29
Bu omillarning har biriga to‘xtalib o‘tar ekanmiz, birinchi navbatda, siz olib bormoqchi
bo‘lgan faoliyat bolaning yoshiga mos bo‘lishi kerak. Masalan: siz bolaga birorta she’r yoki
qo‘shiq yot oldirmoqsisiz, o‘sha she’r bolaning yoshiga mos bo‘lmasa, bolada birinchi navbatda
qiziqish bo‘lmaydi. Keyin esa bu she’r bolaga aqliy sallohiyat jihatdan ham og‘irlik qiladi. Bunday
xollarda tarbiyachi o‘zini ham, bolani ham, qiynashiga to‘g‘ri keladi. Faoliyatning vaqt jihatdan
to‘g‘ri taqsimlanishini aytadigan bo‘lsak, to‘g‘ri rejalashtirilgan faoliyatning natijasi ham samarali
bo‘ladi. Uzoq cho‘zilib ketgan faoliyat bolaning zerikib qolishiga sabab bo‘ladi. Barchamizga
ma’lumki maktabgacha yoshdagi bolaning diqqati juda ko‘chuvchan bo‘ladi. Tarbiyachi esa o‘sha
diqqatni yo‘qotmaslik uchun o‘zining tasirchan nutqi yoki diqqatni jalb etuvchi ko‘rgazmali
vositalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyachi faoliyatni olib borish jarayonida har bitta bolaning harakter xususiyatidan kelib
chiqib munosabat o‘rnatadi. Ta’limiy faoliyat davomida tarbiyachiga quloq tutadigan bolalar ham,
hayol surib o‘tiradigan bolalar ham bo‘ladi. Hayol surib o‘tirgan bola tarbiyachiga ta’sir
o‘tkazmasligi lozim, chunki, bunday bolalarning birinchi turi ta’limiy faoliyat davomida o‘zi
anglamagan holda kerakli ma’lumotlarni ilg‘ab oladi. Ikkinchi tur bolalar esa, bu faoliyatga ayni
vaqtda tayyor emas, ya’ni istashmaydi. Masalan: tarbiyachi elementar matematikadan hisoblashni
o‘rgatmoqda, bu bolaning hayoli esa oldingi o‘tilgan rasm faoliyatida. Bunday bolani majburlab
o‘rgatishning imkoni yo‘q. Mayli, o‘sha bolani o‘zi istagan faoliyat bilan mashg‘ul qiling. Siz
bermoqchi bo‘lgan ma’lumotni esa, boshqa vaqtda, ya’ni, individual shug‘illangan vaqtingizda
berishingiz mumkin. Bizga ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bola o‘zini padshohlardek his etadi.
Bu o‘rinda mana shu to‘rt misra she’rni keltirib o‘tish mumkin:
Bolaligim podsholigimdir
Podshohlardek hukm qilaman.
Agar
kimdir aytganim qilsa,
Avliyodek yaxshi ko‘raman.
Dam olish daqiqasining to‘g‘ri tashkil etilganligi. Ta’limiy faoliyat davomida tashkil etilgan
dam olish daqiqasi bolaning diqqatini barqarorlash hamda jismoniy va aqliy jihatdan
tetiklashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Faoliyat davomida bolani rag‘batlantirib
borish ikki xil turda bo‘ladi:
1.
Ta’limiy faoliyat davomida og‘zaki rag‘batlantirish.
2.
Ta’limiy faoliyat yakunida rag‘bat kartochkalari orqali rag‘batlantirish.
Bolani rag‘batlantirib borish keyingi faoliyatning samarali boshlanishi uchun zamin
yaratadi. Rag‘bat bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni va bilim olishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
Tarbiyachi ta’limiy faoliyat davomida erishmoqchi bo‘lgan eng a’lo natijani bolada o‘yin orqali
tashkil etilgan faoliyat natijasida erishadi. Chunki maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi
faoliyati bu – o‘yindir. O‘yin orqali tashkil etilgan har qanday ta’limiy
faoliyat bolaga hayotiy
voqea-hodisalar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib boradi. Bolalar o‘yinlar orqali juda ko‘p tarbiya
turlarini egallab boradilar. Masalan: jismoniy, aqliy, mehnat, iqtisodiy,
ekologik, ijtimoiy,
huquqiy, estetik va boshqa tarbiya turlari. Bolaning ta’limiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ham
aynan o‘yin orqali shakllintiriladi. Ya’ni, shuni takidlash joizki, qachonki biz tarbiyachilar bola
bilan do‘stona munosabatda bo‘la olsak, o‘ylaymanki, biz o‘z o‘ylagan maqsadimizga juda oson
va tez erishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: