatlarni
keltirib chiqarishi mumkin.
3 yosh inqirozi tushunchasi qanchalik ilm-fanda tadqiq etilmasin hozirgi kunga qadar
bu davrda bolalar bilan ishlash va ularga ta’sir ko‘rsatishning eng maqbul metodikalari
mutaxassislar tomonidan to‘liq yaratilmagan. Ammo, pedagog va psixologlar tomonidan
yaratilgan zamonaviy uslublar borki, ulardan turli yo‘nalish va turli maqsadlarda, jumladan
maktabgacha yosh davridagi bolalar tarbiyasi va xulqini shakllantirishda foydalanish ijobiy
natijalar bera oladi. Shulardan biri chet el olimi Adrean Xill tomonidan yaratilgan “Art
terapiya” metodidir.
Art terapiya atamasi birinchi marta Adrean Xill tomonidan fanga kiritildi.
Shveysariyalik psixiatr Z.Freyd fikrigacha, odamning ichki “meni” har xil ko‘rinishda
nomoyon bo‘ladi va u o‘z meni orqali harakatlanadi. Rasm chizganda ham xuddi shu narsa
takrorlanadi.
Terapiyaga san’at tushunchasi kirib kelishi XX asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Artterapiya
o‘zini imkoniyatlar diapozonini kengaytira boshlab, 2-3 o‘n yillikda art terapiya o‘zida juda
ko‘p psixoterapevtik yondashuvlarni sintez qilib mustaqil metodlarni qabul qildi.
Art terapiya – bu rasm chizish orqali emotsional tanglik, salbiy ruhiy kechinma va
xolatlardan forig‘ bo‘lishga yo‘naltirilgan psixoterapevtik usuldir. Artterapiya yordamida
bola: depressivlik, ya’ni, shaxs ijod jarayonida xuddi unga hammasi barbod bo‘lgandek
tuyuladi; rasm chizayotganda o‘zini yoki boshqalarni emas balki qandaydir xatti harakatlarni
ifodalashga urinadi; o‘z kechinmalarini tasvirlaydi.
Shunigdek, Art terapiya bolalardagi sirlilikni ochib berishi ta’kidlanadi. 3 yoshlik
inqiroz bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonda bola o‘zini bezovta qilayotgan narsani to‘liq
tushuntirib bera olmaydi. U o‘z qo‘rquvini oddiy gaplar bilan izhor qiladi. “Qorong‘uda
kimdir mani o‘g‘irlab ketishidan qo‘rqaman”. Agar boladan bu kim bo‘lishi mumkin deb
so‘ralsa bola javob bera olmaydi, lekin o‘z qo‘rquvini tasvirlab berishga yoki obraz orqali
tushuntirib berishga harakat qiladi.
Art terapiya – bu og‘ir muammolar bilan kontaktga kirishishning eng yumshoq ish
metodi. Bola o‘z muammolarini tan olmasligi va ular haqida gapirmasligi mumkin, lekin shu
bilan bir paytda, narsalar yasashni, o‘zini gavda harakatlari orqali izxor qilishi mumkin. Art
terapiya mashg‘ulotlari shuningdek, psixologik ziddiyatni yumshatishda yordam beradi.
3 yosh inqirozini chuqur boshdan o‘tkazayotgan, ma’lum xulqiy, jismoniy va ruhiy
me’yorlar buzilishi kuzatilgan bolalar bilan Art terapiya treninglari tashkil etish yaxshi
samara berishi mumkin.
Bolalar bilan individual va guruhiy tarzda shug‘ullanish mumkin. Psixologga murojaat
qilgan ota onalar, bolalaridan shikoyat qilishganda, bolalar bilan psixolog suhbati unchalik
samarali bo‘lmasligi mumkin. Lekin art terapevtga murojaat qilinsa bolalar rasm chizish
orqali tinchlanishi, xarakterdagi zo‘riqishlarni bartaraf etishi mumkin.
Art terapevtga murojaat qilgan bolalar avvalo, individual tarzda qabul qilinadi. Chunki
bola bilan tanishish, uni kuzatish, individual tarzda rasm chizish, uni xarakterini o‘rganish,
emotsiyalarini individual korreksiya qilish muhim bo‘lgan jarayondir. Keyin esa bola guruhga
kirsa bu uning moslashishiga qulay bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: