387
gumanistik (insonga, uning mavjudligini ta’minlashga, rivojlanishi va o‘z-o‘zini
namoyish qilishga yo‘nalganlik);
aksiologik (jahon va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining qadriyatlarini saqlash);
ijtimoiy-madaniy (milliy madaniyat bilan boshqa xalqlar va jahon madaniyatini omuhta
qilgan holda o‘z halqi madaniyatini egallashga ko‘maklashish);
ijtimoiy-moslashuv (dinamik yangilanuvchan ijtimoiy amaliyotga samarali moslashishi,
shuningdek, kasbiy faoliyatga tayyorlashda insonga ta’sir ko‘rsatish);
innovatsion (inson bilimlar arsenali va faoliyat usullarini yangilash, ilmiy-tadqiqiy
faoliyatida uning tayanch yo‘nalishlarini shakllantirish);
ijtimoiy-integrativ (insonning integrativ ta’limiy-ilmiy ishlab chiqarish faoliyatiga
qo‘shilishi; o‘quv, ilmiy, amaliy bilim va ko‘nikmalar integratsiyasi tajribasini uzatish; ushbu
jarayonning ulkan imkoniyatlarini ochish);
prognostik (bo‘lajak kasblarning mohiyatini mazmunan tushuntirish, insonning uni
egallashiga bo‘lgan talablarini turkumlashtirish; uning istiqbolidagi kasbiy rivojlanishi va shaxsiy
o‘sishini ochib berish).
O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy yangilanishlar ta’limni
rivojlantirish tizimida ham o‘z aksini real topadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida
tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, mazmuni, metodlari o‘zgaryapti. Biroq,
hali-hanuz ta’lim-tarbiya faoliyati tizimida pedagogik-diagnostik jarayon sust bo‘lib qolayapti.
Agar pedagogik-diagnostik metodlar o‘z o‘rnida va samarali qo‘llasakgina, jamiyatga intellektual,
ahloqiy, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol insonlarni yetishib chiqishida o‘z hissamizni
qo‘shgan bo‘lamiz.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, qachonki bo‘lajak tarbiyachi o‘z shaxsiy potensial
mahoratini ishga solgan holda bolalar bilan hamkorlikdagi ijodiy va hayotiy faoliyatini maqsadga
muvofiq tarzda tashkil etsagina, pedagogik-diagnostik o‘zaro harakat mahsuldor bo‘lishi mumkin.
Bunda, bo‘lajak tarbiyachidan, nafaqat intuitsiya va improvizatsiyani, balki chuqur kasbiy bilim
va ko‘nikmalarini ham talab etadi. Biroq, bo‘lajak tarbiyachi yuksak mahoratining haqiqiy
indikatori, ko‘p sonli pedagogik, psixologik, diagnostik, metodik, maxsus-ilmiy, va boshqaruv
bilimlarga ega bo‘lish zarur.
Bo‘lajak tarbiyachilar bolalar bilan o‘zaro harakatni modellashtirishni amalga oshishi,
bevosita pedagog-analitik, bashoratchi, turlicha omillarni va hamkorlikdagi ijodiy faoliyatini
kechish shartlarini hisobga oladigan, nafaqat model yaratuvchi qobiliyatga, balki o‘z ijodiy
imkoniyatlaridan va o‘rganuvchilarning potensial kuchlaridan amaliyotda sifatli foydalanish
mahoratga ega bo‘lish kerak. Ularning ijodkorligi uning faoliyatida namoyon bo‘lganligi uchun
o‘z-o‘zidan o‘z-o‘zini takomillashtirish, malakasini oshirish talablarini keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, uzluksiz ta’lim tizimi oliy o‘quv yurti bo‘lajak maktabgacha ta’lim
tarbiyachilarini kasbiy-pedagogik mahoratini va kreativligini rivojlantirishda, uning umumiy,
siyosiy va kasbiy tayyorgarliklari o‘ta muhim vazifa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: