֍
–
֍
–
֍
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA FAOLIYATINI
TASHKIL ETISH
Rejametova
N.I.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, dotsenti v.b.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasida “maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va
jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimiga
263
innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish”
1
kabi
ustuvor vazifalar belgilandi. Bu vazifalarni amalga oshirish maktabgacha yoshdagi bolalarni
davlat talablariga muvofiq tarbiyalash va turli xil musiqiy ta’lim berish dasturlarini ishlab chiqish
hamda tarbiyalanuvchilarning musiqiy ijodkorligini shakllantirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Musiqiy tarbiya maktabgacha ta’lim tashkilotlarida belgilangan talablar doirasida amalga
oshiriladi. Bunda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat
talablari va “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida faoliyat tashkillashtiriladi. Musiqiy faoliyat bolada
ijodkorlikni shakllantirish maqsadida, uning musiqa madaniyatini tarbiyalash va musiqiy
malakalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayondir.
Musiqiy faoliyat – bolaga musiqani sevish va tushunishni o‘rgatish, uning musiqani eshitish
qobiliyatini tarbiyalash va musiqaga havasini rivojlantirish, unga eng sodda ijrochilik
ko‘nikmalarini singdirish (kuylash, hirgoyi qilish) orqali amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tizimida o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviyati va intellekti
shakllanishi barobarida, musiqaning roli ortib bormoqda, ta’lim sohasining integratsiyalashuvi
jarayoni musiqa rahbari – pedagogning kasbiy kompetentligiga nisbatan yangi vazifalarni
qo‘ymoqda.
Musiqa san’ati ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ijod elementlarini o‘rganish, hozirgi davr
yangiliklari bilan boyitish va kelgusi avlodlarga mukammal tarzda yetkazib berish vazifasini
o‘taydi. Bolaning musiqiy, ijodiy faoliyatini rivojlantirishda iqtidorni, mustaqillikni rivojlantirish,
faol, intiluvchan bo‘lishni tarbiyalash, atrof-olamni chuqur tushunish va tahlil qilish kabi
jarayonlar eng asosiy vositalardir.
Musiqa faoliyatining diqqat markazida bolalar uchun o‘quv dasturini yaratish muhim bo‘lib,
dastur bolalar ongiga musiqani (milliy ohanglar vositasida) singdirish, musiqa kuylash, tinglash,
o‘ynash yoki raqsga tushishni, musiqaga tanqidiy baho berishni o‘z ichiga olishi kerak. Musiqiy
faollik bolada badiiy-estetik ongni rivojlantirish, o‘zini ifoda etish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va
qadrlashga yo‘naltiradi.
Xorijiy manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, musiqa bolani tez rivojlantirib, o‘zini taqdim
etish usullarini o‘zlashtirishga, ichki tuyg‘ularini ifoda etishga, shaxs sifatida namoyon eta olish
qobiliyatini o‘stirishga xizmat qiladi
2
. Shuningdek, Janubiy Avstraliyada musiqiy dasturning
maxsus yo‘nalishlari bo‘lib, ular ta’lim muassasalarida tadqiqot sifatida o‘tkazilishga ruxsat
berilgan, unda o‘quvchilar va talabalar o‘z mahoratlarini mustaqil tarzda namoyon etishga
imkoniyat yaratilgan
3
.
Musiqa barcha davrlarda ham bolaning umumiy rivojlanishining zaruriy sharti bo‘lib kelgan.
Bola tug‘ilmasdan, musiqa tovushlariga munosabat bildira olishi olimlar tomonidan e’tirof etiladi.
Bo‘lajak ona eshitadigan musiqa o‘sayotgan bolaning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning
didini ham tarbiyalaydi. Kichkintoyni musiqa bilan tanishtirishni imkon qadar erta boshlash,
musiqiy rivojlantirish mashg‘ulotlarini kechiktirmaslik kerak. Bunda bolaning sensitiv davrini
o‘tkazib yuborish bilan birga, bu qobiliyatlar rivojlanishining orqada qolishiga sabab bo‘lish xavfi
bor.
Musiqiy rivojlanish umumiy rivojlanishga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi: emotsional soha
shakllanadi, tafakkur takomillashadi, bola go‘zallik va san’atga nisbatan sezgir bo‘lishni
o‘rganadi. Turli vositalar orqali emotsiyalar, didni tarbiyalash bilan bolani musiqiy madaniyatga
oshno qilish, uning musiqiy qobiliyatlarini kashf etish mumkin.
Musiqiy tarbiya bilan shug‘ullanganda oltin fondimiz, xususan ajdodlar qoldirgan
manbalarni o‘rganish muhimdir. Bu borada buyuk olim Forobiyning ilmiy konsepsiyasini, uning
musiqaga nisbatan munosabatini, ma’naviy aqliy muammolarni o‘rganish va yosh avlodga
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-son qarori//O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari
to‘plami. - T., 2019.-B.39.
2
Music. Arts education teacher guidelines. Dublin 2000.
3
Music for a world class education/ Music education strategy 2019 to 2029. South Australia 2019.
264
o‘rgatish zarurdir. Forobiy o‘z ishlarida “sahovatli shahardagi ahloqiy va estetik oliy
maqsadlarning eng yaxshi namunalarida mujassamlashtirishga qodir bo‘lgan san’atning roliga”
alohida e’tibor qaratadi, uning nazarida san’at insonning tarbiyasi hamda uning kamolotiga katta
ta’sir qiluvchi kuchdir.
Musiqiy ijodkorlik tarkibini aniqlash bolaning u yoki bu musiqiy faoliyat turi bilan
shug‘ullanishida o‘ta zarur bo‘ladigan musiqiy qobiliyatlarni belgilash imkonini beradi. Musiqiy
qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy jihatlari kishining individual o‘ziga
xosliklaridagi asosiy xususiyat bo‘lib hisoblanadi. Aynan mana shu qobiliyatlar kishining shaxs
sifatida shakllanishini belgilashi va uning individualligi darajasini oshirishda o‘z aksini topgan.
Musiqa bolaga har tomonlama yordam berishi, tevarak-atrofni obrazli-emotsional idrok
etishi va bola xarakterining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi uchun musiqa tarbiyasining
maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
1.
Bolaning musiqaviy qobiliyatini rivojlantirish.
2.
Bolalarni qo‘shiq kuylash va musiqaviy-ritmik malakalarga o‘rgatish. Ularda musiqani
qabul qilish, his etish va tushunish qobiliyatlarini tarbiyalash.
3.
Bolada badiiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish. Bu vazifalarning hammasi bir-biri bilan
o‘zaro mustahkam bog‘lanadi.
Musiqaviy rivojlanishi tufayli bolalar musiqa obrazlarini – ularning atrofdagi qo‘shimcha
obrazlarni aniq his eta boshlaydilar. Bu esa o‘z navbatida, ularning tevarak-atrofini bilishda,
estetik baholashni tarbiyalashda, badiiy didni, musiqaga muhabbatni tarbiyalashda katta
ahamiyatga ega. Bolaning musiqaviyligi uning aktiv musiqaviy faoliyati orqali tarbiyalanadi.
Pedagog mashg‘ulotlarda bolalar diqqatini tashkil etish va yo‘naltirish orqali qabul qilayotgan
ma’lumot haqida o‘ylash, qiziqish uyg‘otish, taqqoslay olishga yordam beradi.
Bolalarda musiqa mazmuniga tushunarli munosabatda bo‘lish paydo bo‘ladi, musiqani
diqqat bilan va ko‘proq vaqt tinglashga ishtiyoq tug‘iladi. Musiqaviy asarlarni tinglash bolalar
ishtirokisiz bo‘lmasligi kerak. Musiqa orqali beriladigan kayfiyat ularda javob tuyg‘usini
uyg‘otish kerak. Turli xil metodik usullar orqali bolalarni musiqaviy jarayonlarni bajarishga jalb
qilish mumkin: ashula aytish, raqs, o‘yinlar va boshqalar.
Mashg‘ulotlarda bola qanchalik ko‘p vaqt mobaynida tanish musiqa asarini tinglasa,
shunchalik u musiqaviy faoliyatda harakatchan hamda maqsadga qaratilgan holda ishtirok etadi.
Yakka va jamoaviy suhbatlar musiqaga yanada ongliroq munosabatda bo‘lishga yordam beradi.
O‘yinchoqlar, rasmlar, she’riy va obrazli so‘zlar qo‘llanishi orqali qo‘zg‘atilgan hissiy
kechinmalar va shu asosda musiqaviy bog‘lanishlar ortadi. Bu esa, o‘z navbatida, bolaning
musiqiy faoliyati va harakatlarida mustahkamlanadi.
Idrok san’ati o‘zidan keyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, ya’ni, intellektual, bilish,
emotsional kechinmalarni birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o‘zidan o‘zi
kelib chiqishi mumkin emas. Uni o‘rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotdan
boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu
holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo‘lishidir.
Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur. To‘plangan emotsional
musiqaviy taassurotlar va kichik tajribalar qo‘shiq aytishga, musiqa cholg‘ularini chalishga, badiiy
xalq qo‘shiqlariga jo‘r bo‘lishga olib keladi.
Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqiy taassurotlar to‘plana
boshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg‘uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga
musiqani idrok etishning payida bo‘lishi vazifasini qo‘yamiz. Tashqi ta’sir etish orqali musiqiy
taassurotlar yig‘indisi vazifalari:
1.
Estetik idrok – bu 2 asosiy komponentlar yig‘indisidir: emotsionallik va tushunarlilik.
2.
Hayol, harakat lahzasi-ritm – maktabgacha yoshdagi bolalar tanish, sokin va quvnoq
musiqalarni ajrata oladilar. Masalan: marsh, raqs, alla, polka.
Musiqani eshitish, estetik idrok etish uchun musiqani bolaning hissiyotiga va kayfiyatiga
ta’sir etish. Bolalarga yangi asarni tanishtirar ekanmiz ularda musiqani his qilish, u bilan birga
265
kechinmalarni boshdan kechirishga o‘rgatamiz. Qardosh va chet el qo‘shiqlari va raqslarini
o‘rgatish asnosida bu xalqlarning an’analari, tarbiyasi bilan ham tanishtiramiz. Musiqaning boy
janrlari – qahramonlik obrazi yoki lirik obrazlarni, yumor yoki raqsona kuyni eshitib tushunishga
undaydi. Jamoa bo‘lib kuylashda, raqs va o‘yinlarda bolalardagi birdamlik namoyon bo‘ladi,
chunki bolalar bu jarayonlarda o‘zlarini jamoa deb his qiladilar. Jamoa bo‘lib kuylash jarayonida
bola o‘zini yolg‘iz his qilmaydi va asta-sekinlik bilan uning individual rivojiga ham ta’sir qiladi.
Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida turli faoliyatlarni qo‘llash (qo‘shiq kuylash, tinglash, musiqa
cholg‘u asboblarida ijro etish, musiqiy ritmik harakatlar) bolalarda diqqatni jamlash, tez reaksiya
va irodasini kuchaytiradi: qo‘shiq kuylash jarayonida birga boshlab birga tugatish; raqs va o‘yin
jarayonida musiqani tempini sezish talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda,
Do'stlaringiz bilan baham: |