268
PQ-4312-sonli qarori qabul qilindi. Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni
rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi
bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Biz, Maktabgacha ta’lim sohasi vakillariga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan
tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat dasturi amalda. Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini
yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv
dasturini ishlab chiqish huquqiga ega.
Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb
etgan holda tuzilishi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanish imkoniyatlari berilgan.
Bunday imkoniyatlar davlatimiz tomonidan Maktabgacha ta’lim sohasiga katta e’tiborni bildiradi.
Har qanday sohada bo‘lgani kabi MTTning ham o‘z maqsad va vazifalari mavjud.
MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning
har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga
oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar
berishni tashkil etish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil
qilish va amalga oshirish.
Bu maqsad va vazifalar maktabgacha ta’lim sohasi vakillaridan katta mehnat, izlanish, o‘z
vazifalariga nisbatan mas’uliyatni talab etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini
tashkil etish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyati va salohiyatlarini hisobga olish;
ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning
harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy-madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat,
boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash jamoaviy
ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar
bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib
borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun
zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish,
“Men” obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni
ko‘zda tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyati va axloq sub’ekti sifatidagi
yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: