B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi 
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
PQ-4312-son qarori // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. – T., 2019. -B.39. 
2.
Qodirova F.R. va boshq. Maktabgacha pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T.: Ma’naviyat, 
2013. 159 bet. 
3.
Namozova D.T., Nosirov D.T. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy ta’lim 
metodikasi. –Qo‘qon, 2006. 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
TARBIYALANUVCHILARDA QADRIYATGA YO‘NALTIRILGAN MUNOSABATNI 
SHAKLLANTIRISH 
 
Raximova M. 
Namangan davlat universiteti, tayanch doktorant 
Zamonaviy sharoitda bolalarda turli xil, ayniqsa, virtual voqelik va ma’lumot uzatish 
sohalaridagi ta’qiqlarni qayta ko‘rib chiqish yoki rad etishga olib kelayotgan “erkinlik illyuziyasi” 
va bir vaqtning o‘zida kattalarning obro‘sizlanishi kuzatilmoqda. Mazkur holatda bola avvalgi 
davrlardan farqli o‘laroq, bolalik dunyosida qoladi, maishiy va oilaviy yumushlar, ijtimoiy va 
davlat faoliyati masalalari esa uni chetlab o‘tadi. Bolalarni kattalar duch keladigan muammolardan 
saqlash, ijtimoiylashuv jarayonini deformatsiyalaydi, bu esa shaxsning shakllanishiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Ijtimoiylashuvning ob’ektiv mavjud shakllarini virtual vositalar bilan almashtirish, ota-
ona va bola o‘rtasidagi yaqin munosabatni susaytirib, ularning izolyatsiyasi va bolalik taassurotlari 
bilan qolishiga olib keladi. Natijada bolalar ongining rivojlanmasligi, tajovuzkor aloqa modellarini 
qo‘llash, asabiylik, beadablikning shakllanishiga olib keladi hamda bu fobiya, yolg‘izlik, 
ishonchsizlik, tushunmaslik va o‘z kelajagini o‘zi qabul qilishning faqatgina tashqi ko‘rinishidir. 
Muayyan individda qadriyatli munosabatlar tizimini rivojlantirish – bu ta’lim jarayoni 
barcha ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligi jarayoni bo‘lib, uning davomida o‘qituvchi bolaning 
ijtimoiy voqeligi bilan individual, tanlangan va ongli aloqalarni o‘rnatishga imkon beradi, turli xil 
hodisa va ob’ektlarning qadriyat yoki antiqadriyatligini aniqlashda yo‘nalish ko‘rsatadi, olamning 
eng muhim voqealariga nisbatan qadriyatli munosabatlar ierarxiyasining shakllanishiga yordam 
beradi. 


251 
Ijtimoiy voqelikka qadriyatli munosabatni shakllantirish bolaning o‘z-o‘zini baholash, 
bolalar jamoasidagi muloqot jarayonida tenglik, o‘z-o‘zini boshqarish va tartibga solish darajasi 
hamda qarama-qarshi vaziyatlarni hal qila olish qobiliyatiga bog‘liq. Murakkab vaziyatda tanlash 
va muammolarni hal qilish qobiliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxslararo muloqot madaniyati 
me’yorlarini bilishga bog‘liqdir. 
Bunday vaziyatda bolaga qarshi bo‘lgan va unda turli xil emotsiyalarni keltirib chiqaradigan 
ijtimoiy voqelik qo‘zg‘atuvchi rolini ijro etadi. Qadriyatli munosabatlarni tabiiy va eng maqbul 
reaksiya sifatida faollashtirishda tarbiyachining vazifasi alohida o‘rin egallaydi. A.M.Prixojan 
ta’kidlaganidek, bolalarda ijtimoiy voqelikka qadriyatli munosabatlarni shakllantirishning 
qulayligi shundaki, bu davrda bola tomonidan voqelikka alohida qiziqish bildiriladi va u 
atrofdagilar tomonidan baholashning ahamiyati tufayli axloqiy me’yorlarga rioya qilishga moyil 
bo‘ladi. 
Shu bilan birga, maktabgacha katta yoshdagi bolalar o‘z harakatlarida ko‘rgazmali 
namunaga: kattalarning xatti-harakatlariga amal qiladi. Bola ko‘rgan xatti-harakatlar shakllarini 
faqatgina anglab qolmasdan, balki tengdoshlarini mustaqil baholashda ham ulardan foydalanadi. 
Buning muhim jihati o‘zlashtirilgan shablonga mos kelmaganligi uchun qat’iy cheklovlar 
qo‘llanilishiga ishonch bildirilgan baholashning qat’iyligidir. Biroq, maktabgacha katta yoshdagi 
bolalar o‘zining xatti-harakatlarini o‘z axloqiy me’yori bilan solishtirishda qiyinchiliklarga duch 
kelmoqda, chunki u hali ham bir lahzalik maylga bo‘ysunishga moyil bo‘lib, ularni bartaraf etish 
axloqiy kompromissni izlashga olib keladi.
Ushbu ziddiyat kuchli his-tuyg‘ularni keltirib chiqarmaydi va bola o‘z xatti-harakatlarini 
ijobiy baholashda davom etaverganligi bilan barham topadi: asosan yengil qoidalar bajariladi, 
murakkablari esa qisman bajarilgan deb hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar qadriyatga 
yo‘nalganlikni e’tiborsiz qoldirilishini tasodifiylik, vaqtinchalik zarurat va hokazo deb izohlaydi, 
bu esa o‘z navbatida boshqa bolalarning harakatlarini baholashda hisobga olinmaydi. Ushbu 
hodisaning xavfliligi bola o‘z faoliyatini o‘zlashtirgan orientirlaridan ajralgan holda qabul 
qilishga, va mavjud ichki ziddiyatni esa murosa yoki unga e’tiborsizlik bilan hal qilishga moyil 
bo‘lganida, axloqiy formalizmning shakllanishida namoyon bo‘ladi. 
Maktabgacha yosh davri bola hayotida va uning shaxsining rivojlanishidagi muhim davr 
hisoblanadi. Ushbu davrda bolalar atrof-muhitning ijobiy va salbiy ta’siriga ayniqsa ta’sirchan. 
Shu munosabat bilan qadriyatlarni tanlash muammosi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bunda 
maktabgacha ta’lim muhiti sharoitida qadriyatli munosabatlarning shakllanish jarayonida 
bolalarga yo‘l ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. U yoki bu qadriyatli yo‘nalganlik va pedagogik 
vositalarni ustuvorligini aniqlashga alohida ehtiyoj mavjud. Bunday vaziyatda, ushbu mexanizmni 
amalga oshirishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bu “kichik Vatan” haqidagi 
tasavvurlarni shakllantirishdir, chunki bu mavzu tushunarli, obrazli va chuqur bo‘lib, o‘zi tug‘ilib 
o‘sgan o‘lkaga g‘amxo‘rlik va ehtiyotkorlik bilan munosabatining rivojlanishiga olib keladi. 
Shuningdek, o‘zlashtirilgan me’yorlarning aksiologik tarkibiy asosini tushunmaslik ushbu 
yosh bosqichining o‘ziga xos xususiyatidir: maktabgacha katta yoshdagi bola uchun motiv emas, 
balki faoliyat natijasi muhimdir. Ya’ni, bola tomonidan u yoki bu talabni bajarilishi bilan bog‘liq 
faoliyatning o‘zi axloqiy harakatlarning sabablaridan ko‘ra muhim elementdir. Demak, salbiy 
natijaga olib keladigan harakat, sodir bo‘lgan voqeaning tasodifiyligidan qat’iy nazar, umuman 
salbiy deb izohlanadi. 
Turli yosh davrida bolalarda qadriyatli munosabatlarning shakllanish jarayonining o‘ziga 
xos xususiyati munosabatlarni shakllantirishning ma’lum mexanizmlarining ustunligi orqali 
namoyon bo‘ladi, shuningdek bu qadriyatli soha va standart sifatida qo‘yilgan idealga bog‘liq. 
Maktabgacha katta yosh davrida bolada taqlid qilish, sub’ektivlik va empatiya ustunlik qilib, 
bolaning idrok etishi asosan shaxsiy yo‘nalganlikdan kelib chiqadi. 
T.A.Gello fikriga ko‘ra, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda aksiologik ongni 
shakllantirish, birinchi navbatda, hududning mintaqaviy komponentini hisobga olgan holda, xalq 
pedagogikasi manbalari va vositalarining to‘plamini maxsus tanlashga yo‘naltiradigan qadriyatli 


252 
ong strukturasi, mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash bilan belgilanadi, bu folklor orqali turli 
xalqlarning madaniy xususiyatlari bilan tanishish jarayonida axloqiy-insonparvar qadriyatlar 
to‘g‘risidagi bilimlar bilan bola ongini boyitishga yordam beradi. Shuningdek, “tarbiyachi – 
tarbiyalanuvchi”, “bola – bola”, “bola – ota-ona”, “ota-ona – bola” tizimlari doirasidagi qadriyatli 
o‘zaro munosabatlar asoslarini hisobga olish muhim rol o‘ynaydi, bu bolaga sub’ektiv-erkin 
qadriyatli munosabatni, uni qo‘llab-quvvatlash va hamrohlik qilishni oldindan belgilaydi va 
nafaqat qadriyatli ongni shakllantirish metodikasi va texnologiyalarini qo‘llay oladigan, balki bola 
shaxsining sub’ektivligini rivojlantirishga yordam beradigan tarbiyachi kompetentining ma’lum 
bir darajasini talab qiladi. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy voqelikka qadriyatli munosabatlarni 
shakllantirish jarayonini konkretlashtirib, biz quyidagi strukturaga ega bo‘lgan M.Rokichning 
qadriyatlar tasnifiga murojaat qilamiz: 

hayotiy qadriyatlar (salomatlik, xavfsizlik, ziddiyatlardan xoli dunyo); 

shaxsiy qadriyatlar (erkinlik va mustaqillik, tanlash imkoniyati va uning ongliligi, ichki 
xotirjamlik, o‘z qadr-qimmatini sezish, yutuq hissi, donolik); 

maishiy qadriyatlari (shinam hayot, xursandchilik, faollik); 

ijtimoiy qadriyatlar (tenglik va teng imkoniyatlar, harakatlarni jamiyat tomonidan tan 
olinishi va adolatli baholanishi, do‘stlik); 

hamkorlik qadriyatlari (yaqinlarga g‘amxo‘rlik, go‘zallikni tushunish, yordamga kelish 
qobiliyati). 
Bolada o‘rganish jarayoniga bo‘lgan qadriyatli munosabatlarni shakllantirish mazkur davrda 
dolzarb muammo hisoblanib, unda g‘ayrat, faoliyatga berilish, o‘z mehnati natijalariga qiziqish 
ortib boradi. O‘qish kichik maktab yoshidagi bolalarning faoliyat turi bo‘lib, u eng muvaffaqiyatli 
baholanish xususiyatiga ega, biroq, bu holatda nafaqat topshiriqlarni bajarish natijalari, balki butun 
vaqt davomida sarflangan sa’y-harakatlar ham baholanishi kerak. 
Bundan tashqari, bola uyda, maktabda, ko‘chada tengdoshlari va kattalar bilan muloqotning 
turli xil modellari bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy o‘zaro hamkorlik 
ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish