maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqiy faoliyat bola shaxsining
nafaqat kayfiyatiga, estetik rivojiga balki umumiy organizmiga ham ta’sir o‘tkazadi. Bola musiqa
tinglaganda, kuylaganda, raqs davomida butun organizm faoliyat olib boradi (nafas yo‘llari,
mushaklar, qon aylanishi, asab tizimi va boshqa a’zolar), bolaning ruhiy rivojiga ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘shiq kuylashda bolalarda ovoz apparati, tovush paylari va talaffuzi rivojlanadi. Bola to‘g‘ri
o‘tirib kuylaganida tanasi, ko‘krak qafasi va nafas organlari yaxshi ishlaydi. Pedagog bolalarda
musiqiy tasavvurni vujudga keltirish uchun obrazli va she’riy so‘z orqali ashula, o‘yin, eshitish
uchun pesa syujetini yoritadi, bolada paydo bo‘ladigan hayolni qo‘zg‘aydi, obrazlarni jonlantiradi,
uni syujet asosida fikrlashga jalb qiladi. Shunday yo‘nalishdan keyin musiqani idrok etish bolada
emotsional tushunarli bo‘ladi. So‘z orqali natijani ifodalash va asarga baho berish tarbiyachining
mohir rahbarligi ostida asta-sekin badiiy-musiqaviy didni paydo qiladi.
Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PQ-4312-son qarori // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. – T., 2019. -B.39.
2.
Music. Arts education teacher guidelines. Dublin 2000.
3.
Music for a world class education / Music education strategy 2019 to 2029. South
Australia 2019.
4.
Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi. – T., 2019. -B.192.
֍
–
֍
–
֍
MUSIQA MADANIYAT FANINI O‘QITISHDA FAOLIYAT TURLARIDAN
FOYDALANISH METODIKASI
Ro‘zmatov Z.
Toshkent davlat pedagogika universiteti, magistrant
Musiqa madaniyati fani umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining musiqani ixtiyoriy
sevib o‘rganishlarida uni badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo‘lib kuylash, raqsga tushish va
ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish har bir bo‘lajak muciqa o‘qituvchisi oldida turgan ulkan
vazifalardan biridir. O‘quvchilarda musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san’atiga mehr va
ishtiyoqni oshirish, musiqa san’atiga qiziquvchi iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni kasbiy va
layoqatlilik darajasini yanada oshirish uchun albatta zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish talab
etiladi. Qolaversa, ularning badiiy ehtiyojlarini milliy musiqaga suyanilgan holda qondirish
masalalari musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari etib belgilanganligi Davlat ta’lim
standartlari va malaka talablarida o‘z aksini topgan. Musiqa madaniyati fani o‘quvchilari dars
mavshug‘lotlariga tayyorgarlik ko‘rish darajasi yuqorida tilga olgan me’yoriy hujjatlarda o‘z
aksini topgan. Musiqa madaniyati o‘quv fanining mazmuniga bo‘lgan talablar nazariy va amaliy
faoliyatlar majmuasidan tashkil etib, ular quyidagi mavzularda o‘z aksini topgan. Musiqa savodi,
xonandalik, cholg‘u ijrochiligi, musiq va tinglash faoliyati, musiqa ijrochiligi, xonandalik, xor,
266
ansambl, orkestr, bastakorlar va kompozitorlar ijodini, o‘zbek xalq cholg‘u asboblarini bilish,
mashhur o‘zbek xalq sozanda va xonandalar ijodiy faoliyati, musiqiy atama va iboralari, musiqa
janrlari, musiqada zamonaviylik va zamonaviy musiqa, milliy estrada musiqasi va uning ijrochilari
kabi mavzular asosida milliy musiqa madaniyatimizni o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Bu mavzular
dars jarayonida quyidagi o‘quv faoliyatlarida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar vositasida
bajariladi:
Musiqa tinglash.
Jamoa bo‘lib kuylash.
Musiqa savodi.
Musiqa ijodkorligi.
Musiqa tinglash ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi. Ularni kuylash, tinglash
faoliyatlari vositasida o‘rganish bilan bir qatorda cholg‘uchilik, musiqali harakatlar, ijodkorlik
faoliyatlari bilan har tomonlama o‘rganish va o‘zlashtirish, musiqiy tavsiflarni ifodalash
imkoniyati yaratiladi. O‘zbek xalq musiqasi, o‘zbek bastakorlari va kompozitorlarining musiqiy
asarlaridan namunalar tinglanadi.
Jamoa bo‘lib kuylash faoliyati o‘quvchilarning musiqiy qobiliyati hamda ijrochilik
malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida o‘quvchi o‘z
ovoz ijrosini boshqarishni va ustozlari ijrosini eshitib, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat
jo‘rnavozlik qilishga intiladi. O‘zbek xalq qo‘shiqlari, o‘zbek bastakorlari va kompozitorlari
qo‘shiqlari, jahon va qardosh xalqlar kompozitorlari qo‘shiqlari, mahalliy musiqa uslublariga oid
folklor qo‘shiqlaridan namunalar kuylaydilar.
Musiqa savodi barcha bilimlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsdan
qaysi faoliyat mashg‘uloti (tinglash, ijro etish, musiqiy harakatlar) bo‘lmasin, berilgan mavzudagi
asar o‘rganiladi va uning xususiyatlari (janri, shakli, tuzilishi, ijrochiligi) haqida yangi
tushunchalar hosil bo‘ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota yozuvlarini o‘rganishdan iborat
bo‘lmay, balki o‘quvchilarning musiqiy bilim saviyasini tarkib toptiruvchi umumiy bilim,
tushunchalar majmuasini (ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy
musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, nota savodi) tashkil etadi. Musiqa savodida
musiqiy atamalar, an’analar, templar (sur’at), intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar,
musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minor ladlari haqida tushuncha
beriladi. Musiqa tinglash, yakkanavozlik va jo‘rnavozlikni ajrata bilish, ansambl va orkestr ijrosini
farqlay bilish, sozlar va sozlar tembrini ajrata olish, musiqiy did va idrokni rivojlantirish. O‘zbek,
qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash ta’lim mazmunini tashkil
etadi.
Musiqa ijodkorligi qo‘shiq ijrochiligi, sozlar ijrochiligi, raqs ijrochiligi, yakka va jamoa
bo‘lib ijro etish, xalq va kasbiy musiqa, bolalar kuy va qo‘shiqlari, ommaviy xalq kuy qo‘shiqlari,
maqom, dostonlar, zamonaviy musiqa ijodi, xalq sozanda va xonandalari ijodini bilish.
Musiqaning ifodaviy tili: kuy, ritm-usul, sur’at, o‘lchov, registr, dinamik belgilar bilan tanishish.
Major va minor ladlarini farqlay bilish. Oddiy musiqa shakllari: bir qismli, ikki qismli va uch
qismli musiqa shakllari. Kupletli, rondo, sonata, syuitalar haqida tushunchaga ega bo‘lish. Musiqiy
janrlar: ashula, raqs, vals, marsh kabi janrlarini farqlay olish. Asosiy musiqiy faoliyat turlari:
bastakor, kompozitor, ijrochi sozandalar ijodi bilan tanishish. Ijrochilar: ansambl, orkestr, xalq va
professional sozandalar ijrochiligi haqida tushunchaga ega bo‘lish. Xor ijrochiligi: bolalar, ayollar,
erkaklar bilan tanishish. Partiya ovozlari: soprano, alt, tenor, bas ovozlarini farqlay olish. Musiqa
san’atining boshqa san’at turlari bilan bog‘liqligi adabiyot, kino, teatr kabi san’atlar bilan
bog‘liqligi. Atoqli o‘zbek bastakorlari va kompozitorlari, qardosh xalqlar kompozitorlari, atoqli
o‘zbek xalq sozanda va xonandalari, mashhur ansambllari, orkestrlari va xor jamoalari haqida
tushunchaga ega bo‘lishda ushbu san’at turlarini bilishning ahamiyati katta. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida o‘tiladigan barcha fanlar qatorida o‘quvchilar musiqa madaniyati fanidan ma’lum
darajada bilim, ko‘nikma va tajribalarga ega bo‘lishi lozim.
267
Mazkur talablarni 1-7 sinflarda tashkil etishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi masalasi
yuzasidan shaxsan o‘zim tomonimdan olib borilgan o‘rganishlar natijasida quyidagi fikr
mulohazalarni bayon etishni jazm qildim. Xususan, Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilar
ushbu bilimlarni o‘zlashtirishlari lozim deb hisoblayman. Ya’ni,
shoir va yozuvchi, bastakor va komozitorlarni bir-biridan farqi haqida tushunchaga ega
bo‘lish;
musiqaning badiiy tavsifi (quvnoq, sho‘x, g‘amgin va v.b.)ni bilish;
musiqaning tasviriy tavsifi (tabiat, o‘yin, ertak, hazil, o‘yinchoqlar obrazlari, kundalik
hayot) haqida tushunchaga ega bo‘lish;
nota yozuvi, skripka kaliti, yetti tovush haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish; musiqiy
ifoda tavsifiga qarab ijro tiplari sust, sekin, o‘rta va tez sur’atlarda ijro etilishini bilish;
kuyga tavsif berish (sekin, tez, sakramali) va unda nima ifodalanganligini bilish;
xalq cholg‘u asboblaridan doira, rubob, nog‘ora, karnay bilan tanishish;
tovushlarni baland va pastligi, yuqorilashib va pastlashib borishi, uzun va qisqaligi haqida
tushunchaga ega bo‘ldi.
Mazkur bilimlar asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari asarning nomi,
ijodkorlari va badiiy mazmuni haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish; musiqaning ifoda tili-kuy,
registr va dinamik tuslari haqida tushunchaga ega bo‘lish, nota yozilishida yetti asosiy bosqichning
joylashuvini bilish; cholg‘u asboblari, g‘ijjak, qashqar rubobi, nog‘ora bilan tanishish;
yakkanavoz, yakkaxon, cholg‘uchilar va xonandalar ansambli haqida tushunchaga ega bo‘lish;
kuyning tuzilishi, uning ifoda vositalari haqidagi tushunchalarni bilishlari lozim.
Musiqa madaniyati fanidan o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak. Jumladan,
xalq musiqa ijodi haqida tushunchaga ega bo‘lish; o‘zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari:
qo‘shiq, alla, lapar, yalla, terma, bolalar qo‘shiqlari, ommaviy kuylar haqida tushunchaga ega
bo‘lish; o‘zbek musiqasida bastakorlik uslubi hamda kompozitorlik ijodi haqida umumiy
tushunchaga ega bo‘lish; rus, dunyo xalqlari musiqasi va O‘zbekistonda yashovchi xalqlarining
musiqasi haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lishlari ushbu ta’kidlab o‘tilgan sinflarda
o‘quvchilarniig musiqiy qobiliyatini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |