B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARI BILAN 
ALOHIDA ISHLASH BO‘YICHA METODIK TAVSIYALAR 
 
Azizov R. 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, o‘qituvchi 
 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bilan musiqa mashg‘ulotlaridan 
tashqari olib boriladigan mashg‘ulotlar bolalarni har jihatdan barkamol etib tarbiyalashga zamin 
yaratadi. Avvalam bor, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning yoshiga mos 
holda repertuar tanlash, bolalar yoshiga mos asarlarni to‘g‘ri ijro etish metodikasi katta ahamiyatga 
egadir. Chunki, bolalarning asarni tez va sifatli o‘zlashtirishlari ana shunga bog‘liq bo‘ladi. Asar 
ustida ishlash ko‘pgina sabab va xarakterga bog‘liq, uning tuzilishi xususiyatlari, 
tarbiyalanuvchilarning tayorgarlik darajasi, guruh bolalarining musiqa asarini o‘zlashtirishi bilan 


23 
bog‘liq bo‘lgan turli metodlardan foydalanish bilan birga uni o‘rganish jarayonida bir qancha 
umumiy holatlar ham mavjuddir. Masalan, qisqacha suhbat o‘tkazish, asarni ko‘rsatib berish, 
musiqa tarbiyachisining uni ijro etishi yoki audio va video yozuvlarini qo‘yib eshittirishi, 
tinglangan asar to‘g‘risida suhbat tuzib o‘tkazish – shu musiqa mashg‘ulotida va keyingi 
mashg‘ulotlarda asarni qaytadan namoyish qilishni o‘z ichiga oladi. Musiqa rahbari mashg‘ulotda 
asarni idrok qilishga tayorlashi, ularning asarni chuqurroq anglab olishlariga, his etish va baho 
berishlariga yordamlashuvi zarur. Buning uchun musiqa rahbari asarni birinchi marta ijro etishdan 
oldin qisqacha kirish suhbati o‘tkazadi, bundan ko‘zlanadigan maqsad, bolalarni musiqa 
tinglashga hissiy tayyorlashdir. Odatda, musiqa rahbari tarbiyalanuvchilarni asar muallifi, uning 
hayoti va faoliyati haqida qisqacha gapirib beradi. Asarni yaratilish tarixidan olingan biron holatni 
bayon qiladi, musiqaga umumiy xarakteristika beradi. Asarning mazmuniga va tuzilishining 
o‘ziga xos tomonlariga to‘xtalib o‘tadi. Shundan keyingina bolalarning diqqatini to‘plab va ularda 
qiziqish uyg‘otib asarni ijro etishga kirishadi. Suhbatni ko‘rgazmali qurollar bilan opera 
ko‘rinishlari va mashhur ijrochilarga oid sur’atlar bilan boyitish juda foydalidir.
Tarbiyalanuvchilarning asarga munosabati musiqa rahbarining uni ko‘rsatib berish 
mahoratiga bog‘liqdir. Asarni o‘rganishda uni ijro etib ko‘rsatib berish juda muhim paytdir. Asar 
bilan tanishishda hosil bo‘ladigan birinchi ta’ssurot hamisha yorqin va kuchli iz qoldiradi. U sira 
esdan chiqmaydi. Agar asar bolalarga darrov yoqib qolsa, u holda, bolaning asar ustida ishlashi 
oson bo‘ladi. Aksincha, ularga yoqmagan asar ustida ishlashda musiqa rahbarining bolalarda shu 
asarga nisbatan oldindan tug‘ilgan salbiy tushunchani bartaraf qilishga to‘g‘ri keladi. Bu esa 
bolalarning materialni o‘zlashtirishlariga anchagina g‘ov bo‘ladi. Bolalarning musiqani diqqat 
bilan va huzur qilib tinglashlari uchun asarning yuqori saviyada ijro etishi muhimdir. Asarni 
yuksak badiiy saviyada ijro etishgina bolalarni jalb etishi va tinglangan musiqaga xavas uyg‘otishi 
mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, musiqa rahbarining asarni bevosita ijro etishiga nisbatan 
audio, video yoki internet imkoniyatlaridan foydalanishi ancha beparvolik bilan idrok qilinadi.
Fortepianoni yaxshi chalib, bolalarga imkon boricha ko‘proq chalib berishga intilishi lozim. 
Ammo, musiqa rahbarining o‘zi ijro etadigan asarlarni uyda juda puxtalik bilan tayyorlanishi, 
notalar bilan chalg‘ib qolmaslik, bolalar bilan aloqa qilish, ularga nazar solish imkoniyatiga ega 
bo‘lish uchun asarni sinchiklab o‘rganib olishi zarur. Asarni jo‘shqin, ta’sirli va puxta o‘ylab ijro 
etish kerak. Agar vokal asar bo‘lsa, musiqa rahbari garchi ovozi uncha kuchli bo‘lmasa ham, shu 
asarni so‘zi bilan aytib berishdan tortinmasligi lozim. Asarni yaxshi bilib olish muhimdir, o‘shanda 
musiqa rahbari uni ijro etishi bilan bolalarni qo‘shiqning audio, video yozuvi yoki internet 
imkoniyatlariga qaraganda ko‘proq jalb eta oladi. Chunki, jonli ovoz hamisha yaxshi eshitiladi. 
Ammo musiqa rahbari hatto haqiqiy xonanda yoki yaxshi pianinachi bo‘lsa ham dasturda 
ko‘rsatilgan, ayniqsa, guruhlarga mo‘ljallangan barcha asarlarni ijro etishni doimo birday 
ta’minlay olmaydi. U bolalarda xor, orkestr, turli cholg‘u asboblari, opera ariyalari, ansambl 
kabilarning eshitilishi to‘g‘risida mukammal to‘liq tasavvurlar va yakkaxon hofizlar ijrosidagi 
musiqa asarlari yozib olingan audio, video yoki internet imkoniyatlari to‘plami bo‘lishi g‘oyat 
zarur. Hozirgi vaqtda dasturdagi ko‘pgina asarlar audio, video yoki internet imkoniyatlarida bor.
Musiqa rahbari audio, video yoki internet imkoniyatlaridagi asarni eshittirar ekan, o‘zi ham 
shu musiqa asari yoki mavzuning ayrim parchalarini dadil, chala bilishi yoki ko‘ylay olishi kerak. 
Musiqa asarini birinchi marta musiqa rahbari to‘liq ijro etishi shart. Agar, bu opera simfoniya yoki 
kontata bo‘lsa, batafsil o‘rganiladigan parcha yoki qism musiqa rahbari tomonidan to‘liq ijro 
etiladi. So‘ngra, tahlil qilish jarayonida musiqa rahbari ayrim musiqa tarkiblarini ba’zi parchalar 
va temalarni chalib kuylab beradi. Provardida esa, go‘yo yakun chiqargandek asarni yana to‘liq 
ijro etadi.
Musiqa rahbari keyingi darslarda materialni mustahkamlash va chuqurroq o‘zlashtirish 
uchun agar bu asar kichkina bo‘lsa to‘liq ijro etadi. Katta bo‘lsa uning ayrim qismlarini chalib 
beradi. Musiqa asarini ijro etgandan keyin musiqa rahbari uni bolalarning bevosita ishtirokida 
suhbat shaklida tahlil qilishga kirishadi. Asarning tuzilishi, xususiyatlari, shakli, pardasi, tonligi, 
garmoniyasi, ohangdoshligi, xarkteri, kuyi, tempi, jo‘rnavozligining roli, xor fakturasi kabilar 


24 
oydinlashtiriladi. Bu tahlilda asarning tuzilishi va tovush berishining tegishli elementlarini kayd 
etish bilangina cheklanib kolmay, balki qo‘shiqdagi badiiy obrazlarni yaqqol gavdalantirish uchun 
kompozitor foydalangan turli ifoda vositalarining rang-barangligini ham ko‘rsatish kerak.
Musiqa rahbari suhbatni jonli, bevosita fikr almashinuv shaklda olib boradi. Puxta o‘ylab 
qo‘yilgan bir qancha savollarni o‘rtaga tashlaydi. Bu savollarga beriladigan javoblarda asar 
mazmunining qanday musiqaviy vositalar bilan ifodalanganligi oydinlashtiriladi. Shu bilan birga, 
u bolalar diqqatini asarning o‘ziga xos xususiyatlariga jalb etadi va ularni musiqa asarni to‘g‘ri 
baholashga asta sekin tayyorlab boradi. Musiqa asarning tinglovchilarga nima uchun shunday 
kuchli ta’sir ko‘rsatganligi suhbatlar davomida bolalarga ayon bo‘lib qoladi. Asar tahlilini 
musiqaning umumiy xususiyatlaridan boshlab tafsiliy ravishda ayrim bolalarga qarab davom 
ettirish va tugallash zarur.
Musiqa rahbari asar haqidagi fikrini va unga beradigan bahosini bolalarga aslo zo‘rma-
zo‘raki holda o‘tkazmasligi lozim. Oqilona o‘tkazilgan suhbat, ma’lum maqsadni ko‘zlab berilgan 
aniq savollar, bolalarning ustalik bilan o‘z vaqtida muayyan maqsadga yo‘naltirilgan fikrlari, 
musiqa rahbarining suhbat mazmunini ishonarli qilib asosli ravshda yakunlashi musiqani to‘g‘ri 
tushunishga yordam beradi va bolalarning to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yo‘l ochadi. Suhbatlarni 
bolalarning faol ishtirokida maroqli, zavqli qilib o‘tkazish lozim. Guruhda shunday ijodiy vaziyat 
tug‘dirish kerakki, bunda bolalar tinglashgan asarda o‘zlarini nimalar hayajonlantirganligini, 
ayniqsa, nimalar ularga yoqib qolganligini tortinmasdan, samimiy ravshda gapiradigan bo‘ladi.
Musiqa rahbarining izohlari juda aniq, qisqa, mantiqiy va konkret bo‘lishi, bularning 
hammasi musiqani bevosita idrok yetish bilan albatta mustaxkamlana borishi kerak. Yuqori 
guruhlarda musiqa rahbari og‘zaki tushuntirishlarni ancha qisqartirishi mumkin. Chunki, bolalar 
ko‘pgina tarixiy va nazariy ma’lumotlarni tushuntirib berishlari mumkin, shu bilan birga, musiqa 
rahbari musiqa masalalari yuzasidan bolalarga tushunarli bo‘lgan turli adabiyotni, 
kompozitorlarning hayoti va ijodi to‘g‘risidagi bola kutubxonasi seriyasida nashr etilgan ayrim 
musiqa asarlari xaqidagi arxivlardagi ma’lumotlar to‘plamini tavsiya qilishi kerak. Bu adabiyot 
bolalarning faolligi va mustaqil fikrlashini kuchaytirib borishga yordam beradi.
Bolalarga bastakor va kompozitorlarning musiqa asarlari to‘g‘risida qo‘shimcha 
ma’lumotlardan olingan eng muhim va qiziqarli ma’lumotlarni tushuntirib berishlari tavsiya etish 
yanada foydali bo‘ladi. Musiqa rahbari keyingi darslarda asarni qayta ijro etishda shu asar haqidagi 
ma’lumotlar doirasini asta-sekin kengaytiradi. Yangi tavsilotlarni bayon qiladi. Asar tuzilishining 
boshqa xususiyatlariga diqqatni jalb etadi. Asarning ko‘p marta takrorlanish uning yaxshiroq xis 
etishga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish