B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 
ta’lim
-
tarbiya
 
jarayonida
 
ta’lim-tarbiya 
muammolarini, milliy, umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lagan holda hal 
etish, ma’naviy meros va milliy qadriyatlariga tayangan holda yosh avlod ongiga yetkazish 
usullarini qo‘llaydi. Pedagog o‘quv faoliyatini tashkil etishda har bir bolaning individual 
qobiliyati, ehtiyoji va qiziqishini inobatga olgan holda zamonaviy ta’lim hamda innovatsion 
texnologiyalardan foydalanib rejalashtirishi zarur. 
O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish jismoniy, aqliy, axloqiy, 
estetik ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi metod va usullarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 
amaliy hayoti bilan bog‘lab, oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har tomonlama 
rivojlantirish ishini amalga oshiradi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo‘yiladigan Davlat talablari asosida ishlab chiqilgan dasturda kun davomida bolalarga 
bilimni tartibli bayon qilish usullarini, zaruriy ko‘nikma va malakalarni, kompetesiyalarni 
singdirish, ularning ongi va xulqiga ta’sir etish, aqlini, idrokini, dunyoqarishini va bilish 
faolligini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. Pedagog dastur talablariga muvofiq ravishda har 
bir bolaning qiziqishlari va ehtiyojlarini, ijodkorlik va tadqiqotchilik erkinligini, 
muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beradigan ta’limni ta’minlashi zarur. 
Ta’limiy-tarbiyaviy jarayon “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturida tavsiya etilgan mavzular 
asosida hududiy, milliy, madaniy xususiyatlar va bu jarayonda maktabgacha ta’lim tashkilotining 
imkoniyati va o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Bir hafta davomidagi 
faoliyatlarda bitta mavzu o‘tiladi va o‘zlashtiriladi. Mavzu umumiy guruh va rivojlanish 
markazlarida olib boriladigan faoliyatlarda o‘z aksini topadi. Ta’lim jarayonining asosiy 
mavzusini tanlash, albatta, bolalarning barcha faoliyati bu mavzuga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak, 
degani emas. Ya’ni markazlardagi faoliyat mavzularini oy va hafta mavzulari va umumiy 
maqsaddan chetlashmagan holda o‘zgartirish va boyitish tavsiya etiladi. 
Mavzuning 
asosiy 
muddatlarga 
taqsimlashdan 
maqsad 
– ta’lim jarayonini 
integratsiyalashtirish va bolalar faoliyatini ta’lim sohalari bo‘yicha asossiz taqsimlanishining 
oldini olishdan iborat. 


254 
Ta’lim faoliyati mazmuni quyidagi ta’lim sohalarini o‘z ichiga oladi: 
• jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; 
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish; 
• nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; 
• bilish jarayonining rivojlanishi; 
• ijodiy rivojlanish. 
“Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida quyidagi rivojlanish 
markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi:
- Qurish-yasash va matematika markazi
- Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi
- Til va nutq 
- Fan va tabiat markazi 
- San’at markazi. 
Guruhlardagi markazlar shunday tarzda yaratilishi kerakki, u bolaga mustaqil tanlash va 
iqtidorini namoyon etish imkonini bersin. Guruhlar markazlar bilan jihozlangan bo‘lib, ularning 
har birida yaratish va o‘yinlar uchun yetarli miqdordagi materiallar o‘rin egallaydi. 
Yuqoridagilarga tayangan holda, katta guruh uchun rivojlantiruvchi markazlarda tashkil 
etiladigan ta’limiy faoliyatdan namuna keltiramiz. 
Aprel mavzusi: “Er sayyorasi – umumiy uyimiz” 
2-hafta mavzusi: Koinot sirlari 
Maqsad: bolalar quyosh tizimi, oy, yulduzlar va sayyoralar haqida ma’lumotga ega 
bo‘ladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: Quyosh tizimi tasvirlangan A-3 formatda ko‘rgazma, koinot 
sur’atlari, oy va sayyoralar rasmli kartochkalari, raketa chizish uchun ketma-ketli sxema, raketa 
yasash namunasi. 
Faoliyatning borishi: 
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, men bugun sizlarni sayohatga taklif etaman, sayohatga 
chiqishni istaysizlarmi? 
Bolalar: Ha albatta, juda ham xohlaymiz! Ammo qaerga sayohat qilamiz? 
Tarbiyachi: Aytgancha, sizlarga aytish yodimdan ko‘tarilibdi, sayohatimiz “Quyosh tizimi” 
bo‘ylab o‘tkaziladi. Bolajonlar, sayohatga chiqishdan avval sizlarga bir nechta savollarim bor. 
Keling, shu savollarga javob topaylik, keyin esa yo‘lga tushamiz.
Tarbiyachi: Hozir o‘lkamizda qaysi fasl? 
Bolalar javobi. 
Tarbiyachi: Bu faslda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? 
Bolalar javobi. 
Tarbiyachi: Juda yaxshi, mening bilimdonlarim. Endi topishmoqlar aytaman. Topgan 
topaloq. 
Oyga qush ucha olmas, 
Samolyot yetib bormas. 
Ammo, yerdan yalt etsa, 
Qo‘nar oyga...(Raketa). 
Tunda ko‘rsatadi yo‘l, 
Yulduzlarni sana, bo‘l! 
Barcha uyquda, ammo, 
Nur taratar...(Oymoma). 
Moviy rangli sayyora, 
Hayot uchun tayyora. 
Ayamay mehringni ber, 
Budir bizning ona...(Er). 
Tunda chiqar onasi, 


255 
Necha minglab bolasi. 
Bekinishar qo‘rqqandan
Kelib qolsa otasi...(Oy, yulduz, quyosh) 
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar! Bulutsiz ochiq tunda, tiniq osmonga nazar tashlasangiz – 
boshingiz uzra osmonning minglab kichkina yorqin nuqtachalar bilan to‘la ekanligini ko‘rasiz. Bu 
yulduzlardir, ular bizdan juda uzoqda bo‘lganligi uchun, mayda bo‘lib ko‘rinadi. Har bir 
yulduzning o‘z nomi bor: Sirius, Qutb yulduzi, Aldebaran, Vega. Quyosh ham yulduz hisoblanadi. 
Quyosh atrofida sakkizta sayyora aylanadi. Barcha yulduz va sayyoralar quyosh tuzilmasini tashkil 
qilib, uning markazida Quyosh turadi. Bizning sayyoramiz Yer. U quyosh tuzilmasidagi uchinchi 
sayyoradir. Sizlarga navbatdagi savolim, mana hozir biz yulduzli osmonga sayohat qilayapmiz 
sizlar qanday sayyoralarni, yulduzlarni bilasizlar?
Bolalar javobi. 
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar. Keling, hozir sizlar bilan bir oz charchoqlarimizni 
chiqarish uchun harakatli o‘yin o‘ynaymiz. Musiqa sadolari ostida barchamiz raketa bo‘lib 
uchamiz. Musiqa tugashi bilan sehrli gilamcha ustidagi planetalarga (halqalarga) borib turamiz. 
Agarda kimda kim halqalarga borib joylasha olmasa va halqalar yetmay qolsa u ishtirokchi katta 
halqa (Quyosh) ichida qoladi hamda atrofdagilarga halaqit bermaydi. O‘yinimiz tushunarlimi, 
unda boshladik. 
Tarbiyachi: O‘yinimiz sizga yoqdimi? Ana endi turli rangdagi qog‘ozlardan kosmik raketa 
yasaymiz. 
Bolalar ijodiy yondashadilar. 
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, turli-tuman, bir-biridan chiroyli raketalar yasadingizlar. Ana 
endi koinotga uchamiz. Uchdik... “Yulduzli osmon”ning o‘ziga xos topshiriqlari bor ekan. Bizdan 
ham ushbu topshiriqlarni bajarishimizni talab qiladi. Hozir bolajonlar, qo‘llarimizdagi shakllarga 
qarab guruhlarga bo‘linib olamiz va topshiriqlarni bajarishga kirishamiz. 
1-topshiriqni “Fazogirlar” guruhi “Qurish-yasash va matematika” markazida o‘z kosmik 
raketalarini qurish bilan bajradilar. 
2-topshiriqni “Ixtirochilar” guruhi “Fan va tabiat” markazida oyning bosqichlarini 
o‘rganadilar. Buning uchun fonarcha, oq qog‘oz va koptok kerak bo‘ladi. Koptokni ustiga 
fonardan yorug‘lik tushirilsa, oy bosqichlarini ko‘rish mumkin. Masalan, to‘linoy uchun koptokni 
markazda ushlash lozim. 
4-topshiriqni “San’atkorlar” guruhi “Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish” markazida 
Oymoma haqida ertakni sahnalashtiradilar. 
5-topshiriqni “Olimlar” guruhi “Nutq va til” markazida o‘zga sayyoraliklardan kelgan 
xabarni bizga tarjima qilib beradilar. 
O‘zga sayyoraliklar alifbosi kaliti: 


256 
Xabar mazmuni - “Yerliklar, o‘z sayyorangizni asrang!”. 
Tarbiyachi: Ofarin bolajonlar, siz men kutgandan ham chaqqon va zukko ekansizlar. Bugun 
sizlar bilan “Yulduzli osmon”da ham sayohat qildik, ham bilimlarimizni oshirdik. Bolajonlar, 
bugungi faol ishtirokingiz va odobingizni ko‘rib mamlakat vakillari sizlarga sovg‘alar taqdim 
qilmoqchilar, qani marhamat! 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish