Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-
2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-2707-sonli qarori. –T., 2016.
2.
Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. –T.: O‘zbekiston, 1998.
3.
Djamilova N.N. Maktabgacha metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi. –T.: TDPU,
2017.
4.
Sodiqova Sh. A. Maktabgacha pedagogika. –T.: Fan va taxnologiya, 2017.
֍
–
֍
–
֍
PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH ORQALI BOLALARNI MUAMMOLAR
YECHIMIGA O‘RGATISH
Berdieva M.
Termiz davlat universiteti, o‘qituvchi
Chorieva S.
Termiz davlat universiteti, talaba
Pedagogik qo‘llab-quvvatlash shunday faoliyatki, u ta’lim jarayoni bilan pedagogik faoliyat
orasida amalga oshiriladi. Bunda, muloqot qilish faoliyati, bolani umuminsoniy madaniyat
yordamida shakllantirish hamda muayyan bolaning hayotiy faoliyat mantiqini tarkib toptirishni
o‘z ichiga oladi. Pedagogik qo‘llab-quvvatlash ta’lim oluvchilar va tarbiyaviy vazifalar nuqtai
nazaridan bartaraf etuvchi, ogohlantiruvchi xarakterga ega bo‘lib, tarbiyachi uchun ham, bola
uchun ham rivojlanish imkoniyatini beruvchi hodisadir.
Pedagogik qo‘llab-quvvatlashning ogohlantiruvchilik xarakteriga ega ekanligi boladan
kattalar talab qiladigan narsalarni amalga oshirishni va muammolarni mustaqil hal etishni taqozo
qiladi. Tarbiyachining qo‘llab-quvvatlovchilik vazifasi bolani intellektual jihatdan rivojlantirish
orqali ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsiy muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bu
jarayonda bola tarbiyachi bilan o‘zaro tenglik asosida muloqotga kirishadi.
42
Bola o‘zining shaxsiy muammolarini ko‘rmaguncha, uni yechish yo‘llarini izlamaydi. Agar
tarbiyachi bolaning muammolarini aniq bilmasa, uni yechish yo‘llarini ham ko‘ra olmaydi.
Bunday sharoitda tarbiyachi o‘zining shaxsiy nuqtai nazariga asoslangan holda ko‘r-ko‘rona
harakat qiladi. Xuddi mana shu o‘rinda bola bilan tarbiyachi orasida ziddiyatlar vujudga keladi.
Tarbiyachi aniq harakat qilishi uchun muayyan vaziyatning timsoli va modelini tasavvur eta
olishi kerak. Agar tarbiyachi muayyan vaziyatni tatbiq qilmasa, mavjud muammolarni hal qila
olmaydi. Muammoni tasavvur etish bu bolani bezovta qilayotgan holatlarni anglash demakdir.
Shundagina, tarbiyachi bolani yaxlit tarzda tasavvur qila oladi. Bolaning muammolarini o‘rganish
uchun sabab-oqibatlar orasidagi aloqadorlikni ham aniqlash talab etiladi. Bu tarbiyachiga bolaning
muammolari haqida keng ko‘lamli modellashgan tasavvur qilish imkonini beradi. Buning uchun
tarbiyachi bolani har tomonlama o‘rganishi, uning hatti-harakatlarini tahlil qilishi muhimdir. Bu
bir qator shablonlashgan tasavvurlardan qutilish imkonini beradi. Bu esa ko‘plab pedagoglarning
bolaga yuzaki yondashishlariga barham beradi. Bolaning muammolariga yondashish pedagogga
muammolarga bola nuqtai nazaridan qarashni taqozo qiladi. Shu tariqa ular umumiy til
topishadilar.
Muammoni model sifatida tasavvur qilish bola uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu
vaziyatga kirish yo‘lidir. Pedagogik qo‘llab-quvvatlashning bola bilan tarbiyachi orasidagi o‘rnini
aniqlash, bolaning shaxsiy hayotiy faoliyatidagi dalillarga munosabatining shakllanish jarayoni
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1)
pedagogik qo‘llab-quvvatlash bola muammolarini aniqlashga yo‘naltirilishi lozim.
Shunga ko‘ra pedagogik qo‘llab-quvvatlash ta’lim-tarbiyaning maqsadidan kelib chiqqan holda
amalga oshiriladi;
2)
bolaga yordam ko‘rsatishni ta’lim vaziyatiga olib kirish unga muammoli vaziyatlarda
harakat qilish tajribasini o‘rgatadi;
3)
bola kattalarning ta’siri natijasida o‘zining shaxsiy fikriga ega bo‘ladi;
4)
bola o‘zi uchun ahamiyatli va zarur bo‘lgan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtiradi.
Bolani qo‘llab-quvvatlovchi tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi faoliyati orasidagi munosabat
tufayli bola o‘z yo‘lini topishga intiladi. Ularning o‘zaro munosabatlari natijasida bola muammoli
vaziyatda o‘ziga bo‘lgan munosabatni anglaydi. Bu bola bilan tarbiyachi orasidagi oddiy
hamkorlikdan tubdan farq qiladi. Hamkorlikda bilimlar, me’yorlar, namunalar namoyon bo‘ladi.
Pedagogik qo‘llab-quvvatlash doirasida esa munosabatlar bolaning o‘zi orqali tarkib topadi.
Pedagogik qo‘llab-quvvatlashdan ta’lim-tarbiya vositasi sifatida ham foydalanish mumkin.
Biroq, bu faoliyat rivojlantiruvchi xarakterga ega. Bola bilan amalga oshiriladigan munosabat
shakli kelishuvga asoslangan. Bu munosabatning natijasi esa, bolaning o‘zi uchun to‘g‘ri deb
bilgan yo‘lni tanlashi va shu yo‘ldan yurishga tayyorligini ifodalaydi. Xuddi shu jarayonda bola
o‘z zimmasiga mas’uliyatni ham oladi.
Pedagogik qo‘llab-quvvatlash jarayonida bola bilan tarbiyachining muloqoti va hamkorligi
samarali bo‘lishi, bunday o‘zaro munosabatning muvaffaqiyati quyidagi shartlarga amal
qilgandagina ta’minlanadi:
1.
Bolaning yordam va qo‘llab-quvvatlashga roziligi. Bunda bolaning o‘zi yordam so‘rashi
yoki yordamni rad qilmasligi lozim. Pedagogik qo‘llab-quvvatlash natijasida bolaga yaqinlashish
va uning muammolarini yechish mumkin.
2.
Bolaning o‘z shaxsiy muammolarini hal etishni birinchi o‘ringa qo‘yishi. Pedagogik
qo‘llab-quvvatlashning asosiy qoidasi bola shaxsini birinchi o‘ringa qo‘yishdan iborat.
3.
Birgalikdagi hamkorlik va ko‘mak. Bu pedagogik qo‘llab-quvvatlashning mazmuni va
texnologik mohiyatini ifodalaydi. To‘siqlarni bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilish,
muammolarni yechishga yordam ko‘rsatish kabilar.
4.
Maxfiylik tamoyiliga amal qilish. Bu bolalar bilan ishonchli muloqot o‘rganish uchun
nihoyatda zarurdir.
43
5.
Xayrixohlik va qadrlash. Bolalar bilan hamkorlikda hissiy uyg‘unlikning mavjudligi
muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Tarbiyachining bola harakatiga bergan bahosi, tanqidi, bolani
yopiq bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |